Azon aytilganda duo qilish

121
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Azon aytilganda duo qilish

Aziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

Imom an-Navaviy «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhida «Azon aytilganda duo» bobida shunday deydi.

حدثنا علي بن عياش قال: حدثنا شعيب بن أبي حمزة عن محمد بن المنكدر عن جابر بن عبد الله أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: “من قال حين يسمع النداء اللهم رب هذه الدعوة التامة والصلاة القائمة، آت محمدا الوسيلة والفضيلة وابعثه مقاما محمودا الذي وعدته حلت له شفاعتي يوم القيامة”

Ali ibn Ayosh bizga Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar: “Kim azonni eshitganidan keyin “Allohumma, Robba hazihid da’vatit-taammah, vas-solatil qoimah, aati Muhammadanil vasiylata val faziylah, vab’as’hu maqoman mahmudanillazii va’adtah”, desa, qiyomat kuni unga shafoatim halol bo‘ladi”.

Aziz birodarlar!

Bizga Islom ne’matini bergan, ibodat qilish yo‘llarini ko‘rsatib, savobga ega bo‘lish yo‘llarini bayon qilgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni eslab, duo qilganimiz uchun boshqa din va shariatda uchramaydigan ulug‘ ajr va’da qilgan Islom ne’mati uchun Allohga hamdlar bo‘lsin. Islom ne’matini bergan Allohga hamdlar bo‘lsinki, bu biz uchun naqadar go‘zal ne’matdir.

Ey musulmonlar!

Musulmonning butun umri Allohni zikr qilish bilan o‘tadi. Uning hayoti tong otganda: “Allohning amri bilan uyg‘ondik, sizga Allohning rahmati va barakoti bo‘lsin” degan duo bilan boshlanadi. Hojatxonaga kirganda ham yomonlik va nopoklikdan Allohdan panoh so‘raydi. Hojatxonadan chiqqach, Allohga hamd aytadi. Agar kiyim kiysa, duo qilib, Allohni zikr qiladi. Uydan chiqsa Allohni eslaydi, mashinaga o‘tirganda yo‘l duosini o‘qiydi. Bozorga kirganda bozorga kirish duosini o‘qiydi. Kechqurun u, kunni Allohning amri bilan kun o‘tkazganiga duo qiladi. Musulmon kishi kunini qanday o‘tkazishi kerakligi haqida juda ko‘p hadislar mavjud. U Alloh bilan munosabatlarini mustahkamlagan holda yashaydi. Bu uning ruhi tinch va xotirjam bo‘lishiga uchun yetarli kafildir.

Biroq musulmonlarning hayoti Islomiy shariatdan uzoqlashib ketgach, uning o‘rnini bo‘lar-bo‘lmas dunyoparastlik, jirkanch manfaatparastlik va materializm tushunchalari egalladi. Musulmonlar hayotida qiyinchilik va baxtsizlik sezila boshladi. Alloh Taoloning:

“واذكر ربك ذكرا كثيرا”

“Parvardigoringni mudom yod qil” – degan kalomi:

“فاذكروني أذكركم”

“Bas, Meni eslangiz, Men ham sizlarni eslayman” degan so‘zi ummat ichida aks-sado bermay qo‘ydi. Aksincha, ummatning ahvoli:

“ومن أعرض عن ذكري فإن له معيشة ضنكا”

“Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo‘lur”, degan Allohning oyatiga mos bo‘lib qoldi. Agar Ummat Islom hukmlarini to‘la tatbiq etuvchi Payg‘ambarlik minhoji asosida Xalifalik barpo etish va Islomiy hayotni qayta boshlash uchun harakat qilmasa, Alloh Taolo bu Ummat uchun xohlagan haqiqiy farovon hayot qaytib kelmaydi.

Allohim, musulmonlarni birlashtirib, ularning boshidagi balolarni aritadigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Roshid Xalifalik davlatining tiklanishini tezlashtirgin.

Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

4 Robius Sani, 1446h yil.

8 oktyabr,         2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.