Yahudiy vujudi Falastinda mavjud bo‘lish va o‘zini himoya qilish huquqiga egami?!

12
0

Matbuot bayonoti

Yahudiy vujudi Falastinda mavjud bo‘lish va o‘zini himoya qilish huquqiga egami?!

Ey bosh vazir, sizga birdan-bir nasihatimiz – tavba qilib qoling!

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim 2024 yil 14 noyabrda «CNN» telekanaliga bergan intervyusida Falastin masalasida G‘arbning yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlashini tanqid qildi. Avvalda mana shunday ehtiyotkorlik bilan javob berar ekan, «CNN» muxbiri Richard Kvestning ikkita asosiy savoliga duch kelganda, o‘z pozitsiyasi ochiq ma’lum qilib, qalbida nima borligini oshkor qildi. Jurnalistning «ammo siz Isroilning u yerda turish huquqini qabul qilishingiz mumkinku, to‘g‘rimi?», degan savoliga u «ha» deb javob berdi. Keyin «Isroilning o‘zini-o‘zi himoya qilish huquqi bormi?», degan savolga ham «ha» deb javob qildi. Uning bu bayonotlari keng jamoatchilik muhokamasi va tanqidiga sabab bo‘ldi. O‘shandan beri ushbu ochiq ikki javobi keng muhokama va tanqidlarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik bu qarashlar Malayziyaning Falastin bo‘yicha an’anaviy siyosatiga mos keladimi, degan savolni o‘rtaga tashladi.

Shunday keskin reaksiyadan keyin Anvar o‘z javoblarini izohlashga urindi. Ya’ni «APEC» (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammitidan keyin matbuot konferensiyasida «Shuni tushunish kerakki, biz Isroilni diplomatik munosabatlar nuqtayi nazaridan tan olmaymiz hamda Malayziyada savdo yoki rasmiy faoliyat olib borishiga ruxsat bermaymiz», dedi. Keyin «Xalqaro tizim doirasida ba’zilar uni amalda (de-fakto), boshqalari esa huquq (de-yure) jihatidan bir vujud sifatida e’tirof etadi. U BMT a’zosi bo‘lgani uchun unga davlat sifatida munosabatda bo‘lishadi. Ammo biz hali ham uni rasman tan olishni rad etib kelmoqdamiz», deya qo‘shimcha qildi. U o‘z tanqidchilarini masaladan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanayotganlikda va odamlarni aldayotganlikda aybladi.

Ey davlat rahbari!

Siz «CNN»ga tushunmovchilikka o‘rin qoldirmaydigan darajada aniq-tiniq bayonot berdingiz. Sizning keyingi izohingiz asl pozitsiyangizni yanada mustahkamladi. Javobingizni yanada aniqlashtirishga urinishingiz faqat sizning haqiqiy yuzingizni ochib berdi. Sizning «diplomatik tan olish» yoki «rasmiy tan olish», degan so‘zlarni ishlatishingiz musulmon zaminidagi bosqinchi yahudiy vujudini tan olganingizni bildiradi. Agar siz shariat qonunlariga sodiq va bir oz jasoratga ega bo‘lganingizda edi, Falastinning butun Islom Ummatiga tegishli ekanini ochiq-oydin bayon qilgan bo‘lar edingiz. Bu sionistlarni mustamlakachilar, bosqinchilar va tajovuzkorlar deb atashingiz va zudlik bilan Falastinni tark etishlari shartligini ta’kidlashingiz kerak edi. Garchi yechim sifatida jihodga da’vat qilish qo‘lingizdan kelmasa-da, ammo biz aytgandek javob berishingiz Islom ahkomlariga ko‘proq mos kelgan bo‘lur edi.

Ey davlat rahbari!

Sizlarning Falastindagi yahudiy vujudini tan olayotganlaringiz biz uchun hayron qoladigan hol emas. Chunki aslida har biringiz Amerikaning ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlamoqdasizlar. Holbuki, bu – yahudiy vujudining Falastin tuprog‘ida bo‘lishini tan oluvchi yechim va o‘sha paytdan beri o‘zgarmagan pozitsiyadir. Hatto sizlardan oldingi malayziyalik prezidentlarning ham pozitsiyasi shunday bo‘lgan. Shubhasiz, bu Falastinga nisbatan ochiqdan-ochiq xiyonatkorlik pozitsiyasidir. Chunki bu bosqinchi yahudiy vujudiga islomiy zaminda davlat sifatida turish huquqini beradi.

Yana bir narsani ta’kidlamoqchimiz, siz «CNN»ning savoliga javob berib qo‘yib, so‘ng uni tuzatishga urinyapsiz. Aftidan, uni o‘zgartirib, qayta odamlar ko‘nglini qozonaman deb o‘ylayotgan ko‘rinasiz. Biroq siz «yahudiy vujudi o‘zini himoya qilish huquqiga ega» degan so‘zlaringiz bilan nimani nazarda tutganingizga aniqlik kiritmadingiz. Buni hech narsa bilan izohlay olmasligingizga ishonchimiz komil. Chunki har qancha izohlashga urinmang, albatta o‘zingizga teskari natija beradi. Malayziya rahbari sifatida bizga aytingchi, mustamlakachilar mustamlaka qilinganlar hujumlaridan o‘zlarini himoya qilishga haqlimi, axir, mustamlaka qilingan yurtlar o‘z yerlarini mustamlakachilardan ozod etish uchun jang qilmoqdalar-ku?! Agar siz o‘z pozitsiyangizda turgan bo‘lsangiz, u holda, gollandiyaliklar, britaniyaliklar va yaponiyaliklarning Malayziya yerlarini mustamlaka qilishganini ham, ularni quvib chiqarish uchun jang qilayotgan malayziyaliklarga qarshi ularda o‘zlarini himoya qilish huquqi borligini ham tan olishingizga to‘g‘ri keladi! Bu pozitsiyangiz gollandiyaliklar, britaniyaliklar va yaponiyaliklarning mahalliy xalqning qarshiligiga qarshi «o‘z-o‘zini himoya qilish» niqobi ostida sodir etgan barcha qotillik va vahshiyliklarini bilvosita qabul qilishingizni anglatadi!

Aftidan, siz dushmanning tuzog‘iga tushib bo‘lgan ko‘rinasiz! Biz shu paytga qadar sodir etgan qilmishlaringizni hisobga olsak, ularning tuzog‘iga tushganingizga ajablanmaymiz. «(Isroil) o‘zini himoya qilishga haqli» degan gap yahudiylarning shiori va targ‘iboti ekanligini, bu ibora yahudiylarning musulmonlarni qirg‘in qilish va G‘azoni vayron qilishda aybdor emasliklarini ko‘rsatish uchun Amerika va uning ittifoqchilari tomonidan qo‘llanayotganini butun dunyo juda yaxshi biladi! Shu pozitsiyangizdan kelib chiqib, biz sizdan so‘ramoqchimiz, aytingchi, farazan yahudiy vujudi kelib, Malayziyani bosib olsa va uning askarlari malayziyaliklarni istaganlaricha qirg‘in qilsa, vayron qilishmagan uy-joy, kasalxona, maktab va masjid qolmasa, shunda ham siz bu vujudni Malayziyada turishga haqqi bor, deysizmi?! Ikki davlat yechimi sifatida unga Malayziyaning katta qismini berasizmi?! Malayziya xalqi yahudiylarni o‘z yurtidan quvib chiqarish uchun harakat qildi va bunga yahudiylar katta qirg‘in bilan javob berishdi, deb faraz qilsak, shunda ham siz ular o‘zlarini himoya qilishga haqli deb ayta olasizmi?! La havla va la quvvata illa billah!

Ey Malayziya bosh vaziri!

Sizlar egallagan pozitsiya sulton Abdulhamid II rohimahulloh ko‘rsatgan mardlik va qat’iyatga mutlaqo zid. Darhaqiqat, o‘shanda sionizm asoschisi Teodor Gersl Xalifalik davlatining qarzini yopib berish evaziga Falastinda ma’lum bir yerni sotib olishni taklif qiladi. Shunda sulton Abdulhamid buni rad etib, yahudiylarga bir qarich yer u yoqda tursin, Falastindagi bitta xonani ham bermasligini aytib, dadillik bilan bunday deydi: «Men Falastinning bir qarich yeridan ham voz kecha olmayman. Chunki u mening shaxsiy mulkim emas. Aksincha, Islom Ummatining mulkidir. Xalqim bu zamin uchun jihod qilib, uni qonlari bilan sug‘organ… Yahudiylar millionlarini o‘zlarida saqlab qo‘yishsin. Bir kun kelib, Xalifalik davlati parchalansa, Falastinni tekinga olishlari mumkin. Ammo men tirik ekanman hargiz bunday bo‘lmaydi…».

Ey Malayziya bosh vaziri!

Shuni ta’kidlamoqchimizki, rasmiy yoki norasmiy bo‘lishidan qat’iy nazar, yahudiy vujudi Islom shariati bo‘yicha mutlaqo qonuniy emas. Chunki u bosib olingan musulmonlar yerlarida tashkil etilgan. Amerika ishlab chiqqan va siz qo‘llab-quvvatlayotgan ikki davlat yechimi harom. Chunki bu yechim yahudiy vujudini musulmonlar fath qilgan zaminda qonuniy davlat deb tan olmoqda. Zero, muborak Falastin zamini Islom Ummatining mulkidir, dushman uchun uning bir bo‘lagidan ham voz kechib bo‘lmaydi. Yahudiylar Ummatga qarshi urishayotgan (amalda urush holatida bo‘lgan) kofirlardir. Islom ahkomlarida ularning tajovuzini yagona shar’iy javobi urush ekani ta’kidlangan. Sizning shar’iy ahkomlarga zid kelgan va real sharmandalikdan iborat bo‘lgan mazkur javoblaringiz oldida, bizning sizga «tavba qiling va Falastin masalasida to‘g‘ri harakat qiling», deyishdan boshqa nasihatimiz qolmadi. Bosh vazir sifatida sizning va boshqa musulmon rahbarlarining zimmangizdagi vazifangiz bu jinoyatchi vujudning mavjudligini tan olish, uning o‘zini himoya qilish huquqini qabul qilish yoki uning himoyachisi bo‘lish emas, balki uni yo‘q qilish uchun qo‘shinlaringizni safarbar qilishdir.

Abdulhakim Usmon

Hizb ut-Tahrirning

Malayziyadagi rasmiy notig‘i

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.