Matbuot bayonoti
Noma yetib keldi, ammo bunga beriladigan javob qani?!
Amerika o‘zining arzandasi va birinchi liniyadagi harbiy bazasi hisoblangan yahudiy vujudining 2023 yil 7 oktyabrda G‘azodagi qarshilik kuchlari zarbasiga uchraganiga toqat qila olmadi. Shuning uchun NATOdagi mustamlakachi ittifoqchilari bilan yangi salibchilik yurishini boshladi. AQSH o‘ziga qarshi bosh ko‘tarib, uning hamda anavi arzandasining «haybat»ini yer bilan yakson qilgan Ummatga noma yo‘llash uchun yahudiy vujudidan foydalandi. U musulmonlarning bitta Ummat va bir tanu bir jon ekanini, ularning bir a’zosi kasallansa, boshqa a’zolar ham – xuddi Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ ta’riflaganidek – isitmalab, bedor bo‘lib chiqishini juda yaxshi biladi. Shuning uchun uning nomasi birgina qarshilik kuchlariga emas, balki butun Ummatga qaratildi. Bu noma Ummatga yoki uning biror guruhiga o‘z haq-huquqini yoki erkinligini yoxud muqaddas dargohlari ozodligini talab qilishi joiz emas, degan mazmundagi noma bo‘ldi. Zero, G‘arb davlatlari mustamlakachi davlatlar hamda salibchilar ittifoqi sifatida qirol Richard boshlagan urushdan to shu kunga qadar o‘zlarining salib yurishlarini to‘xtatishgani yo‘q. Demak, bu davlatlar biror xalqning yoki ummatning o‘z mustamlakalaridan ozod bo‘lishiga toqat qilisholmaydi, hargiz istashmaydi. Ayniqsa, u xalq musulmon xalqi va u ummat Islom Ummati bo‘lsa. Chunki u Sharqda Indoneziyadan boshlab Hind yarim oroli va arab yurtlarini bosib o‘tib, Shimoliy Afrika va Markaziy Afrikaga qadar cho‘zilgan Ummatdir.
Shu nuqtayi nazardan, kufrning boshi va salibchilik koalitsiyasi rahbari Amerika arab bahori deyilgan qo‘zg‘olonlarga o‘z ozodligiga erishishiga va kofir mustamlakachilik bo‘yinturug‘idan qutulib chiqishiga yo‘l qo‘ymadi. Goh hiyla-nayrang bilan, goh faqat hukmdorlar basharasini o‘zgartirib qo‘yish bilan, goh bostirish bilan qo‘zg‘olonlarni jilovlab oldi. Bu ishda musulmon yurtlaridagi malaylaridan va o‘z qo‘llari bilan o‘stirib, tarbiyalagan siyosiy doiralardan foydalandi, toki, qo‘zg‘olonlar yo‘lining to‘silganiga va bu xalqlarning haqiqiy o‘zgarishga yetib bormasligiga ishonch hosil qilish uchun. Chunki haqiqiy o‘zgarish Amerikaning ishlarini ostin-ustun qilib yuboradi, ya’ni yurtlarimizdagi unga malay rejimlarni o‘zgartiradi. Shom qo‘zg‘oloni Amerikani dovdiratib qo‘ydi. Chunki bu qo‘zg‘olon unga malay bo‘lgan Baaschi Nusayriy rejimini ag‘darish va uning xarobalari uzra Islom davlatini barpo etish maqsadiga qaratilgan edi. Shuning uchun Amerika o‘zining barcha xalqaro va reginoal to‘dasini ushbu qo‘zg‘olonni kuch bilan yo‘q qilish sari safarbar etdi. Rus alkashlaridan tortib, Eron forslari va Livandagi Eron hizbigacha hammasini Nusayriy rejimiga yordamga yubordi. Nihoyat, Turkiyadagi munofiqlarni ishga soldi. Amerika bu bilan Shom ahliga va butun Ummatga «Ey Islom Ummati, mustamlaka changalidan qutulib chiqishni va Allohning shariatini hakam qilishni talab qilishingga yo‘l qo‘ymayman, sening yurtlaring mustamlakachilarning hayvonlariga o‘tloq va mashinalariga benzin quyish shaxobchalari bo‘lishda davom etishi kerak», degan noma yubordi.
Xuddi shu maqsadda, bugun ham Amerika o‘zining salibchi ittifoqchilarini safarbar qilib, yahudiy vujudini ishga soldi. Bu bilan Ummatga o‘shanday noma yubormoqda. Ya’ni Ummatning Amerika, G‘arb davlatlari va salibchi ittifoqchilarning arzandasi bo‘lmish mag‘zubi alayhimlarga qo‘l ko‘tarib burnini yerga ishqashga yoki ozgina bo‘lsa ham zarba berishga haqqi yo‘q, degan nomadir. Shuning uchun Amerika bu jirkanch vujudni qurol-yarog‘, asbob-uskuna, pul, siyosiy va axborot qo‘llab-quvvatlovi bilan ta’minladi. Oqibatda salibchilik koalitsiyasidan to‘liq yordam olgan yahudiy vujudi G‘azoda qirg‘in, genotsid, bombardimon va vayronagarchilikni ayovsiz ravishda amalga oshirdi. Hukumatga qarashli televideniyelarda bu jinoyatlarning kechayu kunduz ko‘rsatilishini Amerika va yahudiy vujudi juda istashdi. Ummat farzandlari jinoyatchilar tomonidan qirg‘in qilinib, ayollari tajovuzga uchrayotganini, ularga yordam qo‘lini cho‘zishiga va jigargo‘shalarini qutqarishiga yo‘l berilmayotganini Ummatga ko‘rsatib qo‘yish bilan uni tahqirlashdi. Shu orqali Amerika bu jirkanch vujudning «haybat»ini va ayollar va bolalar jasadlari ustiga qurilgan obro‘sini qayta tiklamoqchi. Ummatning o‘z farzandlarini himoya qilishga, ularga yordam berishga va vahshiylar qo‘lidan qutqarib olishga qodirligiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmoqchi bo‘lyapti. Shuningdek, uning arab bahori davlatlaridagi malay rejimlarni o‘zgartirishga bo‘lgan ishonchini ham yo‘q qilishga harakat qilyapti. G‘azo ahliga qarshi shuncha ayanchli qirg‘inlar va qarshilik harakatiga zarba berishlar, bularning barchasi ayni nomani yetkazish uchun qurbonlik, demakdir.
Haqiqatda noma bizga ochiq-oydin yetkazildi. Mana, Amerika o‘z kongressida kelgusi hafta Netanyaxuni kutib olyapti, bu bilan yahudiy vujudining qurolsiz ayollar va bolalar hamda juda oz qurol-aslahaga ega qarshilik kuchlari ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilib, uni mukofotlash uchun shunday qilyapti! Bunga javob qani?! Shubhasiz, bu jinoyatkorlar loyiq bo‘lgan javob musulmon yurtlaridagi anavi malay hukmdorlarni ag‘darishdir. Chunki shular Ummatning birlashishi, kofir G‘arb mustamlakasidan ozod bo‘lishi, yahudiylarni mag‘lub etib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishi oldida ulkan to‘siq bo‘lib turishibdi. Javob, shuningdek, armiyalarni musulmonlarning nosir muzaffar xalifasi qo‘mondonligi ostida safarbar etishdan iboratdir. Shunda ular yahudiylarni qatl qilib, muborak Aqso masjidini ozod etadi, Amerika va uning salibchi ittifoqchilariga shayton vasvasalarini unuttirib qo‘yadi. Shuning uchun Ummat o‘z armiyalariga murojaat qilmog‘i va armiya shtablari oldida tinch namoyishlar uyushtirib, ulardan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat berishni talab qilmog‘i lozim. Kuch-qudrat ahli ushbu murojaatni qabul qilmog‘i va malay rejimlarga itoat qilishdan tiyilib, ularni ag‘darmog‘i hamda dinlari va Ummatlari safiga tizilmog‘i lozim. Shu bilan bu dunyoda kuch-qudratga va oxiratda abadiy ne’matga noil bo‘ladilar.
﴿لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ﴾
«Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!» [Soffat 61]
Hizb ut-Tahrirning
markaziy matbuot bo‘limi