ShHT sammiti xalqaro siyosat keskinlashgan bir paytda bo‘lib o‘tdi

78
0

SHHT sammiti xalqaro siyosat keskinlashgan bir paytda bo‘lib o‘tdi

4 iyul kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda aholisi uch milliarddan ortiq bo‘lgan 10ta davlat rahbarlari ishtirok etdi. Sammit oldidan Belarusiya 10- a’zo sifatida rasman tashkilotga qo‘shildi. Bundan tashqari, kuzatuvchi va hamkor davlatlar rahbarlari va bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham sammitga tashrif buyurdi. Sammit yakunida Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi va 20dan ortiq hujjat imzolandi.

Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Xitoy rahbarlari 2001 yili Sankt-Peterburgda SHHTni tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolagan edi. 2017 yilda tashkilotga Hindiston va Pokiston ham qo‘shildi. 2023 yilda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘ldi. SHHT davlatlarining yalpi ichki mahsuloti 20 trilliondan oshadi. Tashkilotning markaziy qismini O‘rta Osiyo musulmon davlatlari tashkil etgan bo‘lib, ta’sir o‘tkazish borasidagi tortishuvlar ham asosan shu mintaqalar ustida bo‘ladi.

Ma’lumki, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurash SHHTning asosiy vazifasidir. Tashkilot “terrorizm va ekstremizm” shiori ostida Islom, Islomiy jamoalar va musulmonlarga qarshi kurash olib boradi. Bu bilan Ummat intilayotgan xalifalik davlatining barpo etilishiga to‘sqinlik qilishga harakat qiladi. Buni 2025-27 yillarga mo‘ljallangan mintaqada terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha Ostonadagi sammitda imzolangan kelishuv ham tasdiqlaydi. Nafaqat terrorizm va ekstremizm, hatto “Separatizmga qarshi kurash” alamini ham musulmonlar tortib kelishmoqda. Masalan, Rossiyadagi Kavkaz musulmonlari, Xitoydagi uyg‘ur musulmonlari “separatizm” qurboni bo‘ldi.

Xalqaro siyosatdagi hozirgi keskin vaziyat SHHTga a’zo davlatlar, ayniqsa unga yetakchilik qilayotgan Xitoy va Rossiyani bir-biriga yaqinlashtirayotgani shubhasiz. Buni ikki davlat rahbarlarining sammit oldidan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytgan so‘zlari ham tasdiqlaydi. Ushbu uchrashuvda Xitoy rahbari Rossiya va Xitoy strategik hamkorlikni kuchaytirishi va chetdan aralashuv bo‘lishiga qarshi turishi kerakligini aytib o‘tdi. O‘z navbatida Putin ham o‘z manfaatlarini himoya qilishda Rossiya Xitoyni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Biroq SHHT tashkil etilgan davrga nisbatan Rossiyaning tashkilotdagi ta’siri sezilarli darajada pasayganini kuzatish mumkin. Dastlab, Rossiya Xitoyning Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy ta’siri kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tashkilotda iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga bilvosita qarshi edi. Biroq, Ukraina urushi Rossiyani bu yo‘nalishdan voz kechishga majbur qildi. Boshqacha aytganda, Rossiyaning o‘zi SHHT davlatlari bilan savdo aloqalarini mustahkamlashga majbur bo‘lib qoldi. Buni so‘nggi yillarda sammit davomida ko‘tarilgan iqtisodiy tashabbuslardan ham bilib olish mumkin. Putinning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili SHHTga a’zo davlatlar bilan savdo aloqalari 25 foizga oshgan. Bundan tashqari, Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasi doirasida transport aloqalarini mustahkamlash uchun yangi samarali yo‘laklar ochilmoqda. Xitoy uchun SHHT “Bir kamar, bir yo‘l” loyihasini amalga oshirish va o‘z ta’sirini Markaziy Osiyoga yo‘naltirish imkoniyatini beradi. Shu maqsadda Xitoy tashkilotning siyosiy va xavfsizlik yo‘nalishini iqtisodiy yo‘nalishga qaratmoqda. Yuqoridagilardan ma’lumki, Xitoy SHHT tashkilotida “og‘alik” rolini Rossiyadan trotib ola boshladi. U Markaziy Osiyo davlatlarini iqtisodiy jihatdan garovga olish bilan ularning rahbarlarini o‘z siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun “yugurdak”ka aylantirib qo‘ydi.

SHHTning yana bir maqsadi a’zo davlatlarga AQSHning ta’siri kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Chunki 1996 yilda AQSH Afg‘onistonda Tolibonning hokimiyat tepasiga kelishiga yo‘l ochib, undan geosiyosiy o‘yinlar uchun foydalanish rejalarini amalga oshira boshladi. AQSHning bunday siyosati Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkiston musulmonlariga yoyilishi mumkin edi. Shuning uchun Rossiya va Xitoy unga qarshi “Shanxay beshligi”ni tuzishdi. Biroq so‘nggi paytlarda Amerika manfaatidan kelib chiqqan holda harakat qilgan Hindiston va Pokiston kabi davlatlarning tashkilotga a’zo bo‘lishi tashkilot maqsadini shubha ostiga qo‘yadi. Masalan, Hindistonning Xitoy bilan munosabatlari unchalik yaxshi emas. To‘g‘rirog‘i, ikki davlat o‘rtasida raqobat mavjud va Hindiston g‘arbga suyanib siyosat yuritmoqda.

SHHT tashkiloti faqat xo‘jayinlarining mustamlakachilik manfaatlariga xizmat qiladi. Xo‘jayinlarini esa tashkilotdagi “yetimlar” manfaati qiziqtirmaydi. Masalan, 2022 yilning kuzida Samarqand shahrida SHHT sammiti bo‘lib o‘tayotgan paytda Rossiya o‘zining mustamlakachilik manfaatlarini ko‘zlab, parda ortidan qirg‘iz-tojik chegarasida qonli to‘qnashuv uyushtirdi. Tashkilot buni to‘xtatishda umuman ishtirok etmadi.

Shunday ekan, SHHT va shunga o‘xshash tashkilotlar musulmonlar uchun qo‘yilgan mustamlaka tuzog‘idan boshqa narsa emas. Musulmonlar bu imperialistlar changalidan faqat o‘z Islomlariga qaytish orqali qutula oladilar. Buni kofir mustamlakachilar va ularning malaylari bo‘lgan hokimlarimiz yaxshi bilishadi. Shuning uchun ular “terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” bahonasida Islom va musulmonlarga qarshi kurash olib borishmoqda.

Ey Qirg‘iziston musulmonlari, avvalgi prezidentlar ham, hozirgilari ham sizlarni mustamlakachilar qo‘liga topshirish yo‘lida xizmat ko‘rsatib kelishmoqda. Shuning uchun, bu masalada rahbarlaringizga ergashishdan ehtiyot bo‘ling. Siz musulmonsiz! Shunday ekan, mustamlakachilikdan qutulish yo‘lini Islomdan izlang! Ey hokimlar, siz ham musulmon xalqning vakillarisiz! Diningizga qaytib, mustamlakachilarning emas, ummatning manfaatini ko‘zlang! Malaylikni emas, azizlikni tanlang! Alloh Taolo aytadi:

وَإِنْ تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ

“Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz o‘girib ketsangizlar, U zot (o‘rningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yur, so‘ngra ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaslar, (balki Allohga toat-ibodat qilurlar)!” [47:38].

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.