«Islomiy» Sakkizlik davlatlarining navbatdan tashqari yig‘ilishining yakuniy bayonoti G‘azo va uning ahliga yordam bermaydi

81
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

«Islomiy» Sakkizlik davlatlarining navbatdan tashqari yig‘ilishining yakuniy bayonoti G‘azo va uning ahliga yordam bermaydi

Ustoz Ahmad Xutvoniy

Istanbulda bo‘lib o‘tgan «Rivojlanayotgan Islomiy» Sakkizlik davlatlari «D-8» guruhining tashqi ishlar vazirlari kengashi yakuniy bayonot chiqardi. Yahudiy vujudining 2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida to‘xtovsiz urush olib borayotganini muhokama qilishlari ortidan chiqarilgan ushbu bayonotni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan o‘qib eshittirdi, unda quyidagilar kelgan:

Bosqinchilarning G‘azoda sodir etayotgan jinoyatlari Isroil uchun sharmandalikdir.
Isroilning G‘azodagi jinoyatlarini to‘xtatish va u yerga yordamlarni kiritish uchun unga xalqaro bosim o‘tkazish va uni izolyatsiya qilish kerak.
Shunday kun keladiki, Isroil va uning rahbarlari falastinliklarga qarshi jinoyatlari uchun sud qilinadi.
Falastin BMTning to‘liq a’zosi bo‘lajak va biz boshqa davlatlarni Falastin davlatini tan olishga chaqiramiz.
Biz (Katta sakkizlik davlatlari) Istanbulda yana bir bora butun dunyoga e’lon qilamizki, G‘azodagi Isroil zulmi qarshisida jim turolmaymiz.
Ukrainadagi bosqinchilikka qarshi chiqayotganlar Falastindagi bosqinchilikka qarshilik harakatini jinoyat demoqda.
G‘azo xalqaro tizimning zaif va samarasizligini yaqqol ko‘rsatdi.
G‘azodagi vahshiy jinoyatlar va genotsidni to‘xtatish uchun birgalikda nima qilishimiz mumkinligini muhokama qildik.
Biz falastinlik birodarlarimizni aslo yolg‘iz qo‘ymaymiz. G‘azoda zudlik bilan va doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va sektorga insonparvarlik yordamini olib kirish uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz.
Isroil bosqinchiligiga yakun yasash va ikki davlat yechimini tatbiq qilish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Netanyaxuning ekstremistik hukumati o‘t bilan o‘ynashishda davom etyapti va Netanyaxu butun mintaqa kelajagini, jumladan, o‘z xalqini ham katta xavf ostiga qo‘yishdan qaytmayapti.
Biz Misr bilan Qatarning ikki tomon o‘rtasidagi vositachilik sa’y-harakatlarini qadrlaymiz.
G‘azodagi falokat ba’zi davlatlarning «ikki yuzlamachiligini va ikki tomonlama standartlarini» fosh etdi.
Falastinliklarning birlamchi tabiiy huquqlari o‘z mustaqil davlatlarini barpo etishlaridir.
Falastin davlati dunyoning ko‘plab davlatlari tomonidan tan olingan, biroq Amerika vetosi tufayli BMTga a’zo bo‘lolmadi yoki rasman tan olinmadi.
Biz, Islomiy sakkizlik, bu adolatsizlik imkon qadar tezroq tugatilishini istaymiz.
Biz bu adolatsizlik va zulmga qarshi turgan barcha davlatlar pozitsiyasini qadrlaymiz.
Biz ba’zi Yevropa davlatlarining Falastin davlatini tan olishdagi jasoratini umid chirog‘idek ko‘ramiz.
Xuddi shu nuqtayi nazardan, G‘arb jamiyatlari ichida o‘z hukumatlari pozitsiyasiga zid harakatlar bo‘layotgani kelajakdan umid borligini his qildirmoqda.
Vaqt o‘tgan sari Isroil yanada yakkalanib, yolg‘iz bo‘lib qoladi.
Biz D-8 davlatlari Falastinni qo‘llab-quvvatlashda o‘zaro hamkorlik qilishga, hamkorligimiz iqtisodiy jihat bilan cheklanib qolmasligi kerakligiga kelishib oldik va bu fikrimizda qat’iymiz.
Biz hech kimdan yechim kutmaymiz, balki uchrashib, maslahatlashib, maqsadlarimizga yetishish va yechimga erishish yo‘lini topamiz.
Uchrashuvimiz chog‘ida qo‘shma deklaratsiyada qo‘ygan o‘zaro qadamlarimiz Isroilga bosimni oshiradi va falastinlik birodarlarimizni ozodlikka erishishda qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shadi…».

Turkiya, Misr, Nigeriya, Pokiston, Eron, Indoneziya, Malayziya, Bangladesh davlatlarini o‘z ichiga olgan ushbu rivojlanayotgan «Islomiy» Sakkizlik davlatlari guruhi 1997 yil Turkiyada tashkil topgan. Maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash. Biroq Falastin masalasi kabi siyosiy mavzuni muhokama qilish uchun birinchi marta yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Guruhning yakuniy bayonotida aytib o‘tilgan fikrlarni o‘rganib chiqqan kishi shuni anglab yetadiki, bu fikrlar ishtirokchilar erishmoqchi bo‘lgan shunchaki orzulardir. Ularning siyosatga yoki siyosiy faoliyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu fikrlar orzuga yetishga qaratilgan qandaydir bir iroda yoki jiddiylik mavjudligini aks ettirmaydi. Jumlalar, asosan, noma’lum xalqaro tomonlardan uning mazmunini amalga oshirishni talab qiladigan va tavsiflardan iborat konstruktiv jumlalardir.

Misol uchun, «Isroil»ga xalqaro bosim o‘tkazish kerak, deganda, bu bosim qaysi xalqaro tomondan talab qilinadi? – degan savol tug‘iladi. Javob esa yo‘q! Qolaversa, nega bu guruh rahbarlari o‘zlari xohlagan ishlarni qilmayotgan bir paytda soxta xalqaro hamjamiyatdan talab qilyapti? Axir, ularning davlatlari qo‘lida buyuk ishlarni bajara oladigan darajada armiyasi, potensiali va imkoniyatlari bor-ku?!

Ey guruh rahbarlari, sizni yahudiy vujudiga qarshi harbiy va iqtisodiy harakatdan nima to‘syapti?! Ushbu guruhga a’zo davlatlaringiz aholisi milliarddan oshsa-yu, yahudiy vujudi aholisi esa yetti milliondan oshmayotgan bo‘lsa, bas, nega bu vujudga qarshi hech bo‘lmasa amaliy kuch ishlatish bilan tahdid qilish qo‘lingizdan kelmayapti?!

Sizlar talab qilyapsiz, inkor etyapsiz, muhokama qilib, e’lon qilyapsiz, ammo amalda hech narsa qilmayapsiz, shunchalar xor darajaga tushdingizmi?!

Birovlardan so‘ranish va yalinishdan boshqa narsani bilmayapsiz, shu darajada boshdan oyoqqacha xorlikka botdingizmi?!

Nega bayonotingizda Misr va Qatarga o‘t ochishni to‘xtatishda vositachiliklari uchun rahmat aytdingiz, axir, G‘azoni yahudiy vujudidan ham yomonroq qamal qilayotgan Sisiy ekanini yaxshi bilasiz-ku?! Qatarning amerikaliklar bilan yahudiylar uchun pochtachilik qilishdan boshqa narsaga yaramasligini, G‘azo ahliga zarracha foydasi tegmayotganini yaxshi bilasiz-ku?!

Nega yig‘ilyapsiz, nega G‘azo sektoriga bir qop un kiritish ham qo‘lidan kelmaydigan ojiz va omadsiz ekanligingizni isbotlash bilan o‘zingizni sharmanda qilyapsiz?! Holbuki, qo‘lingizdagi resurslar va imkoniyatlar juda katta-ku, shunga qaramay, Falastinga yordam berish va Rosululloh ﷺning Isro maskanlarini ozod etishga harakat qilish uchun sizda hech qanday xohish-iroda topilmayapti.

Siz hatto o‘z xalqingizga ham biror foydali ish qila olmaysiz-ku, qanday qilib boshqa xalqni, G‘azo ahlini zulm va qamaldan qutqara olasiz?!

Shuni yaxshi bilingki, siz xalqaro pozitsiyada nolga tengsiz. Shunday ekan, yaxshisi jim bo‘ling, hech kim ishonmaydigan bunday bema’ni gaplarni bas qiling, gaplaringizga Ummatning hatto g‘ofil va nodon kimsalari ham ishonmaydi.

Bunday foydasiz soxta uchrashuvlarni to‘xtating, unga ketayotgan shuncha sarf-xarajatlarni to‘plab, muhtojlarga bering, chunki bu kabi sarqit bayonotlardan ko‘ra shu o‘rinli. Axir, bu bayonotlaringizni hech kim o‘qimaydi, o‘qisa ham masxara qilib kuladi.

Sizning bu guruhingiz islomiy yurtlar ichida eng katta sanalgan va aholisi bir milliarddan ziyodni tashkil etayotgan davlatlardan tuzilgan guruh esa-da, uni juda kam musulmon taniydi. Chunki guruhingiz atigi bir necha yilda bir uchrashadi hamda musulmonlar masalasini hal qilishda hech qanday rol o‘ynamaydi. Qachon uchrashsa, undan balandparvoz havodek bo‘sh va mazmunsiz bayonotlardan boshqa narsa chiqmayapti yoki voqega zid orzu va xomxayollar chiqyapti, bas, siz uchun bunday guruhingizni bekor qilmoq foydaliroqdir.

Roya gazetasining 2024 yil 3 iyul chorshanba kungi 501-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.