SURIYA HODISALARI VA ASAD RЕJIMINING QULASHI

16
0

SURIYA HODISALARI VA ASAD RЕJIMINING QULASHI

Savolga javob

#Savol: Ash-Sharq al-Avsat 8/12/2024 yilda quyidagi xabarni tarqatdi: (Va #Asad rejimi quladi: #Suriya muxolifati bugun yakshanbada Damashqni ozod qilib, 24 yil davom etgan prezident Bashar Asad hokimiyatini ag‘darganini e’lon qildi. Muxolifat rasmiy televideniya orqali quyidagicha bayonot berdi: Allohga hamd bo‘lsin, #Damashq shahri ozod qilindi va mustabid Bashar Asad ag‘darildi”. Shuningdek, muxolifat barcha mahbuslar ozod qilinganini ham ma’lum qildi).
“Hay’at Tahriri Shom” Suriya shimolida 2024 yil 27 noyabrda “Tajovuzni tiyib qo‘yish” nomli hujum boshlagan edi. Uning ortidan 2024 yil 30 noyabrda “Suriya Milliy Armiyasi” ham “Ozodlik tongi” degan nom ostida hujum boshladi. Halab shahri, Idlibning barcha mintaqalari, Hama, Hims, bugun esa Damashq egallandi.. Bularning barchasi o‘n kun ichida sodir bo‘ldi.. Suriyada aslida nimalar bo‘lyapti? Javob uchun tashakkur.

#Javob: Masalaga oydinlik kiritish uchun quyidagi faktlarni ko‘rib chiqish lozim:
Birinchi: Hujumni boshlagan bo‘linmalar: #BBC 2024 yil 28 noyabrda tarqatgan xabarga ko‘ra, hujumda qatnashgan bo‘linmalar “Hay’at Tahriri Shom” qo‘mondonligidagi “Fath al-Mubin operatsiyalar shtabi”, uning tarkibiga kiruvchi va #Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgan “Milliy #Ozodlik Fronti”, “Jaysh al-Izza jamoati” hamda “Suriya Milliy Armiyasi”dir. Bu armiya Turkiya quvvatlovidagi bo‘linmalar koalitsiyasidan iborat bo‘lib, “Fath al-Mubin operatsiyalar shtabi” tarkibiga kirmaydi.. Bu bilan esa aytish mumkinki, hujumda qatnashgan bo‘linmalarning ko‘pchiligi Turkiyaga tobe va sodiq bo‘linmalardir. Chunki “Milliy Armiya”ni Turkiya paydo qilgan bo‘lsa, “Hay’ati Tahrir Shom” ham Turkiyaning to‘liq nazorati ostidadir. Bu “Hay’at” bilan Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlik hammaning e’tiborini tortadigan darajadadir.
Ikkinchi: Bu harakatlar boshlanishda Basharga u Erdo‘g‘onning takliflarini qabul qilmagani uchun yo‘llangan “adabini berib qo‘yish” nomasiga o‘xshab ketgan edi. Chunki Erdo‘g‘on #Rossiya prezidenti Putindan: (Anqara bilan Damashq o‘rtasidagi aloqani normallashtirish bo‘yicha so‘zlashuvlarni oldinga siljitishga harakat qilishni va Basharning o‘zi bilan uchrashish to‘g‘risida Erdo‘g‘on yo‘llagan taklifini qabul qilishini” so‘ragan edi.. (Reyter: 25/10/2024). Biroq Bashar bu taklifni qabul qilmadi. Aksincha, u Turkiya o‘z harbiy kuchlarini olib chiqib ketishini talab qilib, bir qator shartlarni qo‘ydi va paysalga soldi. Rossiya tomonidan vositachi Lavrov buni tasdiqlab, 2024 yil 1 noyabrda Turkiyaning “Hurriyat” gazetasiga Bashar Turkiya kuchlarini olib chiqib ketishni talab qilayotganini aytib, “muzokaralar oldidagi asosiy to‘siq Suriya shimolida Turkiya kuchlarining turganligidir” dedi. Erdo‘g‘on bundan g‘azablanib, “Hay’at” va “Milliy armiya”ning harakatga kelishiga “yashil chiroq” yoqdi: “Turkiya razvedkasi bilan aloqada bo‘lgan (Muxolifat manbalarining bildirishicha, Anqara bu hujum uchun “yashil chiroq” yoqib bergan. Germaniyaning Doyche Velle agentligi 30/11/2024).
Uchinchi: Bu harakatlanish garchi boshlanishida Bashar muxolifat bilan siyosiy yechimga erishish uchun muzokara olib borish haqidagi Turkiya takliflarini qabul qilmaganiga jazo to‘lovi sifatida #Idlib atrofidagi keskinlikni yumshatish mintaqalarini ozod qilish uchun bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin Bashar zulmidan aziyat chekib kelayotgan xalqning katta qatlami bundan foydalanishga o‘tdi va barcha jabhalar bo‘ylab jangga otlandi. Bu harbiylashgan qatlamlar Idlib atrofidagi keskinlikni yumshatish chiziqlari doirasida belgilab qo‘yilgan hududlarda to‘xtab qolmadi, balki Suriyaning turli mintaqalarida bu hududlardan oshib o‘tib ketishdi.. Suriya armiyasi ham Bashar zulmidan aziyat chekib kelayotgani sababli uni mudofaa qilishga xohish-ishtiyoqi yo‘q edi. Shuning uchun ham ketma-ket ortga chekindi.. Keyin esa harakatga kelgan xalq qatlamlari keskinlikni yumshatish mintaqalaridan o‘tib Halabga, Hamaga so‘ngra Himsga va nihoyat Damashqqa kirib bordi. Bularning barchasi 2024 yil 27 noyabrda harakatga kelishlar boshlanganidan buyon o‘n kun ichida juda tez ro‘y berdi.
To‘rtinchi: Mintaqadagi va xalqaro tomonlarning pozitsiyalari:
1. Bu hodisalar Eron va Rossiya uchun kutilmagan zarba bo‘ldi. Rossiya o‘zining Hmeymimdagi harbiy havo bazasi va Tartusdagi dengiz bazasida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Ikkala mamlakat o‘rtasida telemuloqot bo‘lib o‘tdi (Eron tashqi ishlar vaziri Arakchi rossiyalik hamkasbi Lavrov bilan Suriyadagi voqealar rivojini muhokama qildi, … Anadolu 30/11/2024).
Bu hujumlar ortidan Eron uni to‘xtatib qolish va Turkiya bilan yuzaga kelgan ishkal vaziyatni hal qilish bo‘yicha diplomatik harakatlarni boshladi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi 2024 yil 2 dekabrda Anqaraga kelib, turk hamkasbi Haqon Fidan bilan uchrashdi. Fidan o‘zining amerikalik hamkasbi Blinken bilan so‘zlashib: “rejim bilan muxolifat o‘rtasidagi siyosiy amaliyot Suriyada tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishi uchun ijobiy natijalarga olib kelishi lozim” dedi.
2. Turkiya masalasiga kelsak: u tinchlik muzokaralarini o‘tkazish orqali Bashar bilan siyosiy yechimga erishishni istagan edi. Bu borada Amerikaning xohishi ham xuddi shunday bo‘lgandi. Biroq Bashar bu taklifni darhol qabul qilmaslik bilan bir qator imtiyozlarga ega bo‘lib olaman, deb o‘yladi. Shuning uchun Erdo‘g‘onning takliflarini qabul qilishni paysalga soldi. U o‘zining bu qilmishi Amerikani g‘azablantirmaydi, deb o‘ylagan edi. Erdo‘g‘on bundan bo‘g‘ilib, xafa bo‘lgan shekilli, Basharga “dars” berib qo‘yish to‘g‘risida Amerikaning roziligini oldi. Shuning uchun muzokarali yechim Erdo‘g‘onning Bashar ustidan g‘alabasi sifatida ko‘riladigan jang muhitida bo‘ladigan bo‘ldi. Shunga binoan Erdo‘g‘on muxolifat bo‘linmalarini zarur qurol-aslaha va razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlab, ularni hujumga undadi:
a – Erdo‘g‘on 2024 yil 25 oktyabrda Qozonda bo‘lib o‘tgan Briks sammiti kuluarida Putin bilan uchrashganidan keyin jurnalistlarga o‘zining “Rossiya prezidenti Putindan Anqara bilan Damashq o‘rtasidagi aloqalarni normallashtirish bo‘yicha so‘zlashuvlarni oldinga siljitishga harakat qilishni va Basharning muloqot haqida uning o‘zi (ya’ni Erdo‘g‘on) yo‘llagan taklifni qabul qilishini” so‘raganini aytdi. (Reyter 25/10/2024).
b –Rossiyalik vositachilar Erdo‘g‘onning so‘roviga javobda Bashar Asad ko‘p marotaba Erdo‘g‘on bilan uchrashish va o‘rtadagi aloqalarni normallashtirish uchun bir qator shartlarni, jumladan, Turkiya o‘z kuchlarini Suriyadan olib chiqib ketishni shart qilib qo‘yayotganini bildirgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov Turkiyaning “Hurriyat” gazetasiga 2024 yil 1 noyabr kuni bergan intervyusida: “Turkiya va Suriyaning har ikkisi aloqalarni normallashtirish uchun muzokaralarni qayta boshlashga jiddiy ahamiyat bermoqda. Ammo bu o‘rindagi asosiy to‘siq Turkiya kuchlarining Suriya shimolida turganligidir” deya ta’kidladi. Bu esa normallashtirishga jon kuydirib urinayotgan Erdo‘g‘oning ushbu pozitsiyasidan hamda arab ligasi davlatlari quvvatlovidan foydalangan Basharning ahmoqona qaysarligidan dalolat beradi. Chunki u, Amerika hanuz o‘rnimni bosadigan muqobil nomzodni topolmadi va shu sababli ham mening hokimiyatda qolishimni istaydi, deb o‘ylagan edi.
v – Turkiya rejimi bunday vaziyatda Bashar bilan muzokara olib borish orqali o‘zi istagan yechimga erishishdan umidini uzgach, muzokarali yechim Basharga bosim o‘tkazuvchi harbiy preambula bilan tamomiga yetishi haqida Amerika roziligini oldi. Shundan keyin Erdo‘g‘on 2024 yil 27 noyabrdan boshlab qurolli bo‘linmalarni harakatga keltirdi. Buni ana shu bo‘linmalarning Bashar rejimiga bosim o‘tkazish uchun olg‘a tashlanishiga yo‘l ochib bergan turk rejimi ekanligi, ya’ni bu #Turkiya tomonidan “yashil chiroq” yoqib berilishi bilan bo‘lganligi ko‘rsatib turibdi: “Turk razvedkasi bilan aloqada bo‘lgan muxolifatdagi manbalarning bildirishicha, Anqara bu hujumga “yashil chiroq” yoqib bergan”. (Doyche velle Germaniya 30/11/2024).
Bundan maqsad Basharning Erdo‘g‘on bilan muzokara stoliga o‘tirishni qabul qilib, Turkiya bilan aloqalarni normallashtirishi hamda muxolifat bilan sulhga kelishi va nihoyat Amerika loyihasi bo‘yicha siyosiy yechimga erishish edi! Ya’ni bu, Erdo‘g‘on BMT bosh sekretari Guterish bilan telefon orqali so‘zlashuvi chog‘ida aytganidek, Suriya uchun “yangi davr”ning boshlanishi edi. “Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on payshanba kuni Suriyaning tinchlik va osoyishtalik bilan boshqariladigan yangi davrga kirayotganini ta’kidladi”. (Arabiy 21, 5/12/2024).
3. Amerika: Qo‘shma shtatlar uchun Suriya muxolifatining hujumi kutilmagan hol bo‘lmadi. Amerika prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan shunday dedi: “Suriyadagi muxolifatning yangicha vaziyatdan foydalanib qolgani biz uchun kutilmagan hol bo‘lmadi” (Al-Jazira net. 1/12/2024). Al-Jazira net. 2024 yil 1 dekabrda Oq uyga tayanib tarqatgan xabarga muvofiq, Oq uyning: “biz Suriyadagi vaziyatni kuzatib boryapmiz, o‘tgan 48 soat davomida mintaqadagi markazlar bilan kontaktlar olib bordik”, degan gapiga ko‘ra, Amerika tashvish bildirmadi. “Amerika milliy xavfsizlik kengashi rasmiy vakili Shon Savvet bunday dedi: “Qo‘shma shtatlar o‘zining sheriklari va ittifoqchilari bilan birgalikda keskinlikni yumshatishga, tinch fuqarolarni va ozchilik millatlarni himoya qilishga hamda ishonchli va jiddiy siyosiy jarayonni boshlashga chaqiradi. Bunday ish tutish bu fuqarolik urushiga darhol va abadul-abad barham berish imkonini beradi. Bunga Xavfsizlik Kengashining 2254 rezolyutsiyasiga muvofiq masalani siyosiy yo‘l bilan hal qilish orqali erishiladi”. (Oer.ti. 1/12/2024).. Al-Jazira 2024 yil 2 dekabr kuni o‘z saytida quyidagini yozdi: “Amerika davlat departamenti bayonot chiqarib, bildirdi: “Hozirgi eskalatsiya mojaroni Suriya rahbariyati ishtirokida xalqaro Xavfsizlik kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq siyosiy yo‘l bilan hal qilishga katta ehtiyoj borligini ta’kidlab turibdi”. Bunda BMTning 2015 yilgi rezolyutsiyasiga ishora qilinmoqda. Unda Suriyada tinchlik protsessi yo‘lga qo‘yilishiga qaror qilingan bo‘lsa-da, biroq u shu kungacha amalga oshirilmadi. Shuningdek hujjatda, Suriyada 2016 yil yanvarda tinchlik so‘zlashuvlari boshlanishi ko‘rsatilgan, mamlakat kelajagini Suriya xalqining o‘zi belgilashi ta’kidlanib, o‘tish davri hukumatini tuzishga va BMT homiyligida saylovlar o‘tkazilishiga chaqirilgan hamda tinch aholiga qarshi har qanday hujumlarni to‘xtatish talab qilingan edi.. “Al-hurra” 2024 yil 4 dekabrda o‘zining saytida quyidagini nashr qildi: “Blinkenning bildirishicha, hozirgi vaqtda eng muhim narsa Xalqaro xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga binoan olib borilishi kerak bo‘lgan siyosiy protsessni oldinga siljitishdir. Bu esa Suriyada yechimga erishishga va ichki urushga barham berishga urinish bilan bo‘ladi”.. “Xabar lil-anbo” agentligi 2024 yil 7 dekabrda o‘z saytida quyidagilarni nashr qildi: “Turkiya tashqi ishlar vazirligi: Biz Blinkenga Suriya hukumati muxolifat bilan dialog olib borishi zarurligini yetkazdik, deb bildirdi”.
4. Yahud vujudi: “Yevro N’yus arabiya 2024 yil 30 noyabrda quyidagilarni tarqatdi: “Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu o‘tgan seshanba oqshomida isroilliklar oldida chiqish qilib, Hizbulloh bilan o‘t ochishni to‘xtatishni qabul qilganini bildirdi. O‘zining murojaatida Netanyahu Suriya prezidenti Bashar Asadga ishora qilib o‘tishni ham unutmadi. U o‘z nutqida “Asad olov bilan o‘ynashyapti” dedi. Bu nutqdan bir necha soat o‘tmasdanoq Suriya bo‘linmalari Suriya shimolidagi Asad kuchlariga qarshi koordinatsiyalashgan hujumni boshladi. Bu esa ko‘plab savollarni qo‘zg‘atdi. Netanyahu Suriya shimolidagi voqealar rivojiga bag‘ishlangan maxsus xavfsizlik yig‘inini o‘tkazdi. Isroil ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, bu mana shunday ishga nisbatan g‘ayri odatiy ishdir”.. Al-Jazira net 2024 yil 1 dekabrda xabar berishicha, Yediot Ahronot gazetasi bunday deb yozdi: “Isroil armiyasi Suriyada Eronning qandaydir samolyoti qo‘nishiga yo‘l qo‘ymadi. Bunga ushbu samolyot Livandagi Hizbullohga qurol-aslahalar olib kelayotgani ehtimol, degan shubha sabab bo‘ldi”. Yahud vujudi Eronning yana Suriya sahnasiga dadil qaytib kirishiga “Livandagi hizbga qurol-aslaha yetkazib beryapti” degan bahona bilan to‘sqinlik qilmoqchi bo‘layotganga o‘xshamoqda. Zotan, u Eron yoki Eron hizbining Suriyada va so‘ngra Livanda harbiy jihatdan mustahkam tomir otishini istamaydi.
Beshinchi: Xulosa.. yuqorida bayon qilganlarimiz fonida u quyidagicha bo‘ladi:
1- Suriyadagi keskinlikni yumshatish mintaqalariga hujumlarni boshlashga bosh-qosh bo‘lgan tomon bu – Turkiyadir. Uning ortida esa Amerika turibdi.
2- Turkiya bilan Amerika ikkalasining bundan, ya’ni (jiddiy siyosiy jarayonni boshlash) va (yangi davr-bosqich)dan ko‘zlagan maqsadi Suriyada yangi rejim ishini tartiblashtirishdir.. Men Amerika va turk rasmiylarining bu to‘g‘ridagi ba’zi bayonotlarini qaytadan keltirib o‘taman:
Amerika milliy xavfsizlik kengashi rasmiy vakili Shon Savvet bunday dedi: “Qo‘shma shtatlar o‘zining sheriklari va ittifoqchilari bilan birgalikda keskinlikni yumshatishga, tinch fuqarolarni va ozchilik millatlarni himoya qilishga va ishonchli, jiddiy siyosiy jarayonni boshlashga chaqiradi. Bunday ish tutish bu fuqarolik urushiga darhol va abadul-abad barham berish imkonini beradi. Bunga Xavfsizlik Kengashining 2254 rezolyutsiyasiga muvofiq siyosiy yo‘l bilan hal qilish orqali erishiladi”. (Oer.ti. 1/12/2024).. “Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on payshanba kuni Suriyaning tinchlik va osoyishtalik bilan boshqariladigan yangi davrga kirayotganini ta’kidladi”. (Arabiy 21, 5/12/2024).
3- Ular garchi ushbu hujumlar olib keladigan siyosiy yechimdan nimani maqsad qilayotganlarini ochiq aytishmagan bo‘lsa-da, lekin hozir frontlarda jang olib borayotgan kuchlarning turli-tuman ekanligi voqesidan kelib chiqadigan kuchliroq ehtimol shuki, Amerika va uning tobelari tartiblashtiradigan narsa bu –barham topgan mustabid rejim o‘rniga yangi kuchlardan iborat koalitsion Suriya rejimini paydo qilishdir. Suriyada ham Iroqdagi kurdlar mintaqasining avtonom boshqaruviga o‘xshash bo‘lgan avtonom boshqaruv mintaqalari yuzaga keladi…
4- Bu yechimda o‘z hukmini o‘tkazayotgan Amerika bo‘lib, bu yechimni ham u – xuddi 2024 yil 27 noyabr tongida yahud bilan Livan o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvida yechimni yahud foydasiga kafolatlaganidek – yahudlar manfaatlarini ro‘yobga chiqaradigan yechim qilib qo‘yadi. Bu Suriyada harbiy konfrontatsiya boshlangan kunning o‘zida bo‘lgan edi. Eronning Livandagi o‘z hizbini qo‘llab-quvvatlashi uchun Suriya sahnasiga dadillik bilan qaytishiga ham yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ladi. Ya’ni, Eronning Livandagi hizbi bilan quruqlik orqali harbiy jihatdan bog‘lanishi uzib tashlanadi.
Mana shular – Amerika va turk rasmiylarining yuqorida bayon qilingan Suriyada hujumlar boshlanganiga oid bayonotlari ko‘rsatib turgan ishlardir.
Oltinchi: Oxirida shuni aytamizki, Suriyada yuz bergan va bugun ham yuz berayotgan qon to‘kilishi, uy-joylarning vayron bo‘lishi, oilalarning sarson-sargardon bo‘lishlari, albatta alamli ishdir. Ayniqsa, bu fojia “siyosiy yechim” va “yangi davr” degan narsani yuzaga chiqaish uchun paydo qilingan bo‘lsa yana-da alamlidir. Bu “yangi davr” mustamlakachi kofirlar va ularning malaylari yuz yil oldin Islom Boshqaruv nizomi bo‘lmish Xalifalikni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgani va keyinchalik boshqa millatlar, xuddi yebto‘ymaslar luqmaga tashlanganidek, ustimizga yopirilgani oqibatida musulmonlar yurtlarida o‘rnatilgan fuqarolik sekulyar rejimlardan ko‘p ham farq qilmaydigan bo‘ladi..
Shunga qaramay, Ummat tez kunlarda yana oldingidek azizu mukarram bo‘ladi. Roshid Xalifalik – Allohning izni ila – yana hayot maydoniga qaytadi. Lekin Allohning sunnati-qonuniyati shuki, bizga osmondan maloikalar tushib, Xalifalikni tiklab berishi, biz esa tek o‘tiraverishimiz kerak emas ekan. Allohning sunnati bu emas. Aksincha, Xalifalik Robbilariga iymon keltirgan va hidoyatlari yana-da ziyoda bo‘lgan Rijollar qo‘llari bilan tiklanadi.. Biz, albatta bunday rijollar – armiyada bo‘lsin yoki muxolifatda bo‘lsin – yo‘q deb bilmaymiz, garchi ularning soni oz bo‘lsa ham. Ayniqsa, boshlanganiga o‘n kun bo‘lgan bu hodisalarni kuzatayotgan kishi shuni ko‘radiki, rejimga qarshi kurashayotganlar – Turkiya va uning ortida turgan Amerikaga tobe kimsalar kabi hokimiyatni bir yelkadan boshqasiga o‘tkazib sekulyar o‘zgarish yasashga erishish uchun rejim bilan ana shu konfrontatsiyani boshlagan kimsalardangina iborat emas.. Aksincha, bu kurashga rejim zulmi olovida kuyib-qovurilgan boshqa insonlar ham aralashgan. Ular Suriyaning musulmon xalqi istaklarini ro‘yobga chiqarish uchun tuzumni o‘zgartirishni istamoqdalar.. Biz ana shu insonlarga nido yo‘llab, ularni mustamlakachi kofirlar va ularning malaylari istayotgan buzuq sekulyar siyosiy yechimlarni barbod qilishda keng ko‘lamli sa’y-harakatni boshlashlari va bor kuch-quvvatni sarflashlariga chaqiramiz. Zero, ularning ana shu hodisalarda bergan qurbonliklari behuda zoye bo‘lmasligi lozim!
Biz ularni Islom Boshqaruvi nizomi bo‘lmish roshid Xalifalikni tiklashga harakat qilayotganlarga yordam berishga chaqiramiz. Shunda ular katta ajr va buyuk zafarga ega chiqib, sevinchli xushxabarga haqli ravishda sazovor bo‘lgan kishilar jumlasidan bo‘ladilar.

﴿نَصْرٌ مِنَ اللهِ وَفَتْحٌ قَرِيبٌ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ﴾

“U Alloh tomonidan bo‘lgan g‘alaba va yaqin(da ro‘y berguvchi) fathdir. (Ey Muhammad), mo‘minlarga (mana shu) xushxabarni yetkazing! [Saf 13]

6 jumodus-soniy 1446h
8 dekabr 2024m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.