Mening oldimda turgandek bo‘lsangiz…

12
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Mening oldimda turgandek bo‘lsangiz…

Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

عَنْ حَنْظَلَةَ الْكَاتِبِ التَّمِيمِيِّ الْأُسَيِّدِيِّ قَالَ كُنَّا عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَذَكَرْنَا الْجَنَّةَ وَالنَّارَ حَتَّى كَأَنَّا رَأْيَ الْعَيْنِ فَقُمْتُ إِلَى أَهْلِي وَوَلَدِي فَضَحِكْتُ وَلَعِبْتُ قَالَ فَذَكَرْتُ الَّذِي كُنَّا فِيهِ فَخَرَجْتُ فَلَقِيتُ أَبَا بَكْرٍ فَقُلْتُ نَافَقْتُ نَافَقْتُ فَقَالَ أَبُو بَكْرٍ إِنَّا لَنَفْعَلُهُ فَذَهَبَ حَنْظَلَةُ فَذَكَرَهُ لِلنَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ يَا حَنْظَلَةُ لَوْ كُنْتُمْ كَمَا تَكُونُونَ عِنْدِي لَصَافَحَتْكُمْ الْمَلَائِكَةُ عَلَى فُرُشِكُمْ أَوْ عَلَى طُرُقِكُمْ يَا حَنْظَلَةُ سَاعَةً وَسَاعَةً

 Hanzala at-Tamimiy al-Usayyidiy aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirib, jannat va do‘zaxni esladik, hatto u ikkisi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lgandek bo‘ldi. Shundan so‘ng oilam, bolalarim oldiga borib, ular bilan kulib o‘ynadim. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lgan holat esimga tushdi. Shunda men tashqariga chiqib, Abu Bakrni uchratdim va unga: “Munofiqlik qildim”, dedim. Abu Bakr: «Biz ham shunday qilamiz», dedi. Keyin Hanzala Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, voqeani aytib berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Hanzala! Agar doim mening oldimda turgandek bo‘lsangiz, yotgan joyingizda yoki yurgan yo‘lingizda farishtalar sizlar bilan qo‘l berib ko‘rishgan bo‘lardi. Ey Hanzala! Vaqti-vaqti bilan dedilar. (Ya’ni, bir vaqt Allohni zikr qilib, jannat va do‘zaxni eslasangiz, qolgan vaqtda dunyo ishlaringiz bilan band bo‘lasiz).

As-Sindiy Ibn Mojaning “Sunan”iga yozgan sharhida bu haqda shunday deydi:

“Munofiqlik qildim”, degani mening ahvolim shu qadar o‘zgardiki, jannat va do‘zaxga ishongan odam ularga befarq bo‘lmasligi kerak edi. Axir, unga e’tibor bermaslik – uni rad etish bilan barobardir. U qalbida jannat va do‘zaxga bo‘lgan ishonchida kamchilik borligini gumon qilib, buni munofiqlik deb hisobladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, o‘z iymoniga shubha bilan qaragan (ya’ni iymonini tekshirgan) kishi kofir bo‘lmaydi, aksincha, iymon keltirgan narsasiga shubha bilan qaragan qishi kofir bo‘ladi.

“Doim mening oldimda turgandek bo‘lsangiz” degan so‘z ogohlantirish ma’nosida kelgan. Tinimsiz zikr bilan yurish har doim ham bo‘laveraydi. Uning uzilib qolishi iymonning mavjudligiga zarar keltirmaydi. Befarqlik zikr va tafakkurdan uzoqlashish demakdir. Bu esa, iymoning yo‘qligini anglatmaydi.

“Vaqti-vaqti bilan” so‘zining ma’nosi shundan iboratki, din ishlarini tartibga solishning ham, hayot ishlarini tartibga solishning ham vaqti bor. Ularning har birida bandalar uchun rahm-shafqat bor.

Aziz birodarlar!

Mazkur Hadisi sharif bir qancha narsalarni tasdiqlamoqda. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Birinchisi: “Vaqti-vaqti bilan” so‘zini ba’zilar, o‘zing uchun bir soat, Robbing uchun bir soat, deb tushunadilar. Hadisning bunga hech bir aloqasi yo‘q. Musulmonning butun umri Alloh Taolo uchundir. Alloh Taolo aytadi:

قُلْ إِنَّ صَلاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

“Ayting: (Ey Muhammad): «Albatta, namozim, ibodatlarim, hayotu mamotim butun olamlarning Parvardigori bo‘lmish Alloh uchundir”.

Musulmonning hayotida Allohdan boshqaga bag‘ishlangan hech narsa yo‘q. Alloh Taolo aytadi:

اشْتَرَىْ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ أَنْفُسَهُمْ وَأَمْوالَهُمْ بِأَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ

“Albatta, Alloh mo‘minlarning jonlarini va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi”.

Demak, barcha musulmonlar o‘zlari ega bo‘lgan hamma narsani jannat evaziga sotdilar. Biroq, musulmonning umri bir vaqtda hushyorlik bilan, boshqa vaqtda esa yalqovlik bilan o‘tishi mumkin. Ba’zan kuchli, ba’zan zaif, goh yaqin va goh uzoq bo‘lishi ham mumkin. Ammo u tezda aqli-hushigi yig‘ishtirib, xatosini tushunadi. Darhol zaifligini kuchaytirib, Alloh Taologa yaqinlashadi. Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ الَّذِينَ اتَّقَوْا إِذَا مَسَّهُمْ طَائِفٌ مِنْ الشَّيْطَانِ تَذَكَّرُوا فَإِذَا هُمْ مُبْصِرُونَ

“Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar”. (A’rof: 201).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar:

كُلُّ ابْنِ آدَمَ خَطَّاءٌ وَخَيْرُ الْخَطَّائِينَ التَّوَّابُونَ

«Har bir odam farzandi xatokordir. Xatokorlarning eng yaxshisi tavba qiluvchilardir».

Ikkinchidan: Shaxsiyani shakllantirish va xulq-atvorni o‘zgartirish uchun faqat nasihat qilish va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishning o‘zi yetarli emas. Aksincha, jannatga chorlash va jahannam azobidan qo‘rqitish ham Islomning bir qismidir. Binobarin, ulamolarimiz va da’vat yukini ko‘taruvchilar shuni e’tibordan chetda qoldirmasliklari kerakki, Islomiy fikr va tushunchalar har bir musulmonning kundalik hayotida muxtoj bo‘ladigan va uning xulq-atvoriga samarali ta’sir ko‘rsatadigan ajralmas qismidir. Musulmon inson jannat ne’mati va oxirat azobidan xabardor bo‘lish bilan birga Islom va kufr o‘rtasidagi ziddiyatning haqiqatidan ham xabardor bo‘lishi lozim. Demokratiya, sekulyarizm va kapitalizm zulmidan ogoh bo‘lgan holda Islomiy aqidaning ruhiy va siyosiy aqida ekanligini ham ongli ravishda bilishi kerak. Shuningdek, Islom hayotga tatbiq etish uchun nozil qilinganini, Xalifalik davlatidan boshqa yo‘l bilan Islomni tatbiq qilish mumkin emasligini hamda bu farzni amalga oshirishdagi kechikish sabablarini va uyg‘onish yo‘lini ongli ravishda bilishi kerak. Alloh Taolo aytdi:

“مُّحَمَّدٌ رَّسُولُ اللَّهِ وَالَّذِينَ مَعَهُ أَشِدَّاء عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَاء بَيْنَهُمْ تَرَاهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِّنَ اللَّهِ وَرِضْوَانًا سِيمَاهُمْ فِي وُجُوهِهِم مِّنْ أَثَرِ السُّجُودِ ذَلِكَ مَثَلُهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَمَثَلُهُمْ فِي الْإِنجِيلِ كَزَرْعٍ أَخْرَجَ شَطْأَهُ فَآزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوَى عَلَى سُوقِهِ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغِيظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ مِنْهُم مَّغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًا”

“Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar. Ularni (mudom) Allohdan fazl-marhamat va rizolik tilab ruku’, sujud qilayotgan hollarida ko‘rursiz. Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir. Mana shu (ya’ni kofirlarga qahrli bo‘lish, mo‘minlarga mehribonlik va ko‘p namoz o‘qib, ruku’-sajda qilish) ularning Tavrotdagi misollaridir. (Ya’ni Tavrotda ham Alloh taolo mo‘minlarni mana shunday sifatlar bilan sifatlagandir). Ularning Injildagi misollari esa xuddi bir shoxlar chiqarib, quvvatga kirgach, yo‘g‘onlashib, o‘z novdasida tik turgan, dehqonlarni lol qoldiradigan o‘simlikka o‘xshaydi. (Mo‘minlarning avval-boshda zaif-ozchilik bo‘lishib, keyin asta-sekin ko‘payib, kuchga to‘lib ketishlari Injilda yuqorida zikr qilinganidek o‘simlikka o‘xshatilishi) ular sababli kofirlarni xafa qilish uchundir. Alloh (mo‘minlardan) iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga mag‘firat va ulug‘ ajr-mukofot va’da qilgandir!”. (Fatih: 29).

Yana aytadi:

“كُونُواْ رَبَّانِيِّينَ بِمَا كُنتُمْ تُعَلِّمُونَ الْكِتَابَ وَبِمَا كُنتُمْ تَدْرُسُونَ”

«Allohga emas, menga ibodat qilinglar», deyishi joiz emas, balki ularga: «Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib-o‘rganib, yolg‘iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘linglar» (demog‘i lozimdir). (Oli Imron: 79).

Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

03 Jummadus Saani, 1446h yil.

05 Dekabr,                 2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.