بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hadisi Sharif bilan
Xalifalik biz uchun yagona boshqaruv nizomidir
Aziz birodarlar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
حدثني محمد بن بشار حدثنا محمد بن جعفر حدثنا شعبة عن فرات القزاز قال: سمعت أبا حازم قال: قاعدت أبا هريرة خمس سنين فسمعته يحدث عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: «كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمُ الأَنْبِيَاءُ، كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ، وَإِنَّهُ لا نَبِيَّ بَعْدِي، وَسَيَكُونُ خُلَفَاءُ فَيَكْثُرُونَ، قَالُوا: فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: فُوا بِبَيْعَةِ الأَوَّلِ فَالأَوَّلِ، أَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ»
Muhammad ibn Bashar Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar: «Banu Isroilga payg‘ambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir payg‘ambar halok bo‘lsa, ortidan boshqa bir payg‘ambar kelardi. Mendan keyin esa payg‘ambar yo‘q. Xalifalar bo‘ladi va ular ko‘payib ketadi. Shunda Sahobalar bizga nimani buyurasiz? – deyishgan edi, aytdilarki: birinchisining, faqatgina birinchisining bay’atiga vafo qilinglar va ularning haqqini ado etinglar. Zero, Alloh ulardan fuqaroni qanday boshqarganlari haqida so‘raydi».
Aziz birodarlar!
Alloh Taolo insonlarga foyda keltiradigan amallarning hech birini qoldirmasdan, aniq-tiniq bayon qilgan. Ulardan eng muhimi boshqaruvga oiddir. Boshqaruvchi qanday tayinlanadi? Uning tayinlanishi uchun qanday shartlar mavjud? Bu haqidagi savollarga aniq javoblar berilgan. Bu borada Alloh Taolo odamlar ustidan hukmronlik qilishni Payg‘ambarlarga topshirganini ko‘ramiz. Lekin Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan keyin payg‘ambar yo‘q. Unday bo‘lsa, Ummatni kim boshqaradi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu savolga “Mendan keyin Xalifalar bo‘ladi va ular ko‘payib ketadi”, deb aniq javob berdilar. Hattoki, sahobalardan bay’atlariga vafo qilishlarini talab qildilar.
Ey musulmonlar!
Bugungi kundagi odamlarning ahvoli juda hayratlanarli! Ulamolarning ahvoli esa, undan ham hayratlanarli! Bu hadisni bila turib, bitta Xalifani tiklash farz ekanligini qanday tushunmaslik mumkin?! Bu ulamolar Qur’on va Sunnat bilan hukm yuritmaydigan 57ta hokimga qanday qilib indamay qarab turishibdi?! Ummatga o‘z vazifasini eslatmasalar, ularning ilmlaridan nima foyda? Bir so‘z bilan aytganda, shar’iy hukm – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisda va boshqa hadislarida talab qilganidek – Ummatni Qur’on va Sunnat asosida boshqaradigan bitta Xalifani tiklashga harakat qilish haqida ochiq aytishni taqozo qilmaydimi?!
Aziz birodarlar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.
25 Robiul-avval, 1446h yil.
28 Sentyabr, 2024m yil.