Bishkek hokimligi yo‘l haqini 40 somga ko‘tarishni taklif qildi

37
0

Bishkek hokimligi yo‘l haqini 40 somga ko‘tarishni taklif qildi

Bishkek shahar hokimligi jamoat transportlarida naqd pul to‘layotganlar uchun yo‘l haqini 40 somga oshirishni taklif qildi. Bundan ko‘zlanan maqsad jamoat transportida yo‘l haqini karta orqali to‘lashga odamlarni jalb qilish ekani aytilmoqda.

Ayni paytda avtobus va trolleybuslarda yo‘l haqi “Tulpar” va bank kartalari bilan to‘langanda, 17 som, naqd pulda to‘langanda, 20 som, MegaPay xizmati orqali to‘langanda, 11 som, shaxsiy avtobus va mikroavtobuslarda esa, 20 som qilib belgilangan. Poytaxtda yo‘l haqi oxirgi marta joriy yilning yanvar oyida oshirilgan edi.

Afsuski, Qirg‘iziston hukumati o‘z xalqni o‘ylash o‘rniga uning yelkasiga og‘ir yuklar yuklab bormoqda. U yo‘l haqini oshirishdan tashqari, haydovchilar uchun ham majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunni joriy qilib, yo‘l soliqlarini joriy etishni taklif qilmoqda. Bunda yo‘l solig‘i avtomobilga quyilgan har bir litr benzinga 1 som qo‘shib olinadi. Bundan tashqari, benzin va dizel yoqilg‘ilarini markalash orqali haydovchilarga soliq solishni ham ko‘zlamoqda. Bularning barchasi, shubhasizki, shundoq ham hayoti qiyinlashib borayotgan xalqning qashshoqligini yana-da orttiradi. Jahon banki hisobotiga ko‘ra, Qirg‘izistonda qashshoqlik darajasi 25,5 foizga oshgan. Hisobotda ta’kidlanganidek, oziq-ovqat narxining yuqoriligi va ishsizlik asosiy muammo bo‘lib qolmoqda.

Kapitalizm tuzumi tufayli butun dunyo xalqlari, jumladan, Qirg‘iziston xalqi ham shunday zulm changalida yashab kelmoqda. Buning muqobilida, Islom tuzumi boylikning bir hovuch kapitalist monopoliyachilar qo‘lida to‘planib qolishiga va oddiy xalqning turli soliqlar to‘lab ezilishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Aksincha, boylardan olib, muhtojlarga tarqatish orqali jamiyatdagi farovonlik va muvozanatni tiklaydi! Zakot, meros hukmlari kabi shariat qonunlari bu muvozanatni to‘liq ta’minlaydi. Chunki bu qonunlar ojiz odamning aqlidan kelib chiqqan qonunlar emas, balki Alloh Taoloning insonlar uchun nozil qilgan qonunlaridir!

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.