Qirg‘iziston hukumati joriy qilgan majburiy sug‘urta shariatga zid bo‘lib, unga qarshi kurashish vojibdir!

61
0

Qirg‘iziston hukumati joriy qilgan majburiy sug‘urta shariatga zid bo‘lib, unga qarshi kurashish vojibdir!

Qirg‘izistonda bundan buyon ko‘chmas mulk va avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun majburiy sug‘urta qilish talab etiladi. 9 avgust kuni qabul qilingan hukumatning bu boradagi qarori 15 kundan keyin kuchga kiradi. Qarorga ko‘ra, davlat sug‘urta tashkilotlarida turar joy sug‘urtasi shaharlarda yiliga 1200 som, qishloqlarda 600 som qilib belgilangan. Majburiy avtomobil sug‘urtasining boshlang‘ich narxi esa, yiliga 1680 com qilib belgilangan.

Aslida sug‘urta masalasi Qirg‘iziston xalqi uchun yangilik emas. Sug‘urta SSSR davrida sotsialistik tuzum bo‘yicha qo‘llanilgan bo‘lsa, Qirg‘iziston sun’iy mustaqillikka erishgach, kapitalistik tuzum bo‘yicha qo‘llanila boshlandi. Qirg‘iziston kapitalizmga o‘tganidan buyon sug‘urta qonunlari taklif qilib kelinadi, ammo iqtisodiy vaziyatning og‘irligi va xalqning qarshiligi tufayli shu paytgacha muntazam orqaga surilib kelmoqda. Hukumat xalqni tinchlantirish uchun dastlab ixtiyoriy sug‘urtani joriy qildi, xalq esa xususiy kompaniyalarga qarshilik ko‘rsatishda davom etavergach, davlat sug‘urtani davlat korxonalariga topshirdi. Ayni paytda barcha xalqni majburiy sug‘urta qildirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Musulmon shaxs o‘zi duch kelgan har qanday holatning shar’iy hukmini bilishi va u holatga nisbatan shariat hukmlariga amal qilishi shart. Shuning uchun Qirg‘iziston musulmonlari ushbu sug‘urta masalasiga nisbatan Islomiy ongdan kelib chiqib yondoshishlari shart.

Sug‘urta – bu sug‘urta shirkati bilan sug‘urta qildiruvchi shaxs o‘rtasidagi bitimdir. Bitimga ko‘ra, o‘z mulkini sug‘urta qildirgan shaxs har yili sug‘urta kompaniyasiga kelishilgan summani to‘lab boradi. Agar shaxsning mulkiga zarar yetsa, sug‘urta kompaniyasi unga ma’lum miqdorda pul to‘laydi.

Biroq bunday shartnomada shar’iy bitimning shartlari mavjud emas. Shuning uchun bunday shartnoma tuzish joiz emas va u orqali olingan daromadni yeyish ham haromdir. (Ushbu mavzu bilan batafsil tanishmoqchi bo‘lgan kishilarga Hizb ut-Tahrirning “Islomda iqtisod nizomi” kitobiga murojaat qilishlarini tavsiya qilamiz).

Demak, “kazino” musulmonlar uchun harom bo‘lgani kabi sug‘urta ham haromdir. Bu tibbiy sug‘urta bo‘ladimi, ko‘char yoki ko‘chmas mulk sug‘urtasimi va bu davlat kompaniyasi yoki xususiy kompaniya tomonidan amalga oshiriladimi, buning farqi yo‘q.

Aslini olganda, bunday qonunlar xalqning qonini so‘rish uchun kapitalistlar tomonidan o‘ylab topilgan loyihalardir. Masalan, Qirg‘izistonda 1 million 600 ming 700ta avtomobil ro‘yxatga olingan. Har biridan kamida 1680 somdan olinadi. Bu esa, 2 milliard 700 million somni tashkil etadi. Bu miqdor kompaniyalarning yillik daromadi hisoblanadi. Biroq sug‘urta kompaniyalarining yillik xarajatlari 350 million somga yetmaydi. Qolgan 2 milliard 350 million som esa, yillik foyda sifatida kompaniyalarning cho‘ntagiga kiradi. Shuningdek, ushbu sug‘urta kompaniyalari bankrot bo‘lishining oldini olish uchun to‘lovlar ma’lum miqdorda cheklangan. Masalan, siz birovning qimmatbaho mashinasiga 1 million somlik shikast yetkazsangiz, sug‘urta kompaniyasi atigi 150 ming som to‘laydi. Qolganini o‘zingiz to‘laysiz.

Turar joylarni majburiy sug‘urta qilish esa, davlatga tegishli kompaniya tarafidan amalga oshiriladi. Aslida, davlat kompaniyasi shartnoma masalasida xususiy kompaniyalardan farq qilmaydi. Bunda daromad shunchaki, davlatga tushayotganga o‘xshab ko‘rinadi xolos. Mulozimlar uni qanday o‘zlashtirgani jamoatchilikka ko‘rinmaydi.

Qirg‘izistonda 1 million 100 ming turar joy ro‘yxatga olingan. Shaharda turar joy sug‘urtasi 1200 som bo‘lib, davlat sug‘urta badalini atigi 1 million somgacha to‘laydi. Qishloqlarda to‘lov 600 som, davlat kafolati miqdori esa 500 ming somni tashkil etadi. Agar fuqarolar sug‘urta to‘lovlarini har yili to‘lab bormasa, avval to‘lagan pullari ko‘yib ketadi.

Qishloqlardagi turar joylar sonini 600 ming deb hisoblaydigan bo‘lsak, yiliga 360 million som sug‘urta puli yig‘iladi. Shahardagi turar-joylardan esa 600 million som sug‘urta puli undiriladi. Jami yillik daromad 960 million somni tashkil etadi. Biroq davlat sug‘urta kompaniyasining yillik xarajatlari 160 million somdan oshmaydi. Daromaddan xarajatlarni olib tashlasak, davlat korxonasining yillik foydasi 800 million somni tashkil qiladi.

Bulardan ko‘rinib turibdiki, barcha odamlardan sug‘urta mablag‘lari undirilsa-da lekin ularning aksariyati baxtsiz hodisaga duch kelmaydi. Baxtsiz hodisaga duch kelgan oz sonli insonlar ham faqat cheklangan mablag‘ni oladi.

Demak, davlat sug‘urta qonunlari orqali fuqarolar oldidagi mas’uliyatidan qochib, fuqarolarning muammolarini yana xalqning yelkasiga yuklab qo‘ymoqda. Bu ham yetmaganday, amaldorlar odamlarga turli falokatlarni ro‘kach qilib, ularni sug‘urta qonuniga rioya qilishga majburlamoqda va davlat shirkatlari va shaxsiy shirkatlari orqali xalqning orqasidan boylik orttirishmoqda.

Alloh Taolo hukmdorlarga xalqni g‘amxo‘rlik bilan boshqarishni buyurgan. Bu kapitalistik hukumatlar esa xalq manfaatlariga qarshi, hukm yuritib, xalqning bor-budini tortib olishmoqda.

Alloh Taolo aytadi:

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الظَّالِمُونَ

“Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimlardir”.

Mumtoz Mavarounnahriy

Hizb ut-Tahrirning Markaziy matbuot bo‘limi uchun yozdi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.