Tajovuzkor NATOning navbatdagi sammiti Vashingtonda bo‘lib o‘tdi

114
0

Tajovuzkor NATOning navbatdagi sammiti Vashingtonda bo‘lib o‘tdi

9 iyul kuni Vashingtonda NATOning 75 sammiti bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davom etgan yig‘ilishda NATOga a’zo davlatlar mudofaa, xavfsizlik va Ukrainaga yordam masalalarini muhokama qildi. Ushbu yig‘ilishda NATOga a’zo 32 davlat rahbarlaridan tashqari Ukraina va Janubiy Koreya prezidentlari, Yevropa kengashi raisi, Yevropa komissiyasi raisi, Yaponiya va Yangi Zelandiyaning hukumat rahbarlari ishtirok etdi.

Sammit doirasida 2026 yilgacha AQSHning uzoq masofali zamonaviy raketa tizimini Germaniyaga joylashtirishga kelishib olindi.

Uchrashuvda alyans rahbari Yens Stoltenberg, agar Moskva Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonsa, buning oqibatida Eron, Xitoy va Shimoliy Koreyaning kuchayishini bildirdi.

“Shuni unutmangki, agar Rossiya Ukrainada g‘alaba qozonsa, eng katta xarajat va eng katta xavf-xatarga duch kelamiz. Bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar Putin g‘alaba qozonsa, faqatgina uning o‘zi kuchayib qolmaydi. Balki bu Eron, Shimoliy Koreya va Xitoyning avtoritar yetakchilariga ham dalda bo‘ladi”, dedi Stoltenberg.

AQSH prezidenti Jo Bayden ham o‘z nutqida Ukrainani strategik havo mudofaa tizimlari va havo hujumiga qarshi qo‘shimcha o‘nlab taktik tizimlar bilan ta’minlashni va’da qildi. Bundan tashqari, Ukrainaga 40 milliard yevro miqdorida qurol-yarog‘dan yordam ko‘rsatish ustida kelishib olindi.

Izoh:

Ma’lumki, NATO 1949 yil 4 aprelda SSSR boshchiligidagi Sharqiy lagerning kuchayish xavfiga qarshi tashkil etilgan. Shuning uchun Vashington hujjatining 5-moddasida NATOning har qanday a’zosiga qilingan tajovuz barcha a’zolarga qilingan tajovuz ekani qayd etilgan. G‘arbga tahdid solgan Varshava shartnomasi o‘z nihoyasiga yetgach, NATO ham tarqatib yuborilishi kerak edi. Ammo Amerika Yevropa Ittifoqi ustidan o‘z gegemonligini saqlab qolish, shuningdek, boshqa davlatlarga qarshi foydalanish maqsadida NATOning davom etishini xohladi.

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron 2019 yil noyabr oyida NATOni «klinik jihatdan o‘lgan», deya ta’riflab, Yevropani o‘zining mustaqil armiyasiga ega bo‘lishga chaqirganidan so‘ng, AQSH shoshilinch tarzda NATOni kengaytirishga harakat boshladi. Shunday qilib, Amerika Ukrainaga harbiy uskuna va qurol-yarog‘lar yuborib, Rossiyani mag‘lub etishni, so‘ng Ukrainani NATOga a’zo qilib, AQSH qo‘shinlarini u yerga olib kirishni, undan so‘ngra Rossiya atrofida o‘z harbiy bazalarini qurishni ko‘zlamoqda. Keyin esa, Ukrainadagi urushdan foydalanib, Shvetsiyani va Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan Finlyandiyani ittifoqqa qo‘shib oldi. Bu bilan Rossiyani urush botqog‘iga botirib qo‘yishga va mustaqil Yevropa armiyasini bino etish urinishlarini to‘xtatib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Rossiya esa umid va umidsizlik o‘rtasida dovdirab qoldi. Ya’ni, bir tomondan, Rossiya Ukrainaga hujum qilib, o‘z maqsadlariga erishish qiyin bo‘lib qolganidan so‘ng, murosa qilishni va Ukraina botqog‘idan o‘z obro‘sini saqlab qolgan holda chiqib ketishga umid qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, murosadan umidsizlikka tushib, natijalari kafolatlanmagan Ukraina botqog‘ida uzoq vaqt qolib ketish variantini tanlashga majbur bo‘lib turibdi. Ushbu qorong‘i vaziyat va urushning cho‘zilishi manzarasida, AQSH boshchiligidagi G‘arb o‘z maqsadlariga erishish uchun urushni cho‘zishga harakat qilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, hozir barcha G‘arb davlatlari, jumladan Yaponiya ham Amerika nuqtayi nazarini qabul qilishgan.

NATO insoniyat taqdiri uchun eng xavfli blokka aylangani sir bo‘lmay qoldi. Amerika hamma joyda o‘z nufuzini yoyish uchun ushbu blokni kengaytirish va mustahkamlashga harakat qilmoqda. Shuning uchun NATOning mavjudligini hech qanday narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Chunki u vahshiyona qirg‘inlarni amalga oshuruvchi tajovuzkor blokdir. U terrorizm bahonasida Afg‘oniston, Iroq va Suriyaga hujum qilib, yuz minglagan tinch aholini qirg‘in qildi. Demak, butun dunyo uni ushbu vaziyatdan qutqaradigan davlatga muhtoj bo‘lib qoldi. Insoniyat uchun ne’mat, butun olam uchun rahmat bo‘lgan ushbu vazifani Islomiy Xalifalik davlatidan boshqasi amalga oshira olmaydi.

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.