Hukumat jarima miqdorini oshirishga harakat qilmoqda

99
0

Hukumat jarima miqdorini oshirishga harakat qilmoqda

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yo‘l harakati qoidalarini buzganlarni aniqlash uchun dronlardan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda boshqarmaning matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hozirda Bishkek-Norin-Torugart yo‘lida dronlar yordamida sinov rejimida kuzatuv harakati boshlangan. Bundan so‘ng Qirg‘izistonning barcha hududlarida dronlar sinov rejimida uchurilib, kuzatuv ishlari boshlanadi.

Ma’lumki, Qirg‘izistonda 8 martdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlarga nisbatan jazo kuchaytirilgan. Har bir qoidabuzarlik uchun jarima deyarli ikki baravar oshirildi. Masalan, tezlik belgilangan normadan, ya’ni 60 kilometr\soatdan oshsa, avvalgi 7500 som o‘rniga 15 ming som belgilandi.

 Bunga qo‘shimcha tarzda, yo‘l solig‘ini joriy etish taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, haydovchi bosib o‘tgan yo‘lning uzunligiga qarab haq to‘laydi. Boshqacha aytganda, yo‘l solig‘i mashinaga quyilayotgan har bir litr yoqilg‘iga ko‘ra olinadi. Bundan tashqari, avtomobil shinalari va keraksiz avtomobillar va avtomobil moylarini utilizatsiya qilish uchun to‘lovlar olinish rejalashtirilmoqda.

Izoh:

 Aholining yelkasiga og‘ir yuklar yuklaydigan bunday xatti-harakatlar foydaga asoslangan kapitalistik dunyoqarash bilan bog‘liqdir. Zero, kapitalistik tuzumda yo‘l-transport hodisalari kabi muammolarga iqtisodiy muammo sifatida qaraladi. Natijada yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish uchun jarimalar turi va miqdori oshiriladi. Bu esa, shundoq ham xarajati ko‘payib ketgan aholiga og‘ir yuk bo‘lib tushadi.

  Bunga muqobil ravishda, Islom muammolarga – u iqtisodiy, ijtimoiy yoki siyosiy bo‘lishidan qat’i nazar – insoniy muammo deb qaraydi. Natijada, ijtimoiy muammoni hal qilar ekan, iqtisodiy yoki siyosiy muammoga ham birday munosabatda bo‘ladi. Masalan, yo‘l-transport hodisalari statistik ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning aksariyatiga mast holda avtomobil boshqarish sabab bo‘ladi. Bu muammoni hal qilish uchun avvalambor Islomda harom qilingan aroq zavodlarini ishlatish, xorijdan aroq olib kirish va sotish man etiladi. Shu bilan birga, Islomiy jamiyatda asosiy ehtiyojlarni qondirishga zarur bo‘lgan xarajat uchun odamlarni kuniga 10-15 soat ishlashga majburlanmaydi. Hozirgi baxtsiz hodisalarning sabablaridan yana biri, shubhasiz, uyqusiz va charchoq holda avtomobil boshqarishdir. Shuningdek, davlat avariyalarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan buzuq yo‘llarni ta’mirlashi va tegishli texnikalar bilan ta’minlashi vojibdir. Shunday ekan, Islom biror muammoni hal qilishda faqat shu soha bilan cheklanib qolmaydi va faqat uning natijalari bilan shug‘ullanmaydi. Balki, u muammoning sabablarini aniqlash va uni to‘liq tarzda hal qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi.

  Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi hukumat yo‘l-transport hodisalari bahonasida jarima miqdorini oshirib, xalqning cho‘ntagidagi pulini tortib olishga harakat qilmoqda. Islom xalqqa nisbatan bunday zulmlarni taqiqlaydi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Islomda birinchi navbatda davlat o‘z zimmasidagi ishlarni amalga oshiradi. Yo‘l harakati qoidalarini buzganlarga jarima solish yoki ularga nisbatan chora ko‘rish faqat ushbu harakatlar bajarilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin!

 Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.