Matbuot bayonoti
Islomiy yurtlar hukmdorlari va ayrim xalqaro hamjamiyat rahbarlarining G‘azo qirg‘inini qoralashi ularning boshqa qirg‘inlarni ma’qullashini anglatadi
2024 yil 13 iyul shanba kuni yahudiy vujudi G‘azo sektori Xon Yunus shahri g‘arbidagi Mavosiy mintaqasida navbatdagi dahshatli qatli omni sodir etdi. 90dan ortiq shahid va 300dan ortiq yarador uning qurboni bo‘ldi. Ularning yarmi ayollar va bolalar. Bu son yahudiylar 2023 yil 7 oktyabrdan beri Amerika ko‘magida G‘azoda sodir etib kelayotgan jinoyatlar qatoriga qo‘shildi. Eng past taxminlarga ko‘ra, shahidlar va yaradorlar soni qariyb 127 mingga yetdi, ularning aksari ayollar va bolalardir. 10 mingdan ziyod inson vayronalar ostida qolib, bedarak yo‘qoldi. O‘nlab bolalar ocharchilikdan nobud bo‘ldi.
Yahudiy vujudi G‘azoda shafqatsiz qirg‘inlarni boshlaganidan beri musulmonlar hukmdorlari va boshqa ayrim ajnabiy rahbarlardan bularga javoban faqat qoralash va xalqaro huquqni hurmat qilishga bo‘lgan chaqiriqlarni eshityapmiz! Ushbu qoralash va norozilik bildirishdan iborat siyosiy o‘yinlar odamlarni aldash va jamoatchilik fikrini yo‘naltirib, adashtirish uchun taxminan ikki oy oldin Rafah bosqiniga qadar davom etdi. Amerika yahudiy vujudidan haddan tashqari darajada qirg‘in qilmasligini, ya’ni yuzlab emas, o‘nlab insonni qirishi mumkinligini xohlaganidan so‘ng bu qoralashlar ham yakuniga yetdi! Shuning uchun qo‘shni davlatlar va ayrim G‘arb davlatlaridan ayrim qoralashlarni eshitgan bo‘lsak-da, ko‘plab uzoqdagi islomiy yurtlardan hatto bor-yo‘g‘i qoralashni ham eshitmadik. Kufrning boshi bo‘lgan Amerika saylovlar bilan band bo‘lgani uchunmi yoki bu qirg‘in tasodifiy bo‘ldi, bunga o‘xshash qirg‘inlar boshqa takrorlanmaydi, deb o‘ylagani uchunmi, bu qirg‘in haqida sukut saqladi.
Ko‘plab arab davlatlari bosqinchi kuchlarning G‘azo sektori janubidagi Mavosiy qirg‘inini qoralab, falastinliklarni himoya qilishga va yahudiy davlatini javobgarlikka tortishga chaqirdi. Iordaniya tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida «Ammon (Isroil)ning G‘azo sektoriga qarshi davom ettirayotgan shafqatsiz tajovuzini, uning muntazam ravishda tinch aholi va qochqinlar lagerlarini nishonga olayotganini keskin suratda qoralashini» ta’kidlab, «bu hujumlarning oxirgisida bosqinchi (Isroil) kuchlari Xon Yunusda, (Isroil)ning o‘zi xavfsiz deb ta’riflagan hududda qochqinlarning chodirlarini nishonga olganini, natijada o‘nlab falastinliklar shahid bo‘lganini» bildirdi. Shanba kuni Misr tashqi ishlar va migratsiya vazirligi bergan bayonotda Misr yahudiy vujudining Mavosiy hududini bombardimon qilishini keskin suratda qoralab, uni himoyasiz fuqarolar hayotini past baholashni bas qilishga, tegishli gumanitar standartlarga hamda xalqaro huquq va xalqaro gumanitar huquq qoidalariga rioya qilishga chaqirdi. Xuddi shu kontekstda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi qirollikning «(Isroil) urush mashinasining Falastin xalqiga qarshi davom etayotgan, shu jumladan oxirgisi G‘azo sektorining janubidagi Xon Yunusdagi qochqinlar lagerida bo‘lgan genotsidni keskin suratda qoralash»ini bildirdi. Saudiya Arabistoni, shuningdek, yahudiy vujudining xalqaro insonparvarlik huquqi va xalqaro qonuniylik rezolyutsiyalarini doimiy ravishda buzib kelgani uchun xalqaro javobgarlik mexanizmlarini faollashtirish zarurligini ta’kidladi. Turkiya tashqi ishlar vazirligi ham yahudiy vujudi tomonidan Mavosiy hududida uyushtirilgan hujumlarni «(Isroil) bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumatining barcha falastinliklarni yo‘q qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarining davomi» ekanini ta’kidladi.
Muborak Falastin zaminida yahudiy turar-joylari loyihasi sohiblaridan iborat G‘arb davlatlarining reaksiyasiga kelsak, Britaniya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi – London Mavosiy hujumi haqidagi xabarlarni yaqindan kuzatmoqda, dedi. Shuningdek, ushbu vazirlikning «keragidan uzoq vaqt davom etayotgan va chidab bo‘lmas o‘lim va halokatga sabab bo‘layotgan bu mojaroning tugashini ko‘rishni istayotgani»ni ta’kidladi.
Shunday qilib, bu davlatlar yahudiy vujudi har kuni G‘arbning bombalari yordamida amalga oshirayotgan o‘nlab qirg‘inlarda hech qanday yomonlikni ko‘rishmadi, faqat yahudiy vujudining yuzlab kishilarni qirg‘in qilishini ma’qullashmadi. Ular bu bilan odamlar qoni, vaqt o‘tishi bilan ularni davomiy va sekin-asta o‘ldirish ularni tashvishlantirmasligini, faqat «ommaviy» qirg‘inlar Ummatni portlash nuqtasiga olib kelishini istamasliklarini tasdiqlashdi! Albatta, bu sharmandali pozitsiya Ummat o‘zining G‘azodagi ahliga yordam bera olmayotgan, uning armiyalari bu qirg‘inlar oldida kishanlanib qolgan yoki ularni kuzatib, miq etmay turgan bir manzarada sodir bo‘lmoqda. Ularning sukut saqlashiga Rosululloh ﷺning ushbu so‘zlari to‘g‘ri keladi:
«مَا مِنْ امْرِئٍ يَخْذُلُ امْرَأً مُسْلِمًا عِنْدَ مَوْطِنٍ يُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ عِرْضِهِ وَيُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ حُرْمَتِهِ، إِلاَّ خَذَلَهُ اللهُ تَعَالَى فِي مَوْطِنٍ يُحِبُّ فِيهِ نُصْرَتَهُ. وَمَا مِنْ أَحَدٍ يَنْصُرُ مُسْلِمًا فِي مَوْطِنٍ يُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ عِرْضِهِ وَيُنْتَهَكُ فِيهِ مِنْ حُرْمَتِهِ إِلاَّ نَصَرهُ اللهُ فِي مَوْطِنٍ يُحِبُّ فِيهِ نُصْرَتَهُ»
«Qaysi bir musulmon boshqa bir musulmonni obro‘si to‘kilayotgan va huquqi poymol qilinayotgan o‘rinda yordamsiz tashlab qo‘ysa, u Allohning yordamiga muhtoj bo‘lgan joyda Alloh ham uni yordamsiz tashlab qo‘yadi. Biror bir musulmon boshqa bir musulmonga obro‘si to‘kilayotgan va huquqi poymol qilinayotgan joyda yordam bersa, u Allohning yordamiga muhtoj bo‘lgan joyda, Alloh ham unga yordam beradi».
Ey musulmonlar, ey Ummat qo‘shinlari!
Biz islomiy yurtlardagi mavjud hukmdorlarga ishonchni butunlay yo‘qotdik, orangizda bundan boshqacha o‘ylovchi yoki ulardan yaxshilik kutgan biror kishi bor deb o‘ylamaymiz. Shuning uchun G‘azodagi ahlingizga nusrat-yordam berish boshqaga emas sizga farz bo‘ldi. O‘z armiyalaridagi xolis mo‘minlarni jangga targ‘ib etish Ummatga farz bo‘ldi. Namoyish va hayqiriqlar Ummat qo‘shinlarining ulardan nusrat talab qilinayotganini eshitishi va o‘z xalqlari oldidagi burchlarini ado etishi uchun bo‘lishi lozim. Ushbu namoyish va piketlar armiya qo‘mondonligi oldida o‘tkazilmog‘i lozim, aroq va mast kishilarga to‘la saroylar oldida emas. Chunki ular his-tuyg‘usini ham, jasoratini ham yo‘qotib bo‘lishgan. Shuni bilingki, o‘z ahlini hargiz aldamaydigan Hizb ut-Tahrir siz bilan va sizning orangizda. U hokimiyatni olib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish va qo‘shinlarni muborak Falastin zaminini, Aqsoni va Isro va Me’roj maskanini ozod etish sari safarbar qilish uchun kuch-qudrat ahlining nusrat-yordam berishini kutib, tayyor bo‘lib turibdi. Alloh Taolo aytadi:
﴿اسْتَجِيبُوا لِرَبِّكُمْ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ يَوْمٌ لَا مَرَدَّ لَهُ مِنَ اللهِ مَا لَكُمْ مِنْ مَلْجَأٍ يَوْمَئِذٍ وَمَا لَكُمْ مِنْ نَكِيرٍ﴾
«(Ey insonlar), Alloh tomonidan hech qaytarib bo‘lmaydigan bir Kun (Qiyomat) kelib qolishidan ilgari Robbingiz (chaqirig‘i)ga ijobat-itoat etingiz! U kunda siz uchun biron qochadigan joy ham bo‘lmas va siz uchun (qilib o‘tgan gunohlaringizni) inkor qilish (imkoni) ham bo‘lmas» [Shuro 47]
Hizb ut-Tahrirning
markaziy matbuot bo‘limi