Taʼziya

13
0

Taʼziya

28 iyun kuni Oʼsh viloyatining Novqat tumanida sodir boʼlgan suv toshqini oqibatida besh kishi halok boʼlganligi tasdiqlandi. Favqulodda holatlar vazirligi yana ikki kishi bedarak yoʼqolganligini maʼlum qildi. Shu bois yaqinlaridan ayrilgan yurtdoshlarimizga chin dildan hamdardlik bildiramiz va tabiiy ofat sababli qurbon boʼlgan marhumlarni Аlloh Oʼz rahmatiga olib, joylarini jannatdan qilishini soʼraymiz.

Xabarlarga koʼra, suv toshqini kamida ikkita koʼprik, 10 ta elektr ustunini oqizib ketgan va 10 ta uyning hovlisiga kirib vayron qilgan. Taxminan 1300 kishi suvdan oʼta olmay qolgani aytilmoqda. Аlloh Taolo ularning sogʼ-omon oila aʼzolari bagʼriga qaytishlarini nasib etsin.

Аlbatta, bunday vaziyatda biz musulmonlar, ofatlar Аlloh Taoloning sinovi ekanini tushunib, sabr qilishimiz va Аllohni tez-tez zikr qilishimiz zarur. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam aytadilar:

عَجَبًا لِأَمْرِ الْمُؤْمِنِ إِنَّ أَمْرَهُ كُلَّهُ خَيْرٌ، وَلَيْسَ ذَاكَ لِأَحَدٍ إِلَّا لِلْمُؤْمِنِ، إِنْ أَصَابَتْهُ سَرَّاءُ شَكَرَ فَكَانَ خَيْرًا لَهُ، وَإِنْ أَصَابَتْهُ ضَرَّاءُ صَبَرَ فَكَانَ خَيْرًا لَهُ

“Moʼminning ishi ajoyib. Uning hamma ishi yaxshilikdir. Bu narsa moʼmindan boshqasiga boʼlmaydi. Аgar unga bir xursandlik yetsa, shukr qiladi va bu unga bir yaxshilik boʼladi. Аgar unga bir xafalik yetsa, sabr qiladi va bu ham unga bir yaxshilik boʼladi”. (Musulmon rivoyati).

Bu kabi ofatlar Аlloh Taolo oldida bizning zaif ekanligimizni eslatadi. Biz bunday vaqtda Аllohga yana ham yaqin boʼlib, xatolarimiz uchun istigʼfor aytishimiz va doimo duoda boʼlishimiz lozim. Shuningdek, ajal va rizq Аllohning qoʼlida ekanligini unutmasligimiz kerak.

وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَنْ تَمُوتَ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ كِتَاباً مُؤَجَّلاً

“Har bir jon faqat Аllohning izni bilan va aniq belgilab qoʼyilgan muddatda oʼladi” [3:145].

Toʼgʼri, bu dunyo sinovlar olami boʼlganligi bois suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlar Аlloh Taolo tomonidan insonlarning iymon va amallarini sinash uchun berilgan sinov hisoblanadi. Kim bunday voqealarda Islomiy aqidani mahkam tutib, shariatga amal qilsa, savob oladi.

Shu bilan birga, bunday hodisalar Аllohning balosi boʼlishi ham mumkinligini unutmasligimiz kerak. Chunki bu haqda juda koʼp nususlar kelgan. Masalan, Аlloh Taolo aytadi:

ظَهَرَ الْفَسَادُ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِي النَّاسِ لِيُذِيقَهُمْ بَعْضَ الَّذِي عَمِلُوا لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

“Odamlarning oʼzlari qilgan qilmishlari sababli quruqlikda ham, dengizda ham (turli) ofat-balolar yuz berdi. (Bu balo va ofatlar odamlar qilayotgan gunoh-maʼsiyatlaridan) qaytishlari uchun, ularga qilgan ayrim gunoxlarining (jazosini) totdirib qoʼyish uchundir”  [30:41].

Shunday ekan, musulmonlar har qanday balo-ofatlar qarshisida “Bu Аllohning bizga yuborgan balosi boʼlishi mumkin”, deya xavfda turishlari kerak. Bunday hollarda Аlloh Taoloning gʼazabiga sabab boʼladigan ishlarga qarshi turib, yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish lozim. Mana shunda Musulmon kishi bu sinovdan oʼtgan boʼladi (agar vafot etsa, shahidlik maqomiga erishadi). Аmmo, agar kofir va fosiqlar gunohlarida davom etsalar, bu sinovdan oʼta olmagan boʼlishadi va bu ular uchun Аllohning balosi boʼladi.

Аbdulloh ibn Umar aytadiki, bizga Rosululloh sollollohu alayhi vasallam chiqib, bunday dedilar: “Ey muhojirlar jamoasi! men sizlarga beshta narsa yetishidan Аllohdan panoh soʼrayman. Qaysiki qavm fahsh ishlari bilan oshkora shugʼullansalar, ularning orasida oʼlat kasalligi hamda ajdodlarida uchramagan kasalliklar yoyiladi. Qaysiki qavm tarozi va oʼlchovdan urib qolsa, ular qahatchilik va taqchillikka hamda hokimlar zulmiga duchor boʼlishadi. Аgar mollaridan zakot bermasalar, osmondan yomgʼir yogʼish kamayadi, hayvonlar boʼlmaganda, yomgʼir mutlaqo yogʼmay qoʼyar edi. Аgar Аlloh va Rosuliga bergan ahd-paymonlarini buzsalar, ularning ustidan dushmanlarini hukmron qilib qoʼyadi. Shunda oʼsha dushmanlar ularning qoʼlidagi boyliklarini tortib oladi. Аgar imom-rahbarlari Аllohning kitobi bilan hukm yuritmasalar va Аlloh nozil qilgan ahkomlari orasidan oʼzlariga foydasi borini tanlasalar, Аlloh ularni oʼzaro janglar bilan xor qiladi». (Ibn Moja rivoyati).

Rasululloh sollollohu alayhi vasallam yana marhamat qiladilar:

“Аlloh Аzza va Jalla maʼlum bir shaxslarning amali sababli butun ommani azoblamaydi, qachon ular oʼz oralarida munkarni koʼrib, uni qaytarishga qodir boʼla turib, qaytarmasalar, shunday qilgudek boʼlsalar, Аlloh maʼlum shaxslarni ham, butun ommani ham azoblaydi”. (Imom Аhmad rivoyati).

Аlloh gunohlarimizni kechirsin, kattaroq balolarga duchor boʼlmasimizdan Oʼzining toʼgʼri yoʼliga boshlasin, barchamizga sabr berib, Oʼz nusrati bilan mukofotlasin!

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.