Qozilik

41
0

Hadisi Sharif bilan

Qozilik

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Aziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

روى أبو داوود في سننه قال حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَوْنٍ قَالَ أَخْبَرَنَا شَرِيكٌ عَنْ سِمَاكٍ عَنْ حَنَشٍ عَنْ عَلِيٍّ عَلَيْهِ السَّلَام قَال بعَثَنِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى الْيَمَنِ قَاضِيًا فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ تُرْسِلُنِي وَأَنَا حَدِيثُ السِّنِّ وَلَا عِلْمَ لِي بِالْقَضَاءِ فَقَالَ إِنَّ اللَّهَ سَيَهْدِي قَلْبَكَ وَيُثَبِّتُ لِسَانَكَ فَإِذَا جَلَسَ بَيْنَ يَدَيْكَ الْخَصْمَانِ فَلَا تَقْضِيَنَّ حَتَّى تَسْمَعَ مِنْ الْآخَرِ كَمَا سَمِعْتَ مِنْ الْأَوَّلِ فَإِنَّهُ أَحْرَى أَنْ يَتَبَيَّنَ لَكَ الْقَضَاءُ قَالَ فَمَا زِلْتُ قَاضِيًا أَوْ مَا شَكَكْتُ فِي قَضَاءٍ بَعْدُ

Abu Dovud o‘zining “Sunan”ida shunday deydi: Amr ibn Avn bizga Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilib aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni Yamanga qozi qilib yubordilar. Shunda men: “Ey Allohning Rasuli, siz meni yoshlik chog‘imda va qozilikdan ilmim yo‘q paytimda yuborayapsiz”, dedim. U zot sollallohu alayhi vasallam shunday javob qildilar: “Alloh qalbingni hidoyat qiladi va tilingni mustahkam qiladi. Agar oldingda ikki xusumatchi o‘tirsa, birinchisini eshitganingdek ikkinchisini eshitmaguningcha hukm chiqarma. Chunki hukm aniq bo‘lishi uchun eng munosibi shudir”. O‘shandan beri men qozilik qilib kelaman va hanuzgacha bundan shikoyat qilmadim.

Aziz birodarlar va opa-singillar:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlar o‘rtasidagi nizolarni ajrim qilish uchun va o‘zining nomidan hakamlik qilish uchun boshqa bir musulmonni o‘zlariga o‘rinbosar qilib tayinlaganlar. Yuqoridagi hadisda Hazrati Ali roziyallohu anhuni Yamanga qozi etib tayinlamoqdalar. U zot sollallohu alayhi vasallam Hazrati Ali roziyallohu anhuga “Agar oldingda ikki xusumatchi o‘tirsa, birinchisini eshitganingdek ikkinchisini eshitmaguningcha hukm chiqarma”, deb ta’lim berish bilan birga bizga ham odamlar o‘rtasidagi nizolarda qanday hukm qilishni o‘rgatmoqdalar.

Bundan biz quyidagilarni bilib olamiz:

1- Kelishmovchiliklarni hal qilishda da’vogar va javobgar bo‘lishi kerak. Bu ishda ikki qarama-qarshi taraf bo‘ladi. Da’vogar bo‘lmasa hech qanday shi qo‘zg‘atilmaydi.

2- Hukm faqat qozilik majlisida chiqariladi: Qozi oldida da’vogar bilan javobgarning o‘tirishlari va nizolashayotgan taraflarning dalillarini qabul qilinishi shartdir. Shundagina qozilik sahih, to‘g‘ri bo‘ladi. Aks holda, agar ikki taraf qozining yonida o‘tirmasa va ulardan har biri bitta majlisda o‘z dalillarini keltirib, keyin qozi ular o‘rtasida hukm chiqarmasa, bu ajrim xisoblanmaydi.

3-Da’vogar keltirgan dalil uning da’vosini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi. Bu uning haqligini tasdiqlovchi yozma hujjat bo‘lishi mumkin. Yoki qo‘lida yozma hujjat bo‘lmasa, bahsli hodisaning guvohlari bo‘lishi mumkin. Buning dalili Alloh taoloning ushbu so‘zidir:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا تَدَايَنْتُمْ بِدَيْنٍ إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى فَاكْتُبُوهُ وَلْيَكْتُبْ بَيْنَكُمْ كَاتِبٌ بِالْعَدْلِ وَلَا يَأْبَ كَاتِبٌ أَنْ يَكْتُبَ كَمَا عَلَّمَهُ اللَّهُ فَلْيَكْتُبْ وَلْيُمْلِلْ الَّذِي عَلَيْهِ الْحَقُّ وَلْيَتَّقِ اللَّهَ رَبَّهُ وَلَا يَبْخَسْ مِنْهُ شَيْئًا فَإِنْ كَانَ الَّذِي عَلَيْهِ الْحَقُّ سَفِيهًا أَوْ ضَعِيفًا أَوْ لَا يَسْتَطِيعُ أَنْ يُمِلَّ هُوَ فَلْيُمْلِلْ وَلِيُّهُ بِالْعَدْلِ وَاسْتَشْهِدُوا شَهِيدَيْنِ مِنْ رِجَالِكُمْ فَإِنْ لَمْ يَكُونَا رَجُلَيْنِ فَرَجُلٌ وَامْرَأَتَانِ مِمَّنْ تَرْضَوْنَ مِنْ الشُّهَدَاءِ أَنْ تَضِلَّ إِحْدَاهُمَا فَتُذَكِّرَ إِحْدَاهُمَا الْأُخْرَى وَلَا يَأْبَ الشُّهَدَاءُ إِذَا مَا دُعُوا وَلَا تَسْأَمُوا أَنْ تَكْتُبُوهُ صَغِيرًا أَوْ كَبِيرًا إِلَى أَجَلِهِ ذَلِكُمْ أَقْسَطُ عِنْدَ اللَّهِ وَأَقْوَمُ لِلشَّهَادَةِ وَأَدْنَى أَنْ لَا تَرْتَابُوا إِلَّا أَنْ تَكُونَ تِجَارَةً حَاضِرَةً تُدِيرُونَهَا بَيْنَكُمْ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَنْ لَا تَكْتُبُوهَا وَأَشْهِدُوا إِذَا تَبَايَعْتُمْ وَلَا يُضَارَّ كَاتِبٌ وَلَا شَهِيدٌ وَإِنْ تَفْعَلُوا فَإِنَّهُ فُسُوقٌ بِكُمْ وَاتَّقُوا اللَّهَ وَيُعَلِّمُكُمْ اللَّهُ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ

“Ey mo‘minlar, bir-birlaringiz bilan qarz muomalasini qilsangiz, yozib qo‘yinglar! Oralaringizda bir kotib adolat bilan yozsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, albatta yozsin! Zimmasida qarzi bo‘lgan kishi yozdirsin — Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqsin va u qarzdan biron narsa kamaytirib yozmasin! Agar zimmasida qarzi bo‘lgan kishi aqlsiz yo ojiz (yosh bola yo juda keksa) bo‘lsa, yoki (kar, soqovligi yo til bilmasligi sababli aytib turib) yozdirishga qodir bo‘lmasa, uning homiy vakili adolat bilan yozdirsin! Va sizlar rozi bo‘ladigan (adolatli) guvohlardan ikki erkak kishini, agar ikki erkak topilmasa, bir erkak va ikki ayolni — biri unutib adashsa, yana biri unga eslatadi— guvoh qilinglar! Guvohlar (guvohlik uchun) chaqirilganda bosh tortmasinlar! Xoh katta, xoh kichik qarz bo‘lsin, muddati kelgunicha yozib qo‘yishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida adolatliroq, guvohlik uchun to‘g‘riroq va shak-shubha qilmaslikka yaqinroq bo‘lgan (hukmdir). Lekin agar (o‘rtadagi muomalangiz) oralaringizda yurgizib turgan naqd savdo bo‘lsa, uni yozmasangiz-da, sizlar uchun gunoh yo‘qdir. Va bir-biringiz bilan savdo qilganda guvoh keltiring! Va na kotib, na guvohga zarar yetmasin. Agar shunday qilsangiz (ya’ni ulardan birontasiga zarar yetkazsangiz), bu Allohga itoatsizligingizdir. Allohdan qo‘rqingiz! Alloh sizlarga (haq-hidoyat yo‘lini) bildiradi. Alloh hamma narsani bilguvchidir”. (Baqara: 282).

4-Javobgarning da’voni inkor qilish yo‘li qasamdir. Bu da’vogar o‘z da’vosini isbotlaydigan hech narsaga ega bo‘lmaganda shunday bo‘ladi. Bunday holda, qozi javobgardan o‘ziga qo‘yilgan ayblar yolg‘on ekanligi haqida qasam ichishni talab qiladi.

رواه الترمذي عن وَائِلِ بْنِ حُجْرٍ عَنْ أَبِيهِ قَالَ : جَاءَ رَجُلٌ مِنْ حَضْرَمَوْتَ وَرَجُلٌ مِنْ كِنْدَةَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ الْحَضْرَمِيُّ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ هَذَا غَلَبَنِي عَلَى أَرْضٍ لِي فَقَالَ الْكِنْدِيُّ هِيَ أَرْضِي وَفِي يَدِي لَيْسَ لَهُ فِيهَا حَقٌّ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِلْحَضْرَمِيِّ أَلَكَ بَيِّنَةٌ قَالَ لَا قَالَ فَلَكَ يَمِينُهُ قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ الرَّجُلَ فَاجِرٌ لَا يُبَالِي عَلَى مَا حَلَفَ عَلَيْهِ وَلَيْسَ يَتَوَرَّعُ مِنْ شَيْءٍ قَالَ لَيْسَ لَكَ مِنْهُ إِلَّا ذَلِكَ قَالَ فَانْطَلَقَ الرَّجُلُ لِيَحْلِفَ لَهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمَّا أَدْبَرَ لَئِنْ حَلَفَ عَلَى مَالِكَ لِيَأْكُلَهُ ظُلْمًا لَيَلْقَيَ اللَّهَ وَهُوَ عَنْهُ مُعْرِضٌ .

Termiziy Voil ibn Hajardan, u otasidan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shuni bayon qiladilar. Hazramavt va Kindadan ikki kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldi. Hazramiy: “Yo Rasululloh, bu odam mening yerimni tortib oldi”, dedi.  Kindiy “Yo‘q, u mening yerim, mening qo‘limda, uning bunga haqqi yo‘q”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xazramiydan: «Hujjating bormi?» deb so‘radilar. U yo‘q dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uning qasami senga yetarlidir”, dedilar. U esa: “Yo Rasululloh, u qasam ichgan narsasiga ahamiyat bermaydigan va hech narsadan taqvo qilmaydigan fojir odamdir”, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sen uchun bundan boshqa hech narsa yo‘q”, dedilar. Shunda u odam qasam ichgani borganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, “U (Kindi) agar sening molingni zulm bilan yeyish uchun qasam ichgan bo‘lsa, Alloh undan yuz o‘girgan holda Allohga yo‘liqadi”, dedilar.

5- Yaqinda barpo etiladigan xalifalik davlatidagi qozilik tizimiga kelsak, inshaAlloh, Hizb-ut-Tahrir dasturiga ko‘ra, u quyidagicha bo‘ladi.

6- Mahkamada ajrim qilish salohiyatiga ega bo‘lgan faqat bitta qozi bo‘ladi. Boshqa qozilar ham bo‘lishlari mumkin. Ammo ularning hukm chiqarish salohiyatlari bo‘lmaydi. Ular faqat o‘z fikrlarini aytishlari, maslahat berishlari mumkin, xolos. Ularning fikrlarini olish qozi uchun majburiy hisoblanmaydi. Buning dalili shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir masalaga faqat bitta qozi tayinlaganlar.

7- Bir davlatda bir nechta qozi tayinlash va ularning hammasi bir joyda ishlashi joizdir. Ular barcha turdagi ishlar bo‘yicha qozilik qilish huquqiga ega bo‘ladilar. Ammo ularning ishi masalalarga qarab alohida mahkamalarda bo‘ladi. Har bir qozilik mahkamasida ishni hal qilish huquqiga ega bo‘lgan bitta qozi bo‘ladi. Shuningdek, ayrim hollarda qozilar muayyan turdagi masalalarga xoslashtirilishi ham joizdir. Chunki qozi xalifaning noibi bo‘lib, bu bilan vakolat bir xil ish bo‘lgani uchun ularning o‘rtasida farq yo‘q. Vakillik umumiy yoki xususiy bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun, garchi bir joyda bo‘lsa ham, muayyan bir masala yuzasidan bir qozi, boshqa masalalarga esa boshqa qozi tayinlanishi joizdir. Eng muhimi shuki, bitta qozilik mahkamasida faqat bitta qozi qaror qabul qilishi kerak. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Amr ibn al-Osni o‘zlaridan vakil qilib Yamanga yuborganlarida, uni bitta masala yuzasidan qozilik qilish uchun tayinladilar va u o‘sha masalada qozilik qilishi uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning vakili bo‘ldi. Yamanga, ya’ni butun bir viloyatga qozilik qilishi uchun Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu o‘zlaridan vakil qilib yubordilar. Bu esa qozini muayyan ish bo‘yicha tayinlash ham, umumiy ishlarga tayinlash ham joiz ekanidan dalolat beradi.

8- Demak, turli ishlar bo‘yicha qozilarning mutaxassisligiga qarab, bir necha bosqichlarga ruxsat beriladi. Bunday tuzum dastlabki davrlaridagi musulmonlar orasida mavjud edi. Movardiy o‘zining «al-Ahkam as-Sultoniyya» nomli asarida shunday deydi: «Abu Abdulloh Zubayriy aytadiki, amirlar bizda Basrada bir muddat bo‘lgan paytlarida har doim jome’ masjidiga bir qozi tayinlardilar. Uni masjid qozisi, deb nomlardilar. U yigirma dinor yoki ikki yuz dirham va undan oz miqdordagi ishlarni ko‘rib chiqar va nafaqalarni belgilar edi. O‘z joyidan va o‘ziga belgilangan narsadan boshqasiga o‘tmasdi».

9- Islomda bir masala yuzasidan chiqarilgan hukm bir xil darajaga ega bitta qat’iy hukm bo‘lganligi sababli apellyatsiya va kassatsiya mahkamalari bo‘lmaydi. Shuning uchun xalifalik davlatida kassatsiya va apellyatsiya qozilari bo‘lmaydi. Agar qozi hukm chiqarsa, uning hukmi qonuniy kuchga kiradi va boshqa qozi uning hukmini bekor qila olmaydi. “Ijtihod o‘ziga o‘xshagan yana bir ijtihod bilan bekor qilinmaydi”, degan shar’iy qoida bor. Shunday ekan, qozining qarorlarini bekor qiladigan yana bir qozining bo‘lishi mumkin emas. Lekin, qozining hukmi bekor qilinadigan istisno holatlar mavjud. Ular quyidagicha:

1 – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kimki bizning bu ishimizda undan bo‘lmagan ishni paydo qilsa, u rad etilur”, degan, so‘zlariga bnoan qozi kufr hukmi bilan hukm qilsa, u bekor qilinadi.

2 – Qozi Qur’on, sunnat yoki sahobalar ijmosidagi qat’iy hujjatga zid hukm chiqarsa, u hukm bekor qilinadi.

روى أبو داوود عَنْ جَابِرٍ أَنَّ رَجُلًا زَنَى بِامْرَأَةٍ فَأَمَرَ بِهِ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَجُلِدَ الْحَدَّ ثُمَّ أُخْبِرَ أَنَّهُ مُحْصَنٌ فَأَمَرَ بِهِ فَرُجِمَ

Abu Dovud Jobirdan rivoyat qilgan hadisi sharifda: “Bir kishi bir ayol bilan zino qildi.  Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga darra urishga buyurdilar, Keyin uning uylanganligining xabari berildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni toshbo‘ron qilishga buyurdilar va u toshbo‘ron qilindi”.

3-Agar noto‘g‘ri hukm chiqarilsa, misol uchun, qotillikda aybdor deb topilib, qasos olishga hukm qilingan bo‘lsa-yu keyin haqiqiy jinoyatchi ma’lum bo‘lsa hukm bekor qilinadi.

عن أبي حرب بن الاسود الديلي عن أبيه قال : رفع إلى عمر امرأة ولدت لستة أشهر، فأراد عمر أن يرجمها، فجاءت أختها إلى علي بن أبي طالب رضي الله عنه فقالت: إن عمر يرجم أختي فأنشدك الله إن كنت تعلم أن لها عذراً لما أخبرتني به، فقال علي: إن لها عذراً، فكبرت تكبيرة سمعها عمر ومن عنده. فانطلقت إلى عمر فقالت: إن علياً زعم أن لأختي عذراً، فأرسل عمر إلى علي ما عذرها؟ قال: إن الله عز وجل يقول: والوالدات يرضعن أولادهن حولين كاملين، وقال: وحمله وفصاله ثلاثون شهراً، فالحمل ستة أشهر، والفصل أربعة وعشرون شهراً، قال: فخلى عمر سبيلها.

Abdur-Razzoq o‘zining “Musannaf”ida Abu Harb ibn al-Asvad ad-Dayliydan, u esa otasidan shunday rivoyat qiladi: “Umarning huzuriga olti oyda tug‘ib qo‘ygan bir ayolni olib kelishdi. Umar uni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘ldi. Shunda uning singlisi Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu huzurlariga kelib: “Umar opamni toshbo‘ron qiladi. Sizdan Alloh uchun, o‘tinib so‘rayman, unda uzr bormi, bilasizmi? dedi. Ali: «Buning uzri bor», dedi. Ayol baland ovozda takbir aytdi, Umar va uning oldidagilar buni eshitishdi. Umarning oldiga kelib: «Ali opamning uzri borligini aytdi» dedi. Umar Alidan uning uzri haqida so‘radi. Ali shunday dedi: “Alloh Taolo: (والوالدات يرضعن أولادهن حولين كاملين) “Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi bo‘lgan kishilar uchundir”, degan, va yana: (وحمله وفصاله ثلاثون شهرا)  “Unga homilador bo‘lish va uni (sutdan) ajratish (muddati) o‘ttiz oydir”, degan. Demak, sutdan ajratish muddati yigirma to‘rt oy bo‘lsa, homiladorlik muddati olti oy bo‘ladi”. So‘ng Umar uni qo‘yib yubordi”.

Shu va shunga o‘xshash hollarda qozining hukmi bekor qilinadi. Bunday hollarda hukmlarni bekor qilish salohiyati mazolim qozisiga beriladi.

Muslim o‘zining “Sahih”ida Ummu Salamadan rivoyat qilganidek, nizolashayotgan har ikki tarafga hukm qilishdan oldin va keyin ham maslahat berish yaxshidir.

عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ قَالَتْ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِنَّكُمْ تَخْتَصِمُونَ إِلَيَّ وَلَعَلَّ بَعْضَكُمْ أَنْ يَكُونَ أَلْحَنَ بِحُجَّتِهِ مِنْ بَعْضٍ فَأَقْضِيَ لَهُ عَلَى نَحْوٍ مِمَّا أَسْمَعُ مِنْهُ فَمَنْ قَطَعْتُ لَهُ مِنْ حَقِّ أَخِيهِ شَيْئًا فَلَا يَأْخُذْهُ فَإِنَّمَا أَقْطَعُ لَهُ بِهِ قِطْعَةً مِنْ النَّارِ .

Ummi Salama onamizdan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Albatta sizlar talashib, tortishib mening oldimga kelayapsizlar. Ehtimol kimdir gapga ustalik qilib, o‘zini haqdor qilib ko‘rsata olar va men eshitgan gapimga asoslanib, uning foydasiga hukm qilib yuborarman. Kimning foydasiga o‘z birodarining biror haqini hukm qilib yuborgan bo‘lsam, uni hargiz ola ko‘rmasin. Chunki men unga do‘zax o‘tidan bir parcha cho‘g‘ni olib bergan bo‘laman”, dedi.

Aziz birodarlar va opa-singillar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Alloh Taoloning panohida bo‘ling. Sizlarga Alloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin.

17 Muxarram, 1446h yil.

23 Iyul,          2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.