18 yoshga to‘lmaganlar uchun nikohni to‘liq taqiqlash taklif qilindi

13
0

18 yoshga to‘lmaganlar uchun nikohni to‘liq taqiqlash taklif qilindi

Qirg‘izistonda mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vazirligi Oila kodeksiga nisbatan taklif etilayotgan o‘zgartish loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Loyihada “18 yoshga to‘lmagan shaxslarning nikohini to‘liq taqiqlash” ko‘zda tutilgan. Shuningdek loyiha 17 yoshda nikoh guvohnomasini olish imkoniyatini bekor qilish taklifini ham o‘z ichiga oladi. Mazkur qonun loyihasi 31 yanvargacha jamoatchilik muhokamasida turadi.

Amaldagi Oila kodeksiga ko‘ra, nikoh yoshi 18 yosh deb belgilangan. Ammo uzrli sabablar bo‘lsa, manfaatdor shaxsning iltimosiga ko‘ra komissiya xulosasiga binoan nikoh yoshi bir yilga qisqartiriladi.

Izoh:

Qirg‘izistonda 18 yoshga to‘lmagan yigit-qizlarning turmush qurishini taqiqlovchi qonun 2016 yilda qabul qilingan edi. Buning natijasida bir qancha musulmonlar, jumladan, nikoh o‘qigan imomlar jinoiy javobgarlikka tortilib kelmoqda. Ammo maktab yoshidayoq zinoga odatlangan o‘g‘il-qizlar, homilador bo‘lib qolib, abort qildirayotgan yosh qizlar soni ortib borayotgani sir emas. Bu holatda agar ikkinchi tomon shikoyat qilmasa, bunday buzuq ishlar uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilmaydi.

Shunday ekan, yuqoridagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish Islomga qarshi kurash uchun tashlangan yana bir qadamdan boshqa narsa emas. Zero, Alloh Taolo nikoh ahdini oila qurishning sharti qilib belgilagan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar:

إِذَا أَتَاكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَأَنْكِحُوهُ، إِلاَّ تَفْعَلُوا تَكُنْ فِتْنَةٌ فِي الأَرْضِ وَفَسَادٌ كَبِيرٌ. قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ، وَإِنْ كَانَ فِيهِ؟ قَالَ: إِذَا جَاءَكُمْ مَنْ تَرْضَوْنَ دِينَهُ وَخُلُقَهُ فَأَنْكِحُوهُ. ثَلاَثَ مَرَّاتٍ

“Agar huzuringizga dini va xulqidan sizlar rozi bo‘ladigan kishi kelsa, uni nikohlab qo‘yinglar. Agar shunday qilmasanglar, yer yuzida fitna va katta fasod bo‘ladi», dedilar. «Ey Rasululloh, agar uning tengi bo‘lmasa hammi?», deyishganda: «Agar sizning huzuringizga dini va xulqidan sizlar rozi bo‘ladigan kishi kelsa, uni nikohlab qo‘yinglar», deb uch marta aytdilar”. Abu Hotim al-Mozaniydan rivoyat qilgan.

 Islomda yigit va qizning yoshi emas, balki balog‘atga yetishi oila qurishning sharti sifatida ko‘riladi. Nikoh Islomdagi shar’iy hukmlardan biri hisoblanadi. Uni inkor qilgan kishi musulmonlikdan chiqadi. Shuning uchun yuqoridagi loyiha mualliflari o‘zlarining musulmon yoki ateist ekanligini ma’lum qilishlari kerak.

 Shuningdek, Hanafiy mazhabiga ergashayotganliklarini da’vo qilayotgan musulmonlar hukumatdan shariat nikohi sohasida Hanafiy mazhabi fiqhi bo‘yicha qonun loyihalarini taklif etishni talab qilishlari lozim (ZAGSning o‘rniga). Bu hanafiy mazhabiga ergashgan barcha musulmonlarga vojibdir.

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.