Matbuot bayonoti
Tailand armiyasi va politsiyasi tomonidan sodir etilgan Takbay shahridagi qirg‘inda o‘z yaqinlarini yo‘qotgan muslimalar uchun faqat Xalifalikkina o‘ch olishi mumkin
Tailandning jinoyatchi politsiyasi bilan jinoyatchi armiyasi tomonidan Patani musulmonlariga qarshi sodir etilgan dahshatli qirg‘inga yigirma yil bo‘ldi. Ushbu Takbay qirg‘ini 2004 yil 25 oktyabrda muborak Ramazon oyida sodir etilgan. O‘shanda ko‘plab begunoh kishilarning nohaq hibsga olinishi ortidan Janubiy Tailanddagi Takbay shahar politsiyasi binosi oldida norozilik namoyishiga chiqqan minglab musulmon erkaklar, ayollar va bolalar ko‘p sonli Tailand armiyasi bilan mahalliy politsiyasi tomonidan bostirilgan. Bostirish chog‘ida politsiya tinch namoyishchilarga qarata o‘t ochib, yetti nafar namoyishchi erkakni otib o‘ldirgan. Politsiyaning bu qilmishi kamlik qilganidek, ishga armiya aralashgan. Armiya 1300 dan ziyod erkak namoyishchini ayollar va bolalardan ajratib, qo‘llarini orqalariga bog‘lab, urib-tepib harbiy yuk mashinalariga tiqqan. Bitta yuk mashinasiga ro‘zador insonlardan 50 nafarini besh qavat qilib bir-birini ustiga taxlab tiqishgan. Oqibatda 78 nafar kishi bo‘g‘ilib yoki ezilib halok bo‘lgan. 26 ta harbiy yuk mashinada jonlarini saqlab qolishni yalinib so‘ragan musulmonlar 150 kilometr uzoqlikdagi armiya lageriga olib ketilgan…
Shu yigirma yil davomida Tailanddagi muslimalar ketma-ket kelayotgan hukumatlardan o‘z oilalarining erkak a’zolarini shafqatsizlarcha o‘ldirilganliklari uchun adolat talab qilib kelishgan va aybdor zobitlarni javobgarlikka tortishni talab qilishgan. Biroq adolatni ro‘yobga chiqarish uchun uzun kampaniyalar olib borilishiga qaramay, muslimalarning bor-yo‘q erishgan narsalari bosh vazira Pxetxongtxan Chinavat tomonidan achinarli uzr so‘rash va bir kun o‘tib ushbu sud ishining butunlay yopib tashlanishi bo‘ldi, xolos. Zotan, bu vazira 2004 yilda hokimiyat tepasida bosh vazir bo‘lgan va o‘sha qirg‘in operatsiyasi jinoyatiga javobgar hisoblangan Taksin Chinavatning qizidir.
O‘tgan yigirma yil mobaynida Janubiy Tailanddagi muslimalar va ularning farzandlari nafaqat Takbay qirig‘inining musibatlari, azob-uqubatlari, iztirob va adolatsizligi ostida yashadilar, balki favqulodda holat to‘g‘risidagi farmon ostida yashashga ham majbur bo‘ldilar. Bu farmon «vakolatli amaldorlar»ga harbiy holatni joriy etish va ichki xavfsizlik qonunini qo‘llash huquqini beradi. Bular joriy qilingan paytda hatto jinoyat sodir etganlikda gumon qilinmagan erkaklar, ayollar va bolalarni bevosita tahqirlash, qamoqqa olish, hatto o‘ldirish kabi g‘ayriinsoniy amaliyotga yo‘l ochadi.
Tailand hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan adolatsizlik va majburlash siyosati tufayli Tailand janubidagi musulmonlar qalbi va ongida alangalanayotgan g‘azabni Tailandda diskriminatsiya va zulmni amalda qo‘llayotgan davlatdan mustaqil bo‘lgan va Patani-Malay musulmonlari uchun alohida milliy davlat qurish harakati bilan bostirib bo‘lmaydi. Shuni bilishimiz kerakki, bu milliy davlatning chegaralarini aynan mustamlakachi Britaniya chizgan. Xaritadagi xayoliy chiziqlardan iborat bo‘lgan bu davlat Britaniyaning «Bo‘lib tashla, hukmron bo‘lasan», siyosati natijasida paydo bo‘lgan. Tailand janubidagi musulmonlar ishonib amal qilayotgan islomiy aqida va saqofiy faoliyatlar chegara ortidagi malayziyalik va indoneziyalik musulmon birodarlari ishonib amal qilayotgan islomiy aqidadan farq qilmaydi. Bundan tashqari, G‘arbdan olingan va taqlid qilinayotgan milliy intilishlar va millatchilikka kelsak, bu haqda Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ
«دَعُوهَا فَإِنَّهَا مُنْتِنَةٌ»
«Uni tashlanglar, chunki u badbo‘ydir», deganlar. Shuningdek,
«لَيْسَ مِنَّا مَنْ دَعَا إِلَى عَصَبِيَّةٍ، وَلَيْسَ مِنَّا مَنْ قَاتَلَ عَلَى عَصَبِيَّةٍ، وَلَيْسَ مِنَّا مَنْ مَاتَ عَلَى عَصَبِيَّةٍ»
«Irqchilikka chaqirgan kimsa bizdan emas, irqchilik yo‘lida jang qilgan bizdan emas, irqchilik yo‘lida o‘lgan bizdan emas», deya marhamat qilganlar.
Faqat Janubiy Tailanddagi musulmonlarnigina emas, balki Filippin, Malayziya, Indoneziya kabi Janbi-Sharqiy Osiyoda va butun dunyoda yashayotgan barcha musulmonlarni Islom adolati bilan ta’minlovchi yagona siyosiy, ruhiy loyiha, bu – roshid Xalifalik davlatidir. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ushbu Xalifalik Islom adolatining posbonidir, Ummatning vasiysi va qalqonidir. U musulmonlarni bo‘lib tashlagan soxta milliy chegaralarni supurib tashlaydi, barcha musulmon yurtlarimizni bitta hukmdor soyasidagi bitta bayroq ostida birlashtiradi, musulmonlarning muqaddas dargohlarini mudofaa qilib, ularni – irqlari, ranglari, asl yurtlaridan qat’iy nazar – boshpana va boshqa barcha ehtiyojlar bilan ta’minlaydi, chunki bu Alloh Subhanahu va Taoloning buyrug‘idir. Nabiy ﷺ marhamat qilganlar:
«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»
«Imom-xalifa qalqondir, uning ortida jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi».
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot
bo‘limi ayollar qanoti