Arabiston yarim oroli hukmdorlari buzg‘unchilik va Ummat dushmanlari bilan do‘stlashishda bir-birlari bilan raqobatlashmoqda!

8
0

Matbuot bayonoti

Arabiston yarim oroli hukmdorlari buzg‘unchilik va Ummat dushmanlari bilan do‘stlashishda bir-birlari bilan raqobatlashmoqda!

Bir necha kun avval Amirliklar hukmdorlari mamlakatda o‘ldirilgan yahudiy ravvin Svi Kogan qotillarini qo‘lga olish uchun katta safarbarlik boshlangani bilan faxrlanishdi. Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Amirliklar hukmdorlari xavfsizlik xizmatining hushyorligini hamda ularning kechayu kunduz ish olib borishganidan so‘ng voqeani fosh qilishga yordam bergan protseduralarning tezligini yuqori baholashgan. Biroq Birlashgan Arab Amirliklari va mudofaa vazirligi qotil aniq ma’lum bo‘lishiga va uni aniqlash uchun qo‘shimcha harakatlarning hojati yo‘qligiga qaramay, G‘azodagi 44 mingdan ziyod shahid, 104 ming yarador uchun ayni hushyorlikni ko‘rsatishmadi.

Saudlar oilasi hukmdorlari tomonidan muborak zamin va Ikki Haram yurtiga qarshi sodir etilgan jinoyatga bir necha kun ham bo‘lgani yo‘q. Yaqinda «Riyoz mavsumi 2024» tadbirlari doirasida sahnaga chiqqan xonanda va model ayollar yarim yalang‘och ahvolda chiqishdi. Bu qilmishlari bilan hukmdorlar na Allohdan hayo qilishdi, na G‘azo va Livan ahlidan. Ular, shuningdek, go‘daklaridan ayrilgan onalar faryodiga, bolalarning dodiga, minglab shahidlarga hamda uy-joylarning vayron qilinganiga ham parvo qilishmadi.

Bu ikki hodisa Arabiston yarim oroli hukmdorlarining o‘nlab yillar davom etgan, so‘nggi yillarda ochiqchasiga va qabih suratda ortib ketgan buzg‘unchiliklarining kichik bir qismidir.

Amirliklar hukmdorlari bir necha yildan beri yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish eshigini lang ochib qo‘yishdi. Yahudiylarga o‘z yurtlarini ochib berib, Arabiston yarim orolida ular uchun ibodatxonalar qurib berishdi. Shuningdek, Islomga zarar yetkazish va musulmonlar dinini buzishga qaratilgan «Abraham kelishuvi»ni imzolagan muhim davlatlardan biriga aylanishdi. Ular musulmonlarning G‘azoda hech qanday kuchga ega bo‘lmasliklarini ta’minlashga qaratilgan urushdan keyingi rejani amalga oshirish uchun Amerika va yahudiylarga o‘z xizmatlarini taklif qilishda davom etishmoqda.

Xuddi shunday Saudlar oilasi hukmdorlari ham fahsh va axloqsizlik tadbirlarini o‘tkazish orqali ikki Haram yurtiga buzuqlik va razolatni olib kelish uchun vaqt bilan poyga o‘ynashyapti. Fahshni yoyish uchun «ko‘ngil ochar» deya nomlanayotgan hay’at tuzib, uning xarajatlari uchun har yili milliardlab riyal sarflashmoqda. Masalan, bu hay’at kufr va fahshni kuylovchi qo‘shiqchi erkak va ayollarga hamda erkak-xotin aralash bo‘ladigan, raqqosalar o‘ynaydigan bayram-festivallariga mezbonlik qilyapti. Ayollar yarim yalang‘och chiqish qiladigan va erkagu ayol aralash tomosha qiladigan «shou» tadbirlari o‘tkazilyapti. Yaqinda biz Saudlar oilasi hukmdorlarining Falastin zaminining to‘rtdan bir qismida «Falastin davlatchasi» qurilishiga yahudiylarning rozi bo‘lishi evaziga ular bilan munosabatlarni normallashtirishga tayyor ekanini ochiq-baralla e’lon qilishganining guvohi bo‘ldik.

Islom Ummati bu ruvaybizalardan hamda ularning xoinliklari va jinoyatlaridan chidab tura olmaydigan darajaga yetdi. Shuning uchun ham ulardan, ularning yovuzliklari va buzg‘unchiliklaridan tezroq qutulmog‘i darkor. Ayniqsa, kuch-qudrat ahlidan bo‘lgan xolis kishilarning Ummatning dardi va musibatiga barham berish va uni bu ahvoldan qutqarish uchun imkon qadar tezroq chora ko‘rishlaridan umidvormiz.

Alloh Taolo aytadi:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡۖ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيۡنَ ٱلۡمَرۡءِ وَقَلۡبِهِۦ وَأَنَّهُۥٓ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴾

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar»                                   [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrirning markaziy

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.