Tog‘ut Asad va uning rejimi ag‘darilgani munosabati bilan Shom ahlini tabriklaymiz!

9
0

Matbuot bayonoti

Tog‘ut Asad va uning rejimi ag‘darilgani munosabati bilan Shom ahlini tabriklaymiz!

Hozir roshid Xalifalik sari olg‘a yurish vaqtidir!

«Tajovuzni to‘xtatish» operatsiyasining o‘n ikkinchi kuni (2024 yil 8 dekabr yakshanba kuni) muxolafat jangchilari Suriya poytaxti Damashqqa kirib borib, Bashar Asad rejimini ag‘darishga muvaffaq bo‘ldilar. Reyter axborot agentligi suriyalik rasmiylarga tayangan holda Bashar Asadning poytaxtdan noma’lum tomonga jo‘nab ketganini xabar qildi. Shu bilan jangchilar Idlib, Halab, Hama, Hims va Damashqni ozod etishga hamda jinoyatchi rejimning zulm zindonlarida o‘nlab yildan beri saqlanayotgan minglab mahbuslarni ozod etishga muvaffaq bo‘lishdi. Shom zamini tog‘ut va uning rejimidan qutulganidan shodlandi, butun Shom va uning atrofida takbir sadolari yangradi. Suriya maydonlari bilan birga dunyoning uzoq va yaqinidagi ko‘plab davlatlar maydonlari shodlik va sururga to‘ldi. Zero, bunga haqlidirlar.

Ha, tog‘ut Bashar va uning rejimining qulashi jangchilar uchun buyuk nusrat, Shom va uning ahli uchun ulkan ozodlikdir. Chunki ayollar, bolalar, qariyalar va erkaklar doxil ushbu ahlimiz 13 yillik qo‘zg‘olon paytida va undan oldin jinoyatchi Bashar va uning otasining o‘nlab yillar davomidagi hukmronligi davrida yuraklarni qon yig‘latadigan qamoq, qirg‘in, surgun, ochlik, zo‘rlash kabi rejimning zulmlaridan azob chekib kelishdi. Shuning uchun ham Shom va uning ahliga buyuk Nusrat qutlug‘ bo‘lsin, avvalo Allohga hamd bo‘lsin. Alloh Taolo aytadi:

﴿قُلِ ٱللَّهُمَّ مَٰلِكَ ٱلۡمُلۡكِ تُؤۡتِي ٱلۡمُلۡكَ مَن تَشَآءُ وَتَنزِعُ ٱلۡمُلۡكَ مِمَّن تَشَآءُ وَتُعِزُّ مَن تَشَآءُ وَتُذِلُّ مَن تَشَآءُۖ بِيَدِكَ ٱلۡخَيۡرُۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَيۡءٖ قَدِيرٞ﴾

«Ayting: «Ey mulku davlat egasi bo‘lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilursan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olursan, istagan kishingni aziz qilursan va istagan kishingni xor qilursan. Bor yaxshilik yolg‘iz Sening qo‘lingdadir. Albatta Sen barcha narsaga qodirsan» [Oli Imron 26]

G‘alabadan keyin eslash kerak bo‘lgan eng muhim narsa hozirgi yutuqlar bilan qanoatlanmaslikdir. Bashar va uning rejimining qulashi ishning tugashi emas, balki boshlanishi bo‘lishi lozim. Jangchilar Shom tuproqlarini to‘liq ozod qilishga erishgunlariga qadar yo‘lda davom etishlari kerak. Maqsad, butun Shom yurtlarini bitta imom-xalifa bayrog‘i ostida birlashtirish bo‘lmog‘i darkor. Zero, xalifa Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni e’lon qilib, Islomni kamchiliksiz to‘liq tatbiq qiladi. U, shuningdek, davlatni sekulyar yoki islomiy respublika yoki qirollik davlati emas, balki davlat apparati, konstitutsiyasi va tuzilishi bilan sof islomiy davlatga aylantiradi. Aks holda, Shom ahli va ularning qo‘zg‘olonchilarining buyuk qurbonliklari ular kutgan va xohlagan o‘zgarishlarni amalga oshira olmaydi.

Sekulyar yoki demokratik davlatga rozi bo‘lish yoxud ichki o‘zaro to‘qnashuvlarga kirishish hamda mamlakatni kantonlar va viloyatlarga bo‘lish, bularning barchasi qilingan shuncha sa’y-harakatlar, berilgan barcha qurbonliklar va sarflangan mollarni behuda sovurishni, shuningdek, mamlakatning yangi basharalar bilan mustamlakachi Amerikaning changalida, Erdogan Turkiyasining nazorati va homiyligida qolishini anglatadi. «Muassasalar davlati» deb atalayotgan narsa kapitalistik tuzumning bir versiyasidir. Uni qon to‘kib, «Bu Alloh uchun, Alloh uchun» deb hayqirgan qo‘zg‘olonchilar va jangchilarga o‘tkazishga harakat qilinmoqda.

Shunday ekan, qo‘zg‘olonchilar va jangchilar Shomdan mustamlakachilikning ildizlarini qo‘porib tashlash yo‘liga qadam tashlab, uning bazalarini ham, kuchlarini ham, odamlarini ham, partiyalarini ham qoldirmay supurib chiqarsinlar va Shomni musulmonlargagina xos o‘lkaga aylantirsinlar. Shuningdek, Amerikaning mintaqadagi Turkiya, Eron va Iroq kabi qo‘g‘irchoqlari va boshqa islomiy yurtlar hukmdorlari bilan barcha aloqalarni uzishlari lozim. Bu qadam ularning qarorlari mustaqil bo‘lishini ta’minlab, qo‘zg‘olonlari boshqa qo‘zg‘olonlar kabi muvaffaqiyatsiz yakunlanishining oldini oladi. Alloh Taolo aytadi:

﴿ٱلَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمۡ فَإِن كَانَ لَكُمۡ فَتۡحٞ مِّنَ ٱللَّهِ قَالُوٓاْ أَلَمۡ نَكُن مَّعَكُمۡ وَإِن كَانَ لِلۡكَٰفِرِينَ نَصِيبٞ قَالُوٓاْ أَلَمۡ نَسۡتَحۡوِذۡ عَلَيۡكُمۡ وَنَمۡنَعۡكُم مِّنَ ٱلۡمُؤۡمِنِينَۚ فَٱللَّهُ يَحۡكُمُ بَيۡنَكُمۡ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِۗ وَلَن يَجۡعَلَ ٱللَّهُ لِلۡكَٰفِرِينَ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ سَبِيلًا﴾

«Ular (ya’ni munofiqlar) sizlarga ko‘z tikib turadilar. Agar sizlarga Alloh tomonidan fathu zafar bo‘lsa: «Biz ham sizlar bilan bir dindamiz-ku», deydilar. Agar g‘alaba kofirlarga nasib bo‘lsa: «Biz sizlardan ustun bo‘lgan va sizlarni mo‘minlardan himoya qilgan emasmidik?» – deyishadi. Endi qiyomat kunida Alloh o‘rtalaringda hakamlik qilur. Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo‘minlar ustiga yo‘l bermagay»                              [Niso 141]

 Hizb ut-Tahrirning markaziy

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.