Go‘zal hisoblanadigan xulqlar

483
0

بسم الله الرحمن الرحيم

XULQLAR

Go‘zal hisoblanadigan xulqlar

 3

Rostgo‘ylik, sodiqlik

Rostgo‘ylik, sodiqlik ikkisi ham arabchada الصدق sidq deb ishlatiladi. O‘zbekchada ham qariyb bir ma’noda, lekin ozgina farqi bor.

Rostgo‘ylik nima ekani hammaga ma’lum, ya’ni og‘zaki aytilib yoki yozilib, voke’likni ifodalayotgan gap-so‘z o‘z voke’ligiga to‘g‘ri kelishi ekani hammaga ma’lum. Lekin tinglovchi tushunib turganda yoki hazl-muoiba qilib yoki yosh bolalarni chalg‘itib qo‘yish uchun ishlatilgan gap-so‘zlardan yolg‘onni yengil sanashda adashib qolamiz. Gap-so‘z o‘z voqe’ligiga to‘g‘ri kelmasa – hatto hazillashishda yoki yosh go‘dakka ishlatilgan bo‘lsa-da – u yolg‘on bo‘ladi va so‘zlovchini rostgo‘ylikdan chiqarib qo‘yadi.

Rosululloh s.a.v. hazillashib ham yolg‘on gapirmaganlar.

حَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ قَالَ: حَدَّثَنَا مُصْعَبُ بْنُ الْمِقْدَامِ قَالَ: حَدَّثَنَا الْمُبَارِكُ بْنُ فَضَالَةَ، عَنِ الْحَسَنِ قَالَ : أَتَتْ ‌عَجُوزٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللَّهِ، ادْعُ اللَّهَ أَنْ يُدْخِلَنِي ‌الْجَنَّةَ، فَقَالَ: «يَا أُمَّ فُلَانٍ، إِنَّ ‌الْجَنَّةَ لَا تَدْخُلُهَا ‌عَجُوزٌ» قَالَ: فَوَلَّتْ تَبْكِي فَقَالَ: «أَخْبِرُوهَا أَنَّهَا لَا تَدْخُلُهَا وَهِيَ ‌عَجُوزٌ» إِنَّ اللَّهَ تَعَالَى يَقُولُ: {إِنَّا ‌أَنْشَأْنَاهُنَّ إِنْشَاءً فَجَعَلْنَاهُنَّ أَبْكَارًا عُرُبًا أَتْرَابًا} [الواقعة]

Abdu ibn Humayd bizga shunday dedi: Mus’ab ibn Miqdam bizga rivoyat qildi: Al-Muborak ibn Fuzola Hasan – roziyallohu anhu – dan rivoyat qiladi: Rasululloh – sallallohu alayhi va sallam – huzurlariga bir kampir keldi. U kampir: “Yo Rasululloh, meni jannatga kiritishini so‘rab duo qiling”, dedilar. Rosululloh – sallallohu alayhi va sallam -: ey, falonchining onasi, albatta jannatga kampir kirmaydi – dedilar. Bas, u yig‘lab yuz o‘girdi, shunda, Rosululloh – sallallohu alayhi va sallam – u kampir holida jannatga kirmaydi. Alloh quyidagicha:

إِنَّا ‌أَنْشَأْنَاهُنَّ إِنْشَاءً فَجَعَلْنَاهُنَّ أَبْكَارًا عُرُبًا أَتْرَابًا

Albatta, Biz ularni boshqadan paydo qildik. So‘ng, ularni bokiralar, tengdosh mahbubalar qildik – demoqda deb, unga xabar beringlar, dedi. (Voqi’a surasi, 36-Oyat).

 Sodiqlik – gap-so‘zlarda ham bo‘ladi, va’dada ham, do‘stlikka ham ishchi yoki raxbarlikda ham, er-xotinlikda ham bo‘ladi. Va’dasiga sodiq, do‘stiga sodiq, ishchisiga sodiq, raxbariga sodiq va hokazo.

Rostgo‘y, sodiq bo‘lish uchun na xazillashib, na yosh bolalarga va na kuldirish uchun yolg‘on gapirib bo‘lmaydi.

Rostgo‘ylik va sodiqlik dalillari:

Alloh Taolo aytadi

 یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَكُونُوا۟ مَعَ ٱلصَّـٰدِقِینَ

 Ey iymon keltirganlar, Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo‘linglar. (Tavba surasi, 119-Oyat).

Va yana shanday deydi:

 فَلَوۡ صَدَقُوا۟ ٱللَّهَ لَكَانَ خَیۡرࣰا لَّهُمۡ

Allohga sodiq qolsalar, o‘zlariga yaxshi bo‘lur edi. (Muhammad surasi, 21-Oyat).

Ibn Mas’ud rivoyatida Payg‘ambar s.a.v. shunday deganlar:

 عليكم بالصِّدقِ فإنَّ الصِّدقَ يَهدي إلى البرِّ وإنَّ البرَّ يَهدي إلى الجنَّةِ وما يزالُ الرَّجلُ يصدقُ ويتحرَّى الصِّدقَ حتَّى يُكتبَ عندَ اللهِ صدِّيقًا

«Rostgo‘ylikni ushlanglar. Chunki rostgo‘ylik ezgulikka, ezgulik esa jannatga olib boradi. Modomiki kishi rost so‘zlab, rostgo‘ylikka rioya qilib borar ekan, borib-borib Allohning nazdida siddiq bo‘lib yozilib qoladi…» (muttafaqun alayx).

Ka’b ibn Molik rivoyat qilishicha, u Tabuk g‘azotida Payg‘ambar s.a.v.dan orqada qolgan paytda shunday degan ekan:

 ‎‫وقُلتُ: يا رَسولَ اللَّهِ، إنَّما نَجَّانِي اللَّهَ بالصِّدْقِ، وإنَّ مِن تَوْبَتي أنْ لا أُحَدِّثَ إلَّا صِدْقًا ما بَقِيتُ…

«Ey Rasululloh, menga Alloh rostguyligim tufay najot berdi. Endi, modomiki tirik ekanman, faqat va faqat rost gapni gapirishim mening bir tavbam bo‘lsin…». (muttafaqun alayh).

Hasan ibn Ali r.a. rivoyat qiladi: «Payg‘ambar s.a.v.dan

دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَالْكَذِبَ رِيبَةٌ

«Seni shubhaga solayotgan narsani tark qilib, o‘rniga shubhaga solmaydigan narsani ol, zero rostlik xotirjamlikdir, yolg‘on esa shubhalanaverishdir», degan hadisni yodlab olganman». Bu hadisni Termiziy rivoyat qilib, sahih hasan, degan.

Abdulloh ibn Amr r.a. rivoyat qiladi:

قيل لرسولِ اللهِ صلَّى اللهُ عليْهِ وسلَّمَ أيُّ الناسِ أفضلُ قال كلُّ مخمومِ القلبِ صدوقِ اللسانِ قالوا صدوقُ اللسانِ نعرفُه فما مخمومُ القلبِ قال هو التقيُّ النقيُّ لا إثمَ فيه ولا بغيَ ولا غِلَّ ولا حسدَ

«Ey Rasululloh, odamlarning qaysinisi afzalroq?», deb so‘radilar. Dedilarki: «Qalbi toza, tili rostgo‘y odam». «Tili rostgo‘yniku bilamiz, qalbi toza qanday buladi?», deyildi. U bir pokiza, taqvodor qalbdirki, unda na bir jinoyat(ya’ni farzlarni tark qilish yoki gunoh ish qilish), na bir zo‘ravonlik, na bir og‘ir olish va na bir hasadgo‘ylik bordir», dedilar Paygambar s.a.v.». Ibn Moja rivoyati. Haysamiy ham, Munziriy ham, uning isnodi sahih deganlar.

 Abu Bakr Siddiq rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v.

عليكم بالصِّدْقِ ؛ فإنَّهُ مع البِرِّ ، وهُما في الجنةِ…

«Rostgo‘ylikni mahkam ushlanglar, chunki u ezgulik bilan birgadir, ikkalasi esa jannatdadir…..» – deganlar. Ibn Hibbon o‘zining «Sahih»ida chiqargan. Uni Tabaroniy Munziriy va Haysamiy hasan, deb sifatlagan isnod bilan Muoviyadan rivoyat qilgan.

Abu Sa’id Xudriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar s.a.v:

 التاجرُ الصَّدُوقُ الأمينُ : مع النَّبِيِّينَ ، والصِّدِّيقِينَ ، والشهداءِ

«Rostgo‘y-halol savdogar paygambarlar, siddiqlar, shahidlar bilan birgadir», deganlar. Bu hadisni Termiziy rivoyat qilgan va hasan hadis, degan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.