Misrning qizil chiziqlari mavjud bo‘lib, ular Misrning Islomga, shariatga hamda Misr xalqini va uning boyliklarini himoya qiladigan Islom davlatiga qaytishini taqozo qiladi

17
0

Matbuot bayonoti

Misrning qizil chiziqlari mavjud bo‘lib, ular Misrning Islomga, shariatga hamda Misr xalqini va uning boyliklarini himoya qiladigan Islom davlatiga qaytishini taqozo qiladi

Qudsul Arabiy gazetasining 2024 yil 9 noyabr shanba kungi sonida xabar qilinishicha, Xalqaro Valyuta Fondi Misr hukumatiga barcha masalalarda yengillik ko‘rsatishni va’da qilgan. Ammo buning uchun soliqlarni kuchaytirishni, yoqilg‘i mahsulotlari narxlarini oshirishni va kambag‘allarga oziq-ovqat yordamlarini ozaytirishni shart qilib qo‘ygan. Ushbu uch taqiq yoki qizil chiziqlarni kesib o‘tishga ruxsat etilmaydi.. «Iqtisodiy islohot dasturi», deb atalgan bu dastur Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Misr hukumati o‘z iqtisodiy siyosatini uning ko‘rsatmalariga ko‘ra yurgizishi va hukumat moliyaviy hisobotlari uchun zarur bo‘lgan buxgalteriya balansiga erishish uchun unga rioya qilishi shart. 2022 yil oxirida Xalqaro Valyuta fondi va Misr o‘rtasida 8 milliard dollarlik kredit kelishib olingan edi. Lekin bu kreditning atigi 3 milliardi berilgandan keyin Xalqaro Valyuta Fondining uch taqiqi asosida kelishuv qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan Misr rejimi uchun chizib qo‘yilgan bu qizil chiziq G‘arb loyihasining bir qismi bo‘lib, undan ushbu Kinona yurtini G‘arbga qaramligini davom ettirish va birinchi navbatda Islomni tatbiq qilishdan uzoqlashtirish ko‘zlangan. Soliqlarni ko‘paytirish, yoqilg‘i narxlarini oshirish va asosiy tovarlardan davlat yordamini ozaytirish, shubhasiz, kam ta’minlangan, ayniqsa, daromadi cheklangan insonlarga qattiq zarba bo‘ladi. Shuningdek, tabaqachilikni kuchaytiradi, boylar bilan kambag‘allar o‘rtasidagi jarlikni kengaytiradi. Kapitalizm va monopoliya soyasida mol boylar qo‘lida to‘planib qoladi. Valyuta kursini liberallashtirish kerakligini aytayotgan, davlatni o‘z kompaniyalari va resurslarini sotish hamda davlat sektori deb atalmish sektorni xususiylashtirishga majburlayotgan bu siyosatlar yurt boyliklari talon-toroj qilinganidan keyin, Misr bozorlarini Misr va uning xalqi ziyoniga xorijiy kapitalga ochishni maqsad qilgan. Bu va boshqa kapitalistik shartlar, umuman olganda, Islomga ziddir. Chunki dinimiz insonlardan har qanday soliq yig‘ishni harom qilgan hamda Rosululloh ﷺning

«صَاحِبُ الْمَكْسِ فِي النَّارِ»

«Soliq yig‘uvchi do‘zaxdadir», degan hadislariga ko‘ra, buni soliq deb hisoblab, shu bilan shug‘ullangan kimsaga do‘zaxni vojib qilgan. Islom o‘z davlati fuqarolarini himoya qiladi, ularning haq-huquqlari va mol-mulklarini saqlab, ularning omma mulkidagi huquqlarini kafolatlaydi hamda omma mulkiga egalik qilishni yoki odamlarga yetib borishidan to‘sadigan darajada ularni tasarruf qilishni taqiqlaydi. Zero, davlat zimmasidagi vazifa boyliklarni o‘z manbalaridan chiqarib olish va ularni barcha odamlarga – badavlat bilan kambag‘alni, musulmon bilan g‘ayrimusulmonni ajratmagan holda – teng taqsimlashdan iborat. Bundan farqli o‘laroq, Islom sudxo‘rlik qilish, odamlar mol-mulkini talash va ularning ehtiyojlarini ekspluatatsiya qilish, mashaqqat va krizislar keltirib chiqarishni harom qildi.

Bulardan yana biri, qog‘oz pul (fiat pul)lardir. Hech qanday qiymati bo‘lmagan bu pullar albatta oltin va kumushga yoki ularning o‘rnini bosadigan valyutaga almashtirilishi kerak. Ana shunda pul o‘z qiymatiga ega bo‘ladi, odamlarning mehnatini, boyliklarini va zaxiralarini o‘g‘irlash vositasi bo‘lmaydi.

Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan taklif etiluvchi yechimlarga kelsak, bundan G‘arbga moliyaviy va iqtisodiy qaramlikni chuqurlashtirish va Misrni to‘lay olmaydigan qarzlar botqog‘ida qoldirib, rivojlanishga bo‘lgan har qanday urinishga tormoz berish ko‘zlangan. Mudom kapitalizm hukmron bo‘lib, undan yechim umid qilinar ekan, Misr to‘g‘ri yechimga erisholmaydi va krizislardan chiqolmaydi. Chunki kapitalizm aslida, yechim taklif qilmaydi. U taklif qilayotgan har bir yechim odamlar o‘z irodasiga qarshi ichishlari kerak bo‘lgan zahardir. Odamlar ushbu tizimning og‘ir bosimi ostida bu zaharni ichishga majbur bo‘ladilar. Allohga qasamki, agar odamlarning peshonalariga bitilgan rizq bo‘lmaganda edi, bunday siyosat va uning oqibatida kelib chiqayotgan qashshoqlik, ocharchilik, savodsizlik va kasallik ostida ochdan halok bo‘lardilar. Kasallikning davosi, aslida, kasallikni aniqlashdadir. Misrning kasalligi kapitalizm va uning qurollarida. Uning davosi o‘sha kapitalizmni barcha vositalari, qurollari, shaxslari va ijrochilari bilan ildizidan qo‘porib tashlash va uning mustamlakachi xalqaro muassasalari va halokatli siyosatlaridan uzoqlashish hamda Islomni Islom davlati bo‘lmish Xalifalik davlati soyasida Alloh istaganidek tatbiq qilish bilan amalga oshadi. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik Islomni odamlarga tatbiq etib, uni butun olamga hidoyat va nur sifatida yetkazadi. Allohim, ushbu davlatimizni tezlashtir, Misrni uning markaziga va harakat nuqtasiga aylantir. Allohim, Misr armiyasini Xalifalikning ansorlaridan qil. Allohumma omin.

﴿وَلَوۡ أَنَّ أَهۡلَ ٱلۡقُرَىٰٓ ءَامَنُواْ وَٱتَّقَوۡاْ لَفَتَحۡنَا عَلَيۡهِم بَرَكَٰتٖ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلۡأَرۡضِ وَلَٰكِن كَذَّبُواْ فَأَخَذۡنَٰهُم بِمَا كَانُواْ يَكۡسِبُونَ﴾

«Agar u qishloqlarning (joyning) ahli iymon keltirib, taqvodor bo‘lganlarida edi, albatta Biz ularga osmonu yerdan barakot (darvozalarini) ochib qo‘ygan bo‘lur edik. Lekin ular (payg‘ambarlarimizni) yolg‘onchi qildilar, bas, ularni o‘zlari qilgan gunohlari sababli ushladik»

                                                                                                   [A’rof 96]

Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.