Qirg‘izistonda avtomobillarni sug‘urta qilish majburiy bo‘ladi

42
0

Qirg‘izistonda avtomobillarni sug‘urta qilish majburiy bo‘ladi

Qirg‘izistonda avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda majburiy sug‘urta shartnomasi (OSAGO) talab qilinadi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi. Qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab 15 kunda kuchga kiradi. Majburiy avtomobil sug‘urtasining boshlang‘ich narxi yiliga 1680 comdir.

Hukumat bundan avval ham avtomobillarini sug‘urta qilmagan haydovchilarga jarima solishni loyihalashtirgan bo‘lsa-da, biroq uni doimiy ravishda keyinga surib keldi. Oxirgi marta u 2025 yilga qoldirilgan edi.

Boshqa davlatda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillarni Qirg‘izistonda majburiy sug‘urta qilish qoidasi 1 apreldan boshlab kuchga kirgan. Avtomobillarini sug‘urta qilmagan xorijiy kompaniyalar va fuqarolar 1 iyuldan boshlab jarima to‘laydi.

Izoh:

Qirg‘izistonda ro‘yxatga olingan shaxsiy avtomobillarni 2024 yil 1 yanvardan boshlab majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonun qabul qilingan edi. Biroq jamoatchilik qarshiligi tufayli hukumat ushbu qonun ijrosini ortga surishga majbur bo‘ldi. Qonunga ko‘ra, sug‘urta polisiga ega bo‘lmagan haydovchilar 3000 som, muassasalar esa 13000 som miqdorida jarimaga tortiladi. Davlat moliya nazorati muassasasining ma’lum qilishicha, sug‘urta polisining boshlang‘ich narxi 1680 som bo‘lib, uning narxi avtomobilning turi, haydovchining yoshi va tajribasi, yo‘l-transport hodisalariga qanchalik duch kelganiga qarab o‘zgarib turadi.

          Hozir Qirg‘izistonda 1ta davlat kompaniyasi va 9ta xususiy kompaniya haydovchilarga sug‘urta polisini rasmiylashtirish litsenziyasiga ega. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 1 million 400 ming avtomobil bor. Bularning har biridan 2000 somdan olinsa, o‘rtacha 2 milliard 800 million som undiriladi. Bu miqdor kompaniyalarning yillik daromadi hisoblanadi. Biroq, bu korxonalarning yillik xarajatlari 300 million somdan kam. Demak, hukumat o‘z hamtavoqlarining milliardlab foyda ko‘rishi uchun xalqning cho‘ntagidagi pulini tortib olishga harakat qilmoqda.

          Bundan tashqari, kompaniyaning bankrot bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun to‘lovlar ma’lum miqdorda cheklangan. Masalan, birovning qimmatbaho mashinasiga 1 million somlik shikast yetkazsangiz, sizni sug‘urta qilgan kompaniya atigi 150 ming som to‘laydi. Qolganini o‘zingiz to‘lashingiz kerak. Demak, OSAGO qonun loyihasi odamlarni himoya qilish uchun emas, balki xalq mablag‘larini kapitalistik kompaniyalarga yig‘ib berish uchun ishlab chiqilganligi mana shundan ham ochiq-oydin ko‘rinib turibdi.

Eng muhimi, majburiy sug‘urta musulmonlar uchun haromdir. Agar majburiy sug‘urta shartnomasini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, uning ikki jihatdan shariatga zid ekanligi ayon bo‘ladi:

          Birinchidan, bu bir kelishuvdir. Chunki bu ikki tomon o‘rtasidagi shartnoma bo‘lib, taklif va qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Taklif sug‘urta qildiruvchi tomonidan, qabul esa kompaniya tomonidan bo‘ladi. Demak, bu bitim shariatga to‘g‘ri kelishi uchun bitimning shartlari shar’iy bo‘lishi kerak. Shar’iy bitim narsaning o‘zi yoki manfaati asosida tuziladi. Ammo davlat ilgari surayotgan sug‘urta majburiy bo‘lganligi uchun haydovchilar bundan manfaatdor emas, ular buni taklif ham qilmagan. Bu esa bitimning botilligini bildiradi va shar’an taqiqlanadi.

Ikkinchidan, kompaniyaning alohida shartlar ostida sug‘urta qildiruvchiga va’da berishi kafolatning bir turi hisoblanadi. Sug‘urtada ushbu kafolat shartlarining hech biri topilmaydi.

Shunday ekan, hukmdorlar harom yo‘llar bilan kapitalistlarni boyitish o‘rniga Islomiy hukmlardan foydalanib, musulmonlarning boyliklarini ishlab chiqarishga, sanoatga, zavod va fabrikalar qurishga yo‘naltirishlari lozim!

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.