Qirgʼiziston va Yevropa Ittifoqi oʼrtasidagi kelishuvdan koʼzlangan maqsad
25 iyun kuni “Evropa Ittifoqi va Qirgʼiziston oʼrtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʼgʼrisida”gi shartnoma imzolandi. Ushbu hujjat 1999 yil Bishkek va Bryussel oʼrtasida tuzilgan sheriklik va hamkorlik toʼgʼrisidagi bitim oʼrnini bosadi. Shartnoma prezident Sadir Japarovning Belgiyaga rasmiy tashrifi doirasida imzolandi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʼra, mazkur shartnoma tijorat va sarmoya, barqaror rivojlanish va kommunikatsiya, tadqiqot va innovatsiyalar, taʼlim-tatbiya, atrof-muhit va iqlim oʼzgarishi, qonun ustuvorligi, inson huquqlari va fuqarolik jamiyati boʼyicha kelishuvlarni oʼz ichiga oladi.
Yevrokomissiya tashqi siyosat mahkamasining matbuot kotibi Piter Stanoning taʼkidlashicha, uchinchi dunyo davlatlari bilan qanday shartnoma tuzilmasin, inson huquqlari va asosiy erkinliklarni himoya qilish hamda fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish eʼtiborga olinadi. Qirgʼiziston bilan tuzilgan shartnoma biznes va sarmoya uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bir qatorda inson huquqlari va asosiy erkinliklarni hurmat qilish va himoya qilishni ham oʼz ichiga oladi.
Eslatib oʼtamiz, Qirgʼizistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Yevropa davlatlarining ulushi 10 foizni tashkil etadi. Mamlakat eksportining 21 foizi esa Yevropaga toʼgʼri keladi. 2023 yildan buyon tovar ayirboshlash 3,4 barobar oshdi.
Izoh:
Yevropa Ittifoqi 2019 yilda Markaziy Osiyoga nisbatan yangi strategiyasini eʼlon qildi. Oʼsha yildan buyon Qirgʼiziston bilan tuzilgan strategik kelishuvni yangilash boʼyicha muzokaralar faollashdi. Hatto ayrim hollarda inson huquqlari va matbuot erkinligi sohasida Qirgʼizistonga bosim oʼtkazdi. Masalan, oʼtgan yili 13 iyulda Yevroparlament yigʼilishida Qirgʼizistondagi inson huquqlari ahvoli, soʼz erkinligi va ommaviy axborot vositalariga boʼlgan bosimlar boʼyicha rezolyutsiya qabul qilindi. Hujjatda aytilishicha, 2022 yilning yanvaridan boshlab Qirgʼizistonda inson huquqlari va soʼz erkinligi bilan bogʼliq vaziyat keskin yomonlashgan. Bundan tashqari, Yevroparlament rezolyutsiyada Qirgʼiziston parlamentida muhokama qilinayotgan “Ommaviy axborot vositalari”, “Nohukumat tashkilotlari”, “Xorijiy vakil” va “Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish” toʼgʼrisidagi qonun loyihalarini bekor qilish haqida ogohlantirdi. Natijada Qirgʼiziston hukumati Rossiya manfaati uchun qabul qilingan yuqoridagi qonunlarning bir qismini bekor qildi.
Аslini olganda, Gʼarbning musulmonlarga tiqishtirayotgan “soʼz erkinligi” aldov va hiyladan boshqa narsa emas. Gʼarb qachon Musulmonlarni haqorat qilsa, “soʼz erkinligi”ni roʼkach qiladi, oʼzlariga kelganda esa, “soʼz erkinligi”ni unutadi. Masalan, Shvetsiyada Qurʼoni Karimni yoqib, oyoqosti qilishni va Frantsiyada Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallamning karikatura qilishni soʼz erkinligi deb vaysashmoqda. Аmmo Frantsuz faylasufi Roje Garodi sionistlarning daʼvolarini rad qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi, bunda “soʼz erkinligi” esa chetga surib qoʼyildi. Demak, qachonki Islomga hujum qilish, uni tahqirlash va obroʼsizlantirish yuz bersa soʼz erkinligi olgʼa suriladi. Аmmo Islom ahkomlarini hayotga tatbiq qilishga daʼvat qilinsa, boshqa dinlarni tahqirlash, deb topilib darhol taqiqlanadi. Mana shundan koʼrinib turibdiki, soʼz erkinligi kabi yaltiroq soʼzlar va xalqaro qonunlar mustamlakachi Gʼarb davlatlarining mafaatiga xizmat qilish uchun bir qurol vazifasini oʼtaydi, xolos.
Аlbatta, yuqoridagi kelishuv faqat Yevropa Ittifoqining bosimi tufayli qabul qilingani yoʼq. Balki bunda Qirgʼiziston hukumatining ham ayrim manfaatlari bor. Аniqrogʼi, Xitoyning mamlakatdagi taʼsiri kuchayib, hukumatni toʼliq nazorat ostiga olmasligi uchun tashqi siyosatda muvozanatni saqlashga harakat qilinmoqda. Chunki hozirgi Japarov hukumati Xitoy hukumatini oʼziga xoʼjayin qilib tanladi. Buni siyosiy kelishuvlar bilan bir qatorda statistik maʼlumotlar ham tasdiqlaydi. Masalan, oʼtgan yili Qirgʼizistonning tashqi savdo aylanmasi 11,8 milliard dollarni tashkil qildi. Tashqi savdoda Xitoy birinchi oʼrinni egallab, uning savdo aloqalari 4,1 milliard dollarga yetdi. Biroq, Xitoyning statistik maʼlumotlariga koʼra, Qirgʼizistonga bundan 4 barobar koʼp tovar import qilingan. Qirgʼizistonni Xitoy bilan bogʼlab turgan yana bir omil – bu davlatning tashqi qarzidir. Qirgʼizistonning tashqi qarzi 4,5 milliard dollar boʼlib, shundan 2 milliardga yaqini Xitoydan olingan. Shuningdek, grantlari boʼyicha ham Xitoy birinchi oʼrinni egallaydi. Qirgʼizistonga bevosita yotqizilgan sarmoyaning 33 foizi Xitoyga tegishli. Mamlakatda Xitoyning 300dan ortiq korxonasi, shuningdek, 200ga yaqin Qirgʼiziston-Xitoy qoʼshma korxonalari faoliyat yuritmoqda. Togʼ-kon korxonalarining 80 foizi Xitoy kompaniyalariga tegishli.
Har bir mustamlakachi davlat yangi boʼshab borayotgan maydonni oʼz taʼsiri ostiga olishga intilishi kabi Yevropa Ittifoqi ham Markaziy Osiyoda, jumladan Qirgʼizistonda oʼz taʼsirini kuchaytirishga intilmoqda. Yevropa Ittifoqi bu yoʼlda asosan “inson huquqlari”, va “soʼz erkinligi” shiorlaridan foydalanib, demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va taʼlim sohasiga mablagʼ ajratish orqali oʼz maqsadini amalga oshiradi. Shuningdek, sarmoya bahonasida Qirgʼiziston kabi kambagʼal davlatlarni oʼz taʼsiriga olishni maqsad qiladi. Yevropaning bu maqsadlari maʼlum darajada amalga oshdi. Qirgʼiziston hukumati mamlakatdagi yirik loyihalar uchun xalqaro tashkilotlarga murojaat qilib, Yevropa davlatlaridan sarmoya jalb qilishga harakat qilmoqda.
Demak, Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, Qirgʼiziston ustidan mustamlakachilik uchun kurash tobora kuchaymoqda. Аfsuski, ustimizdagi malay hokimlar arzimagan moddiy manfaatlarni qoʼlga kiritish yoki oʼz kursini saqlab qolish ilinjida kuch kim tomonda boʼlsa oʼshaning ortidan ergashib ketishmoqda.
Biz musulmonlar foydaga asoslangan va zulm ustiga qurilgan kapitalistik tuzumni uloqtirib, Islomga yuzlanmagunimizcha mustamlakachilar va ularning qurboni boʼlishdan qutula olmaymiz. Shunday ekan, biz nafaqat Markaziy Osiyo xalqini, balki butun dunyo aholisini bunday xoʼrliklardan xalos qiladigan Xalifalik davlatini barpo etish uchun hamjihatlikda harakat qilishimiz lozim!
Nurdin Аsanaliev