بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hadisi Sharif bilan
Agar hayo qilmasang, xohlaganingni qil
Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
أورد البخاريُّ رحمه الله في صحيحه، عَنْ أبي مسعودٍ الأنصاريّ رضي الله عنه عن النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ مِمَّا أَدْرَكَ النَّاسُ مِنْ كَلَامِ النُّبُوَّةِ الْأُولَى إِذَا لَمْ تستح فَاصْنَعْ مَا شِئْتَ
Imom Buxoriy rahimahulloh o‘zining “Sahihul Buxoriy” kitobida Abu Mas’ud al-Ansoriydan shunday rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Albatta odamlar idrok qilgan ilk nubuvvat so‘zlaridan biri «Agar hayo qilmasang, xohlaganingni qilaver», degan gapdir”, dedilar.
Ibn Hajar rahimahulloh Fathul-Boriy asarida shunday deydi: “Darhaqiqat, odamlar ilk nubuvvat kalomidan yetishgan hikmatlardan biri haqida, aniqrog‘i, Islomgacha bo‘lgan davrdagi odamlar nubuvvat so‘zlaridan idrok qilgan narsa haqida so‘z bormoqda. “Odamlar idrok qilgan narsa”, degani “odamlarga yetib kelgan narsa”, degan ma’noda kelmoqda.
“Xohlaganingni qil”. Al-Xattobiy aytadi: “Hadisdagi “qil” degan buyruq so‘zining hikmati bor. Bu insonni yomonlik qilishdan to‘xtatadigan hayodir. Shuning uchun agar uni tark etsa, tabiiy ravishda har qanday yomonlikka buyurilgan odamga o‘xshab qoladi”.
Navaviy aytadi: “Hadisdagi buyruq muboh ma’nosida kelgan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, agar biror ishni qilmoqchi bo‘lsangiz va u Allohdan ham, odamlardan ham hayo qilinmaydigan ish bo‘lsa, uni qilish yoki qilmaslikda ixtiyorlisiz. Islomning qarashi shu. Buning sababi shundaki, inson buyurilgan narsani qiladi va taklif qilingan narsani tark etishdan hayo qiladi. Haromdan tiyiladi, makruhni qilishdan hayo qiladi. Ruxsatga (muboh)ga kelsak, uni qilishdan hayo qilish joizdir. Shuningdek, kim hayoni tark etsa, u xavfli ekani aytilmoqda. Buning ma’nosi, agar sendan hayo ketsa, xohlaganingni qilaver, biroq, albatta, qilgan ishlaring uchun Alloh seni jazolaydi, deganidir. Bu esa hayoning muhimligini ko‘rsatadi. Ya’ni, hayosiz odam xohlaganini qiladi, degan ma’noni ifoda qiladi.
Aziz birodarlar!
Bugungi kunda hayo musulmon hukmdorlarning deyarli parvosiga kelmay qo‘ydi. Shuning uchun ular o‘z xalqiga azob-uqubatlarni ravo ko‘rishmoqda. Biri Suriyada, ikkinchisi Liviyada, uchinchisi Yamanda, to‘rtinchisi Misrda, beshinchisi Hijozda va hokazo musulmonlarga zulm qilmoqda. Butun Islomiy o‘lkalar bo‘ylab hayosiz hukmdorlarga duch kelasiz. Ularning hayosizligi, takabburligi hatto mamlakatlarni o‘z nomi bilan atash darajasiga yetdi. Hijoz adashgan hukmdorlar nomi bilan Saudiya Arabistoni deb ataladi. Iordaniya esa u yerdagi adashgan hukmdorlar nazarda tutilib, Hoshimiylar qirolligi deb ataladigan bo‘ldi. Hukmdorlar jinoyat qilishda hadlaridan oshib ketdi. Nomuslarni oyoq osti qilishdi, keksayu yoshni, ayollaru bolalarni o‘ldirishdi. Xalqlarga zulm qilish uchun armiyani ishga solishdi. Hatto musulmonlarni o‘ldirish hukmdorlar tarafidan boshlandi. Bularning barchasi uyat-hayoning yo‘qligi sababli sodir bo‘lmoqda. Chunki hayo bo‘lmasa, jinoyatchini jinoyat qilishdan hech narsa to‘xtata olmaydi. Bunday paytda haqiqat sohiblari haqiqatni kuch bilan isbotlashlari zarur bo‘ladi. Agar xalq o‘z haq-huquqini talab qilib hokimiyatni qaytarib olmoqchi bo‘lsa, uni bundan to‘sib qoladigan kuch yo‘q. Musulmon xalqlar o‘z haq-huquqlari va davlatlari qayta tiklanishini xohlab, harakatga kela boshladi. Hayosiz jinoyatchilar birin-ketin yiqilayapti. Biz odamlarni Islom yo‘li bilan oldinga siljishga chaqiramiz. Hayosizlardan yaxshilik kutmaslikni maslahat beramiz. Chunki hayosizdan umid yo‘q. Agar zaiflar Allohning dinini qo‘llab-quvvatlab, U Zotning amriga itoat qilsalar Alloh ularning himoyachisi bo‘ladi.
Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
09 Jummadus Saani, 1446h yil.
11 Dekabr, 2024m yil.