Temir yo‘l loyihasi uchun mablag‘ qayerdan olinadi?

31
0

Temir yo‘l loyihasi uchun mablag‘ qayerdan olinadi?

Bishkekda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma korxona ochildi. Xitoyning kompaniyadagi ulushi loyihaga qo‘shgan mablag‘iga qarab, 51 foizni tashkil etadi. Qolgan 49 foizi Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida 24,5 foizdan taqsimlanadi.  Shartnomada loyiha qiymati 4 milliard 665 million dollar bo‘lishi ko‘rsatilgan. Ushbu mablag‘ning birinchi yarmini, ya’ni 2 milliard 332 million dollarini Xitoy kredit sifatida uch davlat tomonidan tuzilgan Qo‘shma loyiha kompaniyasiga beradi.

Izoh:

Xitoydan Qirg‘iziston-O‘zbekiston orqali o‘tadigan temir yo‘l qurilishi davlat uchun foydali va strategik ahamiyatga egadir. Chunki bu loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun, Qozog‘iston orqali Yevropaga chiqadigan va Rossiya tomonidan monopoliya qilib olingan yo‘lga muqobil bo‘lgan loyihadir.

Biroq, yuqoridan ma’lumki, loyihani amalga oshiruvchi kompaniya aksiyalarining 51 foizi Xitoyga tegishli. Bu, shubhasizki, bizni Rossiya changalidan olib Xitoyga qaram qiladi. Temir yo‘l tranziti xavfsizligi tranzit davlatning zimmasidadir. Agar davlat uni himoya qilish uchun yetarlicha kuchga ega bo‘lmasa, mas’uliyat yo‘lning 51 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Xitoy zimmasiga tushadi. Boshqacha aytganda, Xitoy butun temir yo‘l hududini himoya qilish bahonasida Qirg‘iziston va O‘zbekistonga o‘z harbiy kuchlarini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli Rossiya shu paytgacha temir yo‘l loyihasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, temir yo‘l loyihasi Xitoyga qaramligimizni yanada oshiradi. Loyihadan so‘ng xitoy tili va madaniyati mintaqada yoyila boshlaydi. Bu Xitoyning saqofiy mustamlakasiga aylanishimizga yo‘l ochadi. Iqtisodiy jihatdan esa, biz allaqachon savdo aloqalari orqali Xitoyga qaram bo‘lib qolganmiz.

Shuning uchun Xitoy temir yo‘l bahonasida o‘lkamizda o‘zining harbiy ta’sirini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Bu esa Xitoyning harbiy mustamlakasiga aylanishimizga olib keladi. Nihoyat, Xitoy o‘z fuqarolarini mamlakatga joylashtirish orqali Qirg‘iziston fuqaroligini olish uchun sharoit yaratib beradi va ular orqali saylovlarga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi. Natijada u siyosiy mustamlaka qilishga intiladi. Shuning uchun temir yo‘l loyihasi strategik ahamiyatga ega. Buning ortidan Xitoyning mamlakatdagi nufuzi nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki harbiy, saqofiy va siyosiy jihatdan ham kuchayadi!

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.