Bismillaahi Rohmaanir Rohiym
Muannis Hamiyd qalamiga mansub
“Ummatni jarohatlagan vahn”
Vahn – bizlarga fasod, johillik va falajlikni olib keluvchi halokatli kasalliklardandir. Xa, u voqega taslim bo‘lish hamda arzimas va o‘tkinchi dunyoni qabul qilish va unga rozi bo‘lishdir…
Ushbu illat bizlarda kuchaydi, hattoki jamiyatda munkarni ko‘ra turib saqovlikni lozim tutib va uni qabul qilgan xolda yashaydigan bo‘lib qoldik… Zulmni ko‘radigan va unga itoat etib, shafqat nima ekanini bilmaydigan tog‘utlarga yetakchilikni topshirib qo‘yadigan bo‘ldik. Tog‘utki, odamlarni huquqlarini paymol qilib, ularni mukarram va adolatli hayotdan mahrum qiladilar, hattoki jamiyat juda zaiflashib, arzimagan dunyo matosi uchun yelib yugurib, o‘z asoslaridan voz kechadigan bo‘lib qoldi. Ustiga ustak ommaviy axborot vositalari odamlarning ongini zaxarlash, fikrlarini G‘arb yondashuvlari va manfaatlariga ko‘ra shakllantirishga qaratildi.
Bosqinchi yahudlar tomonidan musulmonlarga qaratilgan G‘azodagi yuz berayotgan daxshatli qatli ommlar bizlarning za’ifligimizga yorqin dalildir. Musulmon hokimlari esa sukutni lozim topib qayg‘uli, quruq tanqidona va ummatni karaxt qiladigan bayonotlar berish bilan kifoyalanmoqda. Balki bu ishlar, malay xokimlarimizning qo‘lidan kelayotgan eng oxirgi ishi bo‘lib qolmoqda. Bizlar esa G‘azodagi birodarlarimizning – majruh olamning vijdon quloqlari tagida – tiriklayin so‘yilayotgan va vayron qilinayotgan xollariga ko‘zlarimiz bilan guvoh bo‘lmoqdamiz. Buning muqobilida AQSH yetakchiligi ostidagi zolimlarni ko‘rmoqdamiz. U (AQSH), bosqinchi vujud (Isroil) – yerlarni bosib olishi va insonlarning huquqlarini poymol qilishlari uchun – uni (Isroilni) himoya qilish maqsadida barcha ko‘maklarini safarbar qilmoqda. Ummat esa bamisoli sel ko‘pigi kabi…
Darhaqiqat Rasulimiz bashorat berganlar: “Hali ustingizga xalqlar xuddi yemakxo‘rlar tovog‘iga tashlanganidek yopirilib keladi”, dedilar. Biz: “Yo Rasululloh, o‘sha kuni ozchilik bo‘lganimizdanmi?”, deb so‘radik. “Sizlar u kuni ko‘pchilik bo‘lasizlar, lekin xuddi selning ko‘pigi kabi ko‘pik bo‘lasizlar, dushmanlaringiz qalbidan mahobat (qo‘rquv) olib qo‘yiladi va qalblaringizga vahn (zaiflik) solib qo‘yiladi», dedilar. “Vahn nima?”, dedik. “Dunyoga muhabbat va o‘limni yomon ko‘rish”, dedilar.”
Tinglanglar!
Ey G‘azodagi ahlimiz, sizlardan uzur so‘raymiz. Zero sizlarning muqaddas qoningiz xar kuni jinoyatchi yahud askarlari tomonidan toptalmoqda. Bizlarni esa shubhasiz vahn egallab oldi, ummat o‘z burchidan chekinmoqda. Qasamki, sizlar yaqin tarixdagi qaxramonlarsiz, ey Gazo ahli! Zero sizlar Ummat ichida tubdan o‘zgarish, uyg‘onish va asrlar mobaynida karomat, azizlik va buyuklik xotiralarini qayta alangalatdingiz. Darhaqiqat sizlar musulmonlarga, ummatning tarqoqligini biriktiradigan, saflarini birlashtiradigan va uning azizligini qaytaradigan yetakchiga muxtoj ekanligini tushintirdingiz. Musulmonlar ushbu haqiqatni idrok qilishda tobora ko‘paymoqda. Chunki ummatning, uning yukini ko‘taradigan hamda dushmandan himoya qiladigan yetakchisi bo‘lmaguncha xorlikdan chiqa olmaydi.
Albatta Islomiy aqida mo‘mini kuchli shaxsiyat qilib yetishtiradi. U o‘z diniga amal qilish va uni yetkazishda himoya emas, balki xujum pozitsiyasini egallaydi. Chunki u o‘z dinini fikran qabul qilgan va undan qanoat xosil qilgan. U zulmga sukut qilmaydi, fujurga yo‘liqsa ko‘rmaslikka olmaydi, balki fasod voqeani o‘zgartirish uchun bor kuchini sarflaydi. U, yo‘lidan chiqqan – tog‘utlar ummatga bitib qo‘ygan – xorlikni parchalaydi. Robbisini rozi qilish va Islomiy hayotni qayta boshlash yo‘lida doimo adolat, izzat va karomat tomonida bo‘ladi.
Haqiqiy musulmon o‘z ishlarini boshqarishni din dushmanlari tomonidan tayinlangan malay hokimlarga topshirib yoxud inqiroz va fasodga ko‘nikib yashamaydi. Chinakam musulmon ojizlik va chekinishni qabul qilmaydi, balki bor kuch va irodasini Robbisining diniga yordam berish yo‘lida sarflaydi. U xech qachon alamlanuvchi va jirraki bo‘lmaydi, aksincha uyg‘onish xosil bo‘lishi uchun Islomiy hazoratni qaytadan hayotda barpo qilish uchun yashaydi.
Albatta “Aqso to‘foni” ummatda qaytadan umid uyg‘otdi. Bu “to‘fon” ummatni o‘sha egallagan vahndan forig‘ qilib, “Tubdan o‘zgarish to‘foni”ga aylansa ajab emas. Islom ummati xargiz o‘lmaydi, lekin betob bo‘ladi. Bu muborak ummatdan xech qachon xayr yaxshilik uzilmaydi, chunki bu haqda Robbimiz xabar bergan. Modomiki bu ummat nusratga olib boruvchi sabab va shartlarni bajarar ekan, unga g‘alaba va nusrat doim yor bo‘ladi. Bu esa Haq Parvardigorga qiyin emas!