Qirg‘izistonda qabul qilinayotgan Din haqidagi qonun eng liberal qonunmi?
“Qirg‘izistonda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Din to‘g‘risidagi qonun barcha postsovet davlatlar orasida eng liberal qonun hisoblanadi”. Bu haqda prezident yordamchisi Almambet Shikmamatov davlat rahbarining Din ulamolari va muftiyot vakillari bilan bo‘lgan so‘nggi uchrashuvida ma’lum qildi.
“Qonun loyihasi bo‘yicha barcha fikrlar ikki oydan ortiq vaqt davomida har tomonlama tahlil qilinib, bir to‘xtamga keldik. Ushbu qonunning asosiy maqsadi mamlakatdagi diniy faoliyatni tartibga solishdan iboratdir. Ko‘plab savollar da’vat masalasiga oid bo‘ldi. Da’vat hozirda zamonaviy yangi texnologiyalar, veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali davom etaveradi. Qo‘shimcha aniqlashtirish va tuzatishlardan so‘ng prezident qonun loyihasini parlamentga yuboradi. Parlamentda bir oy muhokama qilingandan so‘ng, agar qabul qilinsa, kelasi yilni yangi qonun bilan boshlaymiz”, — dedi Shikmamatov.
Yig‘ilishda prezident ham o‘z fikrini bildirib, davlat diniy faoliyatga aralashmasligini, ayni paytda Din xodimlari ham davlat ishlariga aralashmasligi kerakligini bilirdi. U buni dunyoviylik tamoyilning asosiy mazmuni sifatida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u muftiyotda va diniy sohada tartibsizlik mavjudligini hamda muftiyot va ulamolar kengashiga hurmat qolmaganligini qo‘shimcha qildi.
Shikmamatovning “mintaqadagi eng liberal diniy qonun” degan gapi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Buni hukumatning muftiyotdan ikkiyuzlamachilik bilan foydalanib, Din va ulamolarga bosim o‘tkazishga urinishi deya baholashimiz mumkin.
Qonun loyihasini muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilishlarda Din pesholarining oddiygina ishtirokchi bo‘lib qolayotgani, ularning huquqiy va ma’naviy kuchga ega emasligi, muhokamalar faqat davlat vakillarining talabiga ko‘ra o‘tkazilayotgani mazkur masala yuzasidan haqiqiy muhokama bo‘lganini yo‘qqa chiqaradi. Olimlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar faqat ritorik bo‘lsa ham, shuningdek davlat mutasaddilarining javoblari qoniqarli bo‘lmasa ham, baribir bu qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlanishi ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Ya’ni, qonun loyihasini muhokama qilish nomi ostida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilish hokimiyatning ko‘z qarashlarini tiqishtiruvchi shouga aylanib qoldi.
Davlatning Islomga zid bo‘lgan ushbu qonunni tezda qabul qilishga intilishi va prezidentning muhokamada bevosita ishtirok etib, jarayonni shaxsan o‘zi kuzatib borishi diniy ulamolar va jamoatchilikka bosim hisoblanadi.
Demak, Japarovning “dunyoviy tamoyillar”ni saqlash haqidagi so‘zlari haqiqatga va Konstitutsiyaga mutlaqo ziddir. Hukumatning bunday qonunni qabul qilish harakatlari va ular taklif qilayotgan tartib-qoidalar mamlakatdagi diniy soha ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritishga urinishdan boshqa narsa emas. Bu harakat diniy sohani tartibga solish bahonasida amalga oshirilmoqda. Biroq taklif etilayotgan qonun Islomga da’vat qilayotgan faol musulmonlarga qarshi qaratilganligi aniq. Shuning uchun davlatning diniy ishlarga aralashmasligini e’lon qilishi faqat kulgini qistaydi xolos.
Shikmamatovning “mintaqadagi eng liberal qonun” degan bayonoti esa, aslida adashtiruvchi va chalg‘ituvchi so‘zlardir. Chunki huquqiy nuqtayi nazardan “eng liberal qonun” tushunchasi mavjud emas. Zero qonun kapitalistik mafkuradan kelib chiqqan liberal qonun yoki Islom Aqidasidan kelib chiqqan shariat qonuni bo‘ladi. Qirg‘izistondagi diniy vaziyat esa, postsovet mintaqasi bilan bir qatorda hech qachon liberal ham, shar’iy ham bo‘lmagan. Balki har doim avtoritar tuzum ta’sirida to‘liq nazorat ostida bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Bu dinning yoyilishiga qarshi kurashda, diniy erkinlikni va odamlarning o‘z diniga e’tiqodini cheklashda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Shuning uchun Qirg‘iziston musulmonlari hokimiyatning gaplariga aldanmasliklari kerak. Xususan, diniy sohani cheklash va tartibga solish harakatlari barcha musulmonlarga yoki tablig‘ jamoasiga tegishli emas, degan so‘zlari yolg‘ondan boshqa narsa emas. Davlat kuchidan foydalanib, diniy jamoalarni an’anaviy va radikallarga ajratish maxsus xizmatlarning ishi ekanini tushunishimiz kerak. Bu bilan ular musulmonlarni va umuman jamiyatni nazorat ostiga olmoqchi. Nazorat o‘rnatilgach, barcha “liberal” niyatlari bekor bo‘ladi. Buning o‘rniga og‘ir siyosat olib boradigan diktatura o‘rnatish uchun yangi bahonalar topiladi. Natijada, ushbu tashabbuslarni malaylariga topshirgan mustamlakachilargina muvaffaqiyat qozonadi. Shuning uchun musulmonlar liberalizm kabi noto‘g‘ri so‘zlarga aldanib qolmasliklari va hukumatning Dinga qarshi kurashishiga imkon bermasliklari lozim!
Latiful Rasix