Hayo-ibo shar’iy hukmni so‘rashga to‘siq bo‘lmaydi

57
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Hayo-ibo shar’iy hukmni so‘rashga to‘siq bo‘lmaydi

Aziz muxlislar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

Ibn Hajar al-Asqaloniy “Fathul-Bariy – sharhu Sahihul Buxoriy” asarida shunday deydi:

حدثنا مسدد قال: حدثنا عبد الله بن داود عن الأعمش عن منذر الثوري، عن محمد بن الحنفية عن علي بن أبي طالب قال:  كنت رجلا مذاء فأمرت المقداد بن الأسود أن يسأل النبي صلى الله عليه وسلم فسأله فقال: فيه الوضوء.

Musaddad bizga Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qiladi: “Men ko‘p maziy chiqaradigan odam edim. Shuning uchun Miqdod ibn Al-Asvadga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqida so‘rashini iltimos qildim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Unga tahorat olish yetarlidir”, dedilar.

Aziz birodarlar!

Ali karramallohu vajhahu uyalgan bo‘lsa ham, Asvad roziyallohu anhu orqali Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shar’iy hukmni so‘rashiga uning uyalishi to‘sqinlik qilmadi. U Asvad orqali shar’iy hukmni o‘rgandi. Uyatchanlik va hijolatchilik musulmon kishining din hukmlarini o‘rganishiga va unga amal qilishiga to‘sqinlik qilmasligi lozim.

Ey musulmonlar!

Ali roziyallohu anhu uyalishiga qaramay, o‘ziga tegishli bo‘lgan ishning shar’iy hukmini so‘rashi bizni tashvishga solayotgan ko‘plagan masalalar va savollarga sukut saqlashimiz noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda. Bunday masalalarda hech qanday uyatchanlik va hijolatchilik bo‘lmasligi lozim. Shunday ekan, bugun Islom Ummati G‘azo, Livan, Suriya va boshqa Islomiy o‘lkalarda sodir bo‘layotgan voqealarga nisbatan o‘z mas’uliyatini so‘ramay, qanday qilib sukut saqlamoqda? Go‘yo Islom hayotga tatbiq etilayotgandek, Islomiy hayot qayta boshlangandek xotirjam o‘tirish mumkinmi? Ummat yer yuzida Allohning hukmini qoim qilish uchun harakat qilish mas’uliyati haqida qanday so‘ramasligi mumkin? Hech shubha yo‘qki, biz bu borada majburiyatlarni his qilmayapmiz. Islom Ummati Payg‘ambarlik Minhoji asosidagi ikkinchi Roshid xalifalikni tiklash uchun qanday harakat qilmasligi mumkin? Agar Ummat ahli ilmlardan bu haqda so‘rab, shar’iy  hukmini bilib olsa, aslo bu masalada jim qarab turmasdi!

Allohim, musulmonlarni birlashtirib, ularning boshidagi balolarni aritadigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Roshid Xalifalik davlatining tiklanishini tezlashtirgin.

Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

10 Robius Sani, 1446h yil.

13 oktyabr,         2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.