Amerika musulmon yurtlaridagi mavjud malaylari ag‘darilib, Xalifalik barpo bo‘lishidan qo‘rqmoqda

9
0

Matbuot bayonoti

Amerika musulmon yurtlaridagi mavjud malaylari ag‘darilib, Xalifalik barpo bo‘lishidan qo‘rqmoqda

Amerikaning musulmon yurtlaridagi mavjud malay rejimlari ag‘darilishidan qo‘rqayotganligi vaqti-vaqti bilan ko‘rinib qolmoqda. Bu qo‘rquv hatto yuqori martabali amaldorlarining bayonotlarida ham o‘z aksini topmoqda. Masalan, uning milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan Suriya mojarosining Iordaniya, yahudiy vujudi va Iroqqa ham ko‘chmasligi uchun shu davlatlarni kuchaytirishga harakat qilmoqchiligini ma’lum qildi. Bir necha kun oldin AQSH davlat kotibi Entoni Blinken NATO davlatlari tashqi ishlar vazirlari sammitida qilgan nutqida Xalifalikning qaytishini oldini olish kerakligini alohida ta’kidladi.

Musulmon yurtlari voqeligini kuzatib borayotgan kishi kul ostidagi cho‘g‘ hanuz o‘chmaganini anglay oladi. Arab bahori, deya atalgan xalq qo‘zg‘olonlari ba’zi mamlakatlarning jinoyatkor rahbarlardan qutulishiga olib kelgan bo‘lsa-da, biroq yirik davlatlar o‘zlarining malay hamkorlari orqali bu xalq qo‘zg‘olonlarini nazorat qilishga muvaffaq bo‘lib, bir malayni boshqa bir malayga almashtirib qo‘yishdi. Shuning uchun bu yurtlardagi odamlar ahvoli o‘zgargani yo‘q, aksincha, qo‘zg‘olondan oldingi ahvoldan battar yomonlashdi. Lekin hanuz kul ostida cho‘g‘ lovullab turibdi, xalqlar Allohning shariati bilan hukm yuritmayotgan malay rejimlardan qutuladigan va Islom bilan hukm yurituvchi haqiqiy Xalifalik barpo bo‘ladigan kunga intilmoqdalar. Suriyadagi so‘nggi voqealar ortidan, Amerika musulmon yurtlarida haqiqiy o‘zgarish bo‘lishidan, xalqlarning tog‘ut hukmdorlariga qarshi ko‘tarilishidan qo‘rqayotganini yashira olmay qoldi. Qo‘rquv hatto islomiy yurtlar hukmdorlari ichiga ham oraladi. Iordaniya, Iroq, Misr, Saudiya, Qatar, Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirlari shosha-pisha Davha uchrashuviga yig‘ilib, «bugungi Suriya krizisi mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgani»ni ta’kidlashdi.

Biz bu qo‘rquvlarni real-haqiqatligini, eng avvalo Amerika bilan yirik davlatlarni roshid Xalifalikning barpo bo‘lishi qo‘rqitayotganini ta’kidlaymiz. Yana shuni ham ta’kidlamoqchimizki, musulmon yurtlaridagi tog‘ut hukmdorlar qo‘rquvi ham real-haqiqatdir. To‘g‘rirog‘i, ular Amerika biz kabi malaylaridan – qachon xalqlarimiz bizga qarshi qo‘zg‘alsalar – voz kechib yubormoqda, bizga hech qanday yordam bermayapti, deya haqiqatni anglab yetib, qo‘rquvni ich-ichlaridan his qilishmoqda.

Xullas, shunga alohida urg‘u bermoqchimizki, musulmonlar tinchlik va barqarorlikka erishishlari uchun o‘zlarining malay jinoyatchi hukmdorlaridan qutulib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishlari va o‘z yurtlaridagi mustamlakachi kofirning nufuzidan xalos bo‘lishlari lozim. Albatta, bu Allohning izni ila yaqinda amalga oshadi. Ertangi kun uni kutayotganlar uchun yaqindir.

Hizb ut-Tahrirning markaziy

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.