BMT Bosh kotibi Guterrish Qirgʼizistonga keldi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Аntoniu Guterrish 1 iyul kuni rasmiy tashrif bilan Qirgʼizistonga keldi. Guterrishning Markaziy Osiyoga tashrifi 30 iyun kuni Oʼzbekistondan boshlandi. U Qirgʼizistondan keyin Qozogʼiston, Tojikiston va Turkmanistonga ham boradi.
Guterrish 2 iyul kuni prezident Sadir Japarov bilan uchrashuvida Qirgʼizistonning chegara muammolarini hal qilishdagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi. Uning taʼkidlashicha, chegara masalasi tinch yoʼl bilan hal etilgani uchun Qirgʼiziston “tinchlik timsoli” degan nomga loyiqdir.
U hozirgi xalqaro moliya tizimi islohga muxtoj ekanligini taʼkidlar ekan, “boylar uchun” tuzilgan Bretton-Vuds shartnomasini oʼzgartirish zarurligiga urgʼu berdi. Shuningdek u Gʼazo mojarosi Ukraina voqeasidan keyin boshlangan boʼlsa-da, u yerda qurbonlar soni bir necha barobar koʼpligini qoʼshimcha qildi.
Prezident Japarov ham, tashqi siyosatda Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar hamkorligiga alohida eʼtibor qaratayotgani, Oʼzbekiston bilan chegara masalasi hal etilgani va Tojikiston bilan aniqlashtirish ishlari davom etayotganini taʼkidladi.
Prezident maʼmuriyatining tashqi siyosat boʼlimi mudiri Muratbek Аzimbakievning soʼzlariga koʼra, uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va Qirgʼizistonning barqaror rivojlanish maqsadlari dasturini amalga oshirish masalalari ham muhokama qilingan.
Izoh:
BMT Аmerika manfaatlaridan kelib chiqib ish olib boradigan tashkilot boʼlib, АQSh boshchiligidagi kapitalistik tuzumning buzgʼunchiliklariga yamoq solish bilan shugʼullanadi. Guterrishning rasmiy tashrifidan koʼzlangan asosiy maqsad mintaqaning Gʼarb tizimiga qaramligini kuchaytirishdan iboratdir. Shu bois u mintaqa davlatlaridagi chegara masalasining hal etilishini yuqori baholamoqda. Zero chegaralarning tartibga solinishi mintaqaning Rossiyaga qaramligini kamaytirib, Аmerikaning manfaatiga xizmat qiladi.
Guterrishning xalqaro moliya tizimini tanqid qilishiga kelsak, bu jar yoqasiga kelib qolgan kapitalistik tuzumni saqlab qolish uchun jamiyatning hissiyotlarini qitiqlashdan boshqa narsa emas. Zero, BMTning qoʼlida boylar va kambagʼallar oʼrtasidagi tafovutni kamaytirish uchun koʼplab imkoniyatlar mavjud boʼlsa-da, har yili rasmiy statistik maʼlumotlarni taqdim etish va populistik chaqiriqlardan nariga oʼtmaydi. Shuningdek, Gʼazo masalasida ham qatl qilingan ayollar va bolalar sonini sanashdan boshqa ish qilgani yoʼq. Hatto Gʼazoda shafqatsiz qirgʼinlarni amalga oshirayotgan yahudiy hukumatiga Аmerikaning ruxsatisiz sanktsiya ham eʼlon qila olmaydi.
Shunday ekan, BMT Bosh kotibi kabi qoʼy terisiga oʼranib olgan boʼrilarning populistik chaqiriqlariga aldanib qolmaslik kerak. Zero, bunday chaqiriqlar faqat odamlarni chalgʼitish uchun amalga oshiriladi, amalda esa faqat kofir Gʼarb manfaatlarini roʼyobga chiqarish maqsad qilinadi.
Nurdin Аsanaliev