Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi Islomga oid qonunlarga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi

22
0

Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi Islomga oid qonunlarga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi

Qirg‘izistonda Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi Islomga oid qonunlarga dinni cheklovchi bir qator o‘zgartirish kiritishni taklif qildi. Qonunda quyidagi cheklovlar nazarda tutilgan:

– jamoat joylarda va davlat organlarida shaxsning o‘zligini tanitishga imkon bermaydigan kiyimlarni kiyish taqiqlanadi.

Aniqroq aytganda, bundan niqob kiyishni taqiqlash ko‘zlanmoqda. Aslida, niqob kiyish dinimiz maqtagan qadriyat bo‘lib, ba’zi ulamolar buni vojib darajasiga ko‘tarishgan. Ammo dinni o‘ziga niqob qilib olgan komissiya, hokimiyat vakillari va ularning xo‘jayinlarini rozi qilish uchun Islomiy qadriyatlarga, or-nomusimiz bo‘lgan ayollarimiz kiyimlariga osilmoqda;

– diniy asosda siyosiy partiyalar tuzish va partiyalarni diniy nomlar bilan nomlash yoki unga tashviq qilish taqiqlanadi.

Ya’ni, vaqt o‘tgan sayin mamlakatda Islomga talpinish kuchayib borayotgani bois, siyosatchilar ham o‘zlarini dindor qilib ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Bu esa, dinga asoslangan yoki diniy nomga ega partiyalarni tuzishni talab qiladi. Shu bois, amaldagi hukumat ko‘pchilik musulmonlardan ovoz oladigan diniy partiyalarni taqiqlashni maqsad qilmoqda. Bundan tashqari, rasmiy hukumat bo‘ysunadigan kapitalistik tuzumning egalari ham bunday cheklovlardan manfaatdor.

– Diniy maktablardan boshqa joylarda  diniy ta’lim berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu yo‘l bilan yuz minglagan farzandlarimizning masjid, madrasa va namozxonlarga borishlarini cheklab qo‘yish ko‘zda tutilmoqda! Bu qonun ham Islom va musulmonlarga qarshi qo‘yilgan! Bu qonunga o‘zgartirish kiritishdan maqsad farzandlarimizni Islomdan to‘sish va yosh avlodning diniy ta’lim olishini cheklashdir.

Bular Diniy komissiya tomonidan taklif etilayotgan asosiy o‘zgarishlar bo‘lib, qolganlari qayd etilgan qonunlarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Hukumat Bu qonunlarga o‘zgartirish kiritish orqali “sizni va farzandlaringizni missioner sektalardan va diniy oqimlardan himoya qilamiz”, degan bahonani keltirishadi. Aslida, Islom dini 14 asr davomida biror bir g‘ayridin oqimlardan saqlanish uchun uning ovozini kuch bilan o‘chirishga urinmagan. Chunki Islom Allohdan kelgan haq dindir. U boshqa dinlardan ta’sirlangan emas, balki boshqa din vakillarini o‘z safiga olib, bugungi kundagi ulug‘lik darajasiga ko‘tarila olgan! Shuning uchun bu qonun Islomdan va musulmonlardan boshqalarni himoya qilish asosida kufrni rozi qilish uchun ishlab chiqilgan!

Qirg‘iziston hukumati toki diktaturaga aylanmas ekan, bu qonunni to‘liq amalga oshirishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun bu qonun hozirgi kunda fuqarolarga unchalik ta’sir qilmaydi. Biroq rejim kuchaygani sari bu qonun jamiyat ichida ko‘zga tashlana boshlaydi. Yoki aksincha, hukumat holdan toyib, siyosiy va iqtisodiy inqiroz kuchaygan paytda bu qonundan ataylab musulmonlarni o‘ziga qarshi gijgijlash maqsadida foydalanishi mumkin. Bundan kufr tarafdori bo‘lgan hukumat bilan muxolifat o‘rtasidagi ziddiyatni Islom va musulmonlar tomoniga yo‘naltirish yoki xavfli rejim yaratish uchun foydalanishlari mumkin.

Shunday ekan, biz musulmonlar bunday vaziyatda do‘stimiz va dushmanimiz kimligini aniq ajratib olishimiz hamda Islom dinimiz hukmlarini to‘liq tatbiq etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizni jadallashtirishimiz lozim. Din dushmanlarining hiyla-nayranglari esa Allohning hiylasi oldida arzimas bo‘lib qolishi aniq.

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.