Suriyada nimalar bo‘lmoqda?

9
0

Suriyada nimalar bo‘lmoqda?

Suriyada 27 oktabrdan buyon musulmonlarni xursand qiladigan voqealar sodir bo‘lmoqda. Rossiya-Eron-Turkiya o‘rtasida 2020 yili tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tufayli hujumlarini to‘xtatgan Suriyadagi muxolif kuchlar 27 oktabr kuni Asad rejimiga qarshi jiddiy hujum boshladi. Hozirda ham davom etayotgan amaliyotlarda musulmonlar Idlib atrofidagi tumanlar va yana Halab kabi yirik shahrlarni nazorat ostiga oldi. Qonxo‘r Asad askarlari va Eron hizbining qo‘shinlari bir necha soat ichida juftakni rostlab qolishdi.

Ma’lumki, bundan 8 yil avval xiyonat muzokaralari ortidan Halab Suriya rejimiga topshirilgan va yuz minglab aholi Halabdan surgun qilingan edi. Oradan sakkiz yil o‘tib, Halabda yana tavhid bayrog‘i ko‘tarildi va omon qolgan musulmonlar yaqinlari bilan uchrashdi.

Tarixiy Halab shahrining bir necha kun ichida qo‘lga kiritilishi kufr kuchlarining naqadar zaif ekanini hamda musulmonlar Allohga tavakkal qilgan paytda qanchalik kuchga ega bo‘lishini yaqqol namoyon qildi.

Shunday bo‘lishiga qaramay, musulmonlar yaqin tarixda maydonlarda qo‘lga kiritgan g‘alabalarini muzokara stolida boy berganliklariga ham guvoh bo‘ldik. Shuning uchun Amerika yozayotgan Yaqin Sharqdagi yangi ssenariy doirasida yana aldanib qolishdan ehtiyot bo‘lish lozim.

Ma’lumki, Halab amaliyoti bir qancha manfaatlarni o‘z ichiga olgan strategiya asosida amalga oshirilmoqda. Bu voqealardan keyin mintaqadagi xalqaro va mintaqaviy kuchlarning roli kamayishi yoki ortishi mumkin.

 Trampning saylovdagi g‘alabasi ortidan Amerika Yaqin Sharqda yangi maqsadlarni qo‘ymoqda. Bu maqsadlardan:

Birinchisi Rossiya va Eronning mintaqadagi rolini kamaytirishdir.

Ukrainadagi urush sababli Rossiyaning Suriyadagi roli ancha pasayib ketdi. Xususan, “Vagner” tugatilgandan so‘ng Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazasi Afrikaga yuk tashuvchi bazaga aylanib qoldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning harbiy kemalari Tartusdagi bazani tark etmoqda. Eronga kelsak, (Isroil)ning Livandagi Eron hizbiga qarshi operatsiyalaridan keyin Suriyadan chiqib ketishi kutilmoqda. Buning ortidan Eronning mintaqadagi harbiy faoliyati cheklanishi mumkin.

Ikkinchisi (Isroil) xavfsizligi uchun mintaqadagi kuchlarni qurolsizlantirish. Qurolsizlantirish harakatlari asosan mintaqadagi Eron hizbi, PKK (Kurd Ishchi partiyasi), PYD (Demokratik birlik partiyasi) va HTSH (Hay’at Tahrir ush-Shom) tashkilotlariga qaratilgan.

AQSH Davlat departamentining vakili Metyu Millerning 2 dekabrda bergan bayonoti ham yuqorida aytilganlarga ishora qiladi. U shunday degan edi: “Biz ushbu fuqarolar urushi BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-rezolyutsiyasiga muvofiq siyosiy yo‘l bilan hal qilinishini istaymiz. Ma’lumki, bu rezolyutsiya Suriya rejimi va muxolifat guruhlari Suriya kelajagi haqida muzokara olib borish uchun BMT tomonidan osonlashtirilgan jarayondir”.

Uchinchisi, Amerikaning yangi maqsadlaridan biri Turkiyaning mintaqadagi rolini kuchaytirishdir. Zero Turkiya “HTSH” va “PYD” tashkilotlari orasida katta ta’sirga ega. Aniqrog‘i, Asad rejimiga qarshi kurashayotgan kuchlar asosan Turkiyaga tayanadi. Garchi mazkur tashkilotlarning so‘nggi to‘rt yil ichida xalq orasida ta’siri ortgan bo‘lsa-da, bundan keyin harbiy emas, siyosiy rolga e’tibor qaratishlari kutilmoqda. Buning uchun Turkiyaning “HTSH” tashkiloti ustidan ta’sirini kuchaytirishga harakat qilinadi.

“PKK” tashkilotiga kelsak, uning Turkiya bilan munosabatlarida yangi davr boshlanish arafasida turibdi. Turkiya qamoqxonasida saqlanayotgan tashkilot rahbari O‘jalon orqali qizg‘in savdolashish olib borilmoqda. Buning ortidan tashkilotni qurolsizlantirish va unga siyosiy rol berish masalasi muhokama qilinmoqda. Shuning uchun Suriya kelajagi uchun “HTSH”, “PYD” va Asad rejimining harbiy kuchlari orasida muvaqqat hukumat va yangi konstitutsiya yaratish maqsad qilingan.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Halab amaliyoti nafaqat Suriyaning kelajagiga, balki mintaqadagi kuchlar muvozanatiga ham ta’sir ko‘rsatadigan voqealarning bir qismidir. Buning natijasida Rossiya va Eronning roli pasaytirilib, Turkiyaning roli kuchaytiriladi. Shuningdek Muzokaralar orqali mahalliy kuchlarga siyosiy rol berilishi kutilmoqda. Shuning uchun biz Suriyadagi mujohidlarga va ularning rahbarlariga shu paytgancha aytib kelgan nasihatlarimizni takrorlaymiz. Jang maydonlarida erishilgan g‘alabalarni muzokaralar stolida qo‘ldan boy berishdan ehtiyot bo‘ling! Bundan avval “Terrorchilarga qarshi kurash” bahonasida mujohidlarni Halabdan chiqarib, shaharni Asad rejimiga topshirgan Turkiyaning xiyonatlaridan ehtiyot bo‘ling! Turkiya bir tomondan mujohid kuchlarni qo‘llab-quvvatlayotgandek ko‘rinib, ikkinchi tomondan Amerikaning rejalarini amalga oshirish uchun harakat qilmoqda. Bir paytlar zolim Asad, deb tilga olingan kimsa bugunga kelib Turkiya uchun hurmatli Asadga aylandi. Shunday ekan, muzokaralar stollari sizni tuzoqqa tushiruvchi vositaligini unutmang! Shuning uchun ham, yahudiy vujudi tarix axlat qutisiga tashlanib, malay hukmdorlar o‘z xiyonatlari uchun javob beradigan kungacha kurashni davom ettirish zarurdir!

Mumtoz Mavaroannahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.