Yahudiy vujudining beboshligi va Shom yerlariga qarshi amalga oshirgan xiyonatkor hujumlarini faqatgina islomiy boshqaruv bo‘lmish Xalifalik davlatigina to‘xtatib, bu vujudning kulini ko‘kka sovuradi

14
0

Matbuot bayonoti

Yahudiy vujudining beboshligi va Shom yerlariga qarshi amalga oshirgan xiyonatkor hujumlarini faqatgina islomiy boshqaruv bo‘lmish Xalifalik davlatigina to‘xtatib, bu vujudning kulini ko‘kka sovuradi

Joriy oyning 8-kunida tog‘ut Asad rejimi ag‘darilganidan beri yahudiy vujudi to‘dalari Shom tuproqlarida izg‘ib yuribdi. Shom osmonida uchayotgan harbiy samolyotlar Dayruzzur shahri bilan bir qatorda ko‘plab shaharlar, qishloqlar va harbiy hududlarga havodan zarbalar berdi. Bu hujumlarda qurol-yarog‘ omborlari, markaziy va janubiy hududlardagi havo mudofaa tizimlari, harbiy tadqiqot markazlari va Damashq yaqinidagi Mezze harbiy aeroporti kabi harbiy bazalar nishonga olindi. 2024 yil 10 dekabr, seshanba kuni yahudiy vujudi armiyasi Suriyaning qariyb 80 % harbiy strukturasi nishonga olinganini va bu hujumlar «Isroil» havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgan eng og‘ir operatsiyalardan bir bo‘lganini ta’kidladi».

Yahudiy vujudining Suriya janubidagi harbiy agressiyasi poytaxt Damashqdan 25 kilometr janubi-g‘arbiga qadar cho‘zildi. Xaritalardan ma’lum bo‘lishicha, yahudiy armiyasi Xermon tog‘i cho‘qqisini va qurolsizlantirilgan zonadagi bir qator shahar va qishloqlarni o‘z nazoratiga olib, Suriya hududiga 18 kilometr chuqurlikka kirib borgan. Yahudiy vujudi radiosi quyidagi xabarni tarqatdi: «350 ta qiruvchi samolyot Damashqdan Tartusgacha bo‘lgan turli nishonlarga zarba berdi. Bu hujumlar natijasida o‘nlab harbiy samolyotlar, harbiy bazalar, havo hujumlaridan mudofaa tizimlari hamda qurol-yarog‘ omborlari yo‘q qilindi». Netanyaxu bunday ogohlantirdi: «Agar bu rejim Eronga Suriyadagi vujudini qayta tiklashiga ruxsat bersa yoki Eron qurollarining yoxud boshqa qurollarning «Hizbulloh»ga yetib borishiga ruxsat bersa yoki bizga hujum qilsa, bunga shiddatli javob qaytarib, og‘ir badal to‘lashga majbur qilamiz. Avvalgi rejimga nima bo‘lgan bo‘lsa, bu rejimga ham xuddi shunday bo‘ladi». Bosqinchi vujudning mudofaa vaziri Israel Kas esa «Isroil harbiy dengiz kuchlari Suriya harbiy flotini yo‘q qilgan»ini hamda «Isroil kuchlarining Suriya va Jo‘lon tepaligi o‘rtasidagi bufer zonaga joylashgani»ni ta’kidlab, ««Isroil»ga bo‘ladigan har qanday terroristik tahdidni oldini olish uchun» Suriya janubida «Isroil»ning doimiy ishtirokisiz «mudofaa zonasi»ni yaratish to‘g‘risida ko‘rsatma berganini bildirdi. Netanyaxu 2024 yil 8 dekabrda bergan bayonotida «Suriya bilan 1974 yilda imzolangan «to‘qnashuvlarni to‘xtatish» kelishuvining bekor qilinganini bildirib, yahudiy vujudi bosib olgan va Suriyaning Jo‘lon tepaligidan anneksiya qilgan hududning toabad Isroilga tegishli bo‘lishi»ni ta’kidladi.

Yahudiy vujudi mana shu. Amerikaning cheksiz qo‘llab-quvvatlovi bilan G‘azoda va boshqa mintaqalarda qirg‘in ketidan qirg‘inlarni amalga oshirib, mintaqa ustidan bomba, olov va raketalar yog‘dirmoqda. Bu yahudiy vujudining unga qarshilik ko‘rsatadigan yoki uni tiyib qo‘yadigan kuchning yo‘qligi sababli qilayotgan takabburligidir. Suriyadagi strategik qurollarni nishonga olgan bu yovuz hujumlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yahudiy vujudi ushbu qurollarning to‘g‘ri insonlar qo‘liga tushib, unga qarshi samarali qo‘llanishidan qo‘rqmoqda. Shu bois uning bu hujumlardan maqsadi, Suriyani qanotlari singan, bu vujudni ildizi bilan qo‘porib tashlashga qodir bo‘lmagan yoki biror bir xavf tug‘dira olmaydigan holatga olib kelishdir. Amerika va yahudiy vujudi Suriyaning kelajakda zaif, qurolsiz va tiz cho‘kkan bir davlat bo‘lishini xohlaydi. Bebosh dushman samolyotlari Asad rejimi qulashi ortidan yetakchilikni qo‘lga olganlar tarafidan hech qanday qarshilikka uchramagani, ular bunga nisbatan hatto shunchaki norozilik bildirib yoki qoralab ham qo‘yishmagani uchun hujumlarini davom ettirmoqda. Zero, hokimiyatni qo‘lga olganlar murdalar kabi sukutga cho‘mib, kelajakda hech qanday xorijiy urushda qatnashmasliklari haqida tinchlantiruvchi bayonotlar berishmoqda. Hatto qochib qolgan Bashar ham «strategik sabr» va qoralovchi bayonotlardan hamda musulmonlarga qarshi urushda o‘zining va yahudiylarning hamkori bo‘lgan xalqaro hamjamiyatga shikoyat qilishdan foydalangan holda javob qaytarish huquqini o‘zida saqlab qolgan edi.

Ishonchimiz komilki, yahudiylarning bu takabburligi davom etaveradi. Uni Islom davlatining er kishilaridan boshqasi to‘xtata olmaydi. Xalifalik davlatining barpo bo‘lish vaqti allaqachon kelgan bo‘lib, barchamizga uni barpo etish farzdir. Xalifalik davlatini, Allohning izni ila, U zotga qullik qilib, Uning roziligi yo‘lida malomatchining malomatidan qo‘rqmaydigan, shuningdek, yahudiy vujudiga qarshi jang qilib, burnini yerga ishqab qo‘yish, uning takabburlik va makrlarini bo‘g‘ziga qaytarib urish, hatto tez orada Allohning izni ila kulini ko‘kka sovurish orqali Allohga yaqin bo‘ladigan pokiza, ahror va abror mo‘min kishilar boshqaradi.

Eng ajoyib qahramonlik va dostonlarni yozib, Shom tog‘utini ag‘dargan ozod qo‘zg‘olonchilar va mujohidlarga quyidagicha murojaat qilmoqchimiz: ular xuddi o‘zi to‘qigan narsasini pishiq-puxta bo‘lganidan so‘ng parcha-parcha qilib buzib-chuvatib tashlagan xotinga o‘xshab qolmasinlar. Bil’aks, qat’iy pozitsiyani egallab, islomiy davlatni barpo etish yo‘lida harakat qiladiganlardan bo‘lsinlar. Toki, Allohning roziligi va yordamiga loyiq insonlardan va bizga in’om qilgan nusrat ne’matiga chinakam shukr qilganlardan bo‘laylik. Zero, Allohga bo‘lgan hamd va shukr U zotning shariatini hokim qilib, ag‘darilgan qonxo‘r sekulyar rejim xarobalari uzra Islom davlatini barpo etish bilan bo‘ladi. Ana shunda yahudiy vujudi, uning ortida turgan yer yuzining kofir va buzg‘unchilari asl kurash nima ekanini bilib oladilar va biz Alloh Taoloning kalomini haqiqatda ro‘yobga chiqaramiz:

﴿قَٰتِلُوهُمۡ يُعَذِّبۡهُمُ ٱللَّهُ بِأَيۡدِيكُمۡ وَيُخۡزِهِمۡ وَيَنصُرۡكُمۡ عَلَيۡهِمۡ وَيَشۡفِ صُدُورَ قَوۡمٖ مُّؤۡمِنِينَ + وَيُذۡهِبۡ غَيۡظَ قُلُوبِهِمۡۗ وَيَتُوبُ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَن يَشَآءُۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ﴾

«Ularga qarshi jang qilinglar. (Shunda) Alloh ularni sizlarning qo‘lingiz bilan azoblaydi, rasvo qiladi va sizlarga ularning ustidan nusrat beradi hamda mo‘min qavm dillarini qondirib, ko‘ngillaridagi g‘am-anduhni ketkazadi. Alloh O‘zi xohlagan kishilarning tavbalarini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir»                                                         [Tavba 14]

Hizb ut-Tahrirning

Suriya viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.