AQSHdan dastak olayotgan yahud armiyasi G‘azoni qirg‘in qilishda davom etmoqda

168
0

AQSHdan dastak olayotgan yahud armiyasi G‘azoni qirg‘in qilishda davom etmoqda

(Isroil) bosh vaziri Benyamin Netanyaxu uzoq kutilgan rasmiy tashrif bilan Amerikaga bordi. U tashrifi doirasida AQSH Kongressida nutq so‘zlab, yolg‘on bayonotlar berdi. Uning tashrifi Qo‘shma Shtatlarda saylov kampaniyasi qizg‘in davom etayotgan pallaga to‘g‘ri kelganligi bois AQSH ma’muryatiga maqtovlar yog‘dirdi. Xususan, u Trampning prezidentligi davrida ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirib, Golan tepaliklarining bosib olingani va Quddusni yahudiylarning poytaxti sifatida tan olinganini tilga olib o‘tdi. Shuningdek u Baydenning 7 oktyabrdan beri qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ham olqishlashni unutmadi.

Netanyaxu AQSH Kongressida nutq so‘zlayotgan paytda, minglab odamlar Oq uy oldida (Isroil)ning falastinliklarni qirg‘in qilishini qoralab, namoyish o‘tkazdi. Chunki bu vahshiyona qirg‘inlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Masalan, Netanyaxuning tashrifi chog‘ida (Isroil) armiyasi G‘azo sektori markazidagi maktabga uyushtirgan hujumda 30ga yaqin inson halok bo‘ldi. Oxirgi ikki kun ichida Xon Yunusdagi hujumlarda kamida 129 nafar falastinlik halok bo‘ldi. 7 oktabrdan beri G‘azoda rasman shifoxona ro‘yxatidan o‘tgan 50dan ortiq odam ochlik tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Shifoxona ro‘yxatidan o‘tmay, o‘z uylarida va boshpana topgan joylarida ochlikdan o‘lganlar soni rasmiy raqamdan ancha ko‘p ekaniga shubha yo‘q. G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi 7 oktyabrdan beri 40 mingga yaqin falastinlik halok bo‘lganini va yuz mingga yaqin aholi jarohatlanganligini ma’lum qildi.

Bu orada yahudiy hukumati G‘azo bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga doir yangi shartlar qo‘shganini ma’lum qildi. “Reyters” agentligining xabariga ko‘ra, (Isroil) o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan falastinliklar Shimoliy hududga qaytishlari uchun qattiq tekshiruvdan o‘tishini talab qilmoqda. Bu falastinliklarning uylariga erkin ko‘chib kelishi haqidagi kelishuvga ziddir. Bundan tashqari, yahudiylar G‘azo va Misr o‘rtasidagi chegara nazoratini ham talab qilmoqda.

Ma’lumki, “(Isroil)” Amerikaning qo‘llab-quvvatlashi va mintaqadagi davlatlar hukmdorlarining xiyonati tufayli G‘azodagi qirg‘inlarni tinimsiz davom ettirmoqda. Masalan, AQSH har yili (Isroil) hukumatiga 3,8 milliard dollar yordam beradi. Bu yil prezident Bayden yahudiylarga qo‘shimcha 17 milliard dollar yordam va’da qildi. Shu sababli Netanyahu AQSH Kongressidagi nutqida “Bizga qurollarni tezroq bersangiz, biz ham ishni tezroq tugatamiz” dedi va qirg‘inni yanada kuchaytirishiga ishora qildi.

Shunday qilib, yahudiy va nasroniylardan iborat kofirlar 9 oydan beri kichkinagina G‘azoni qirg‘in qilishda davom etmoqda. Havodan bombalash va quruqlikdan hujumlar uyushtirish natijasida 50 mingdan ortiq musulmon halok bo‘ldi. Ularning aksariyati yosh bolalar va ayollardir. Bu qirg‘inlar ortidan kofir bosqinchilar G‘azo mintaqasida G‘arbiy Sohil kabi yahudiy hukumatiga bo‘ysunuvchi qo‘g‘irchoq hukumat o‘rnatishga harakat qilmoqda. Qirg‘inlar 9 oydan beri davom etayotganiga qaramay, Islomiy o‘lkalarining xoin rahbarlari quruq gaplar bilan qoralashdan nariga o‘ta olmadi. Amerika va uning yetimchaasi bo‘lgan yahudiy vujudining musulmonlarga nisbatan dushmanligidan ajablanmasa ham bo‘ladi. Chunki ular nafaqat bugun, balki uzoq yillardan beri Islom va musulmonlarga dushmanlik qilib kelishmoqda. Ajablanarlisi shuki, G‘azoda sodir bo‘layotgan jinoyatlar va qirg‘inlarga nisbatan Islomiy o‘lkalarining hukmdorlari sukut saqlab, o‘z armiyalarining G‘azoni qo‘llab-quvvatlashiga to‘sqinlik qilmoqda. Ularning quloqlari Allohning so‘zlarini eshitmas, ko‘zlari ko‘rmas bo‘ldi! Alloh Taolo aytadi:

وَإِنِ اسْتَنْصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ

“Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam qilish zimmangizdadir.” [8:72].

Shubhasiz, yahudiylarning bu Islomiy zaminda o‘z hokimiyatini o‘rnatishi amalga oyshmaydi. Bu yerda “ikki davlatlik” yechimga ham, “bir davlatlik” yechimga ham aslo o‘rin yo‘q. Aksincha, bu yer Umar Foruq fath qilgan va Roshid Xalifalar himoya qilgan yerdir. Ha, bu yer Salohiddin Ayyubiy ozod qilgan, Abdulhamid esa yahudiylardan saqlab qolgan muqaddas zamindir. Shuningdek, bu yer Muslim ibn Umar rivoyat qilgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:

«لَتُقَاتِلُنَّ الْيَهُودَ فَلَتَقْتُلُنَّهُمْ …»

“Yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni o‘ldirasiz…” degan hadisi sharifni yuzaga chiqaradigan Allohning sodiq askarlarining sa’y-harakati bilan o‘zining asl maqomiga qaytadigan muqaddas zamindir.

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.