Shurta amiri

41
0

Bismillaahi Rohmaanir Rohim.
“Hadisi Sharif bilan”

Shurta amiri

Aziz muxlislar, sizlarga “Hadisi Sharif bilan birga” dasturimizni taqdim etishda davom etar ekanmiz, Allohning salomi, rahmati va barokotini tilash bilan boshlaymiz.

روى عَبْدُ الرَّزَّاقِ في مُصَنَّفِهِ عَنِ ابْنِ عُيَيْنَةَ، عَنْ إِسْمَاعِيلَ بنِ أَبِي خَالِدٍ، قَالَ: سَمِعْتُ أَبَا عَمْرٍو الشَّيْبَانِيَّ، يَقُول: “كَانَ عبدُ اللهِ بْنُ مَسْعُودٍ: يَعُسُّ الْمَسْجِدَ فَلا يَدَعُ فِيهِ سَوَادًا إِلا أَخْرَجَهُ إِلا رَجُلا مُصَلِّيًا”.

Abdurazzoq o‘zining “Musannaf”ida ibn Uyaynadan, Ismoil ibn Abu Xoliddan rivoyat qiladi: Abu Amr Ash-Shaybonining shunday deganlarini eshitdim: “Abdulloh ibn Mas’ud masjidlarga soqchilik qilar va namozxonlardan boshqa xech kimni masjidda qoldirmas edi.”

Aziz muxlislar!

Ya’ussu – izidan tushish va soqchilik qilish, ya’ni o‘g‘ri, buzuqi va ularning buzg‘inchiliklarini kuzatish uchun tuni bilan nazorat qilish demakdir. Abu Bakrning xalifalik davrida ibn Mas’ud soqchilarning amiri bo‘lganlar. Umar ibn Xattob xalifalik davrlarida esa soqchilikni o‘zlari nazorat qilganlar… Allohning izni ila yaqin kunlarda tiklanajak XALIFALIK davlatida odamlarning uy va do‘konlaridagi mol mulklarini muxofaza qilish uchun bozor hamda mahallalarga, nazorat qilishlari uchun “shurta” (politsiya) yuboriladi. Manashu kabi nazoratlar shurtaning vazifalari bo‘lib, oddiy fuqarolarga bu kabi vazifalar yuklatilmaydi.

Afsuski bugungi voqelikda esa buning aksi namoyon bo‘lmoqda, maxzan (sklad) va do‘konlarni o‘g‘ri va qaroqchilardan muxofaza qilish uchun do‘kon soxibi yoxud davlat – do‘kon sohibining xisobiga ko‘ra – qorovullarni yollab olmoqdalar. Bu esa odamlar o‘zlarining shar’iy haq huquqlarini bilmasliklari hamda hukumat o‘z mas’uliyatini bajarmasligi natijasidan kelib chiqqan xatodir. Zero qorovullik xizmati soqchilik bobidan bo‘lib, davlatning vazifalaridandir. Va vazifa shurtaning salohiyat doirasidan xisoblanadi.

Tilakka qarshi, musulmonlar o‘z davlatini yo‘qotib, Robbisining shari’atini qo’im qilishdan bebahra qolganlaridan so‘ng, ko‘plagan ne’matlardan bebahra qoldilar.

Xudo xohlasa “Hadisi Sharif bilan” dasturining kegingi qisimlarini o‘qiguningizga qadar Allohning panohida bo‘linglar! Sizlarga Allohning salomi, rahmati va barakotlari bo‘lsin.

1445-x 24-Zulxijja.

2024-j 30-iyun.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.