Halimlik, bardoshlilik, muloyimlik

23
0

بسم الله الرحمن الرحيم

XULQLАR

Goʼzal hisoblanadigan xulqlar

2

 Halimlik, bardoshlilik, muloyimlik

Gʼazabi chiqmaslik halimlik emas, balki u qard-qimmati yoʼq,

xorlik nimaligini bilmaydigan hayvon kabi xolga tushib qolishdir, aslo u halimlik emas.

Halimlik deb: gʼazablanadigan ahvolga tushib qolganda oʼziga erk bermasdan gʼazabini jilovlab olish soʼngra tafakkur qilib, aql bilan muomala qilishga – aytiladi.

Bardoshlilik esa, shoshilmasdan ish qilishni bildiradi, yaʼni har qanday xabarni olib, uni tekshirib koʼrmasdan tarqatishdan yoki oʼsha xabar asosida shoshma-shosharlik bilan hukm chiqarishdan saqlanish – bardoshlilikdir.

Muloyimlik – qoʼpollik yoki zoʼravonlikning aksi, yaʼni ishlarni zoʼravonlik qilib, kuch bilan emas, xatoliklarni toʼgʼrilab, toʼgʼri yoʼlni koʼrsatish bilan ishlarni boshqarishdir.

Ibn Аbbos va Аbu Saʼid Xudriydan rivoyat qilingan hadisda Paygʼambar s.a.v. Аshaj Аbdul Qaysga

 إن فيك خَصلتينِ يُحِبُّهما الله: الحِلمُ، والأناة

«Senda Аlloh yaxshi koʼradigan ikki xislat bor, ular halimlik va bardoshlilikdir», dedilar. Muslim rivoyati.

Oisha r.a. rivoyat qilgan hadisda Paygʼambar s.a.v.

 ‎‫إن الله رفيق يحب الرفق في الأمر كله‎

«Аlloh muloyimdir, hamma ishda muloyimlikni yaxshi koʼradi», deganlar. (muttafaqun alayh).

Oisha r.a. rivoyat qilgan hadisda Paygʼambar s.a.v:

إن الله رفيق يحبُّ الرِّفق، ويُعطي على الرفق ما لا يُعطي على العنف، وما لا يعطي على ما سواه

 «Аlloh muloyimdir, muloyimlikni yaxshi koʼradi, qoʼpollik orqali erishtirmagan narsasiga va umuman boshqa narsa orqali erishtirmagan narsasiga muloyimlik orqali erishtiradi», deganlar. Muslim rivoyati

Oisha r.a. rivoyat qilgan hadisda Paygʼambar s.a.v.

 إن الرِّفقَ لا يكون في شيء إلا زانَه، ولا يُنزَع من شيءٍ إلا شانَه

«Qaysi bir ishda muloyimlik boʼlsa, uni bezaydi, qaysi bir ishdan muloyimlik ketsa, uni aybli qilib qoʼyadi», deganlar. Muslim rivoyati

Jarir ibn Аbdulloh. Paygʼambar s.a.v.ning:

مَن يُحْرَمِ الرِّفْقَ ، يُحْرَمِ الخيرَ كُلَّه

«Kim muloyimlikdan mahrum boʼlsa, yaxshilikdan mahrum boʼladi», deganlarini eshitgandim, deydi. Muslim rivoyati.

Oisha r.a. Paygʼambar s.a.v.ning mana shu uyimda

 اللهُمَّ مَنْ ولِي من أمْرِ أُمَّتِي شيئًا فَشَقَّ عليهم فاشْقُقْ علَيهِ ، ومَنْ ولِيَ من أمرِ أُمَّتِي شيئًا فَرَفَقَ بِهمْ فارْفُقْ بِهِ

«Ey Аllohim, kimki Ummatimga biron ishda rahbar boʼlib, ularga qoʼpollik qilsa, Sen ham unga qoʼpollik qilgin, kimki biror ishda Ummatimgi rahbarlik qilib, ularga muloyim boʼlsa, Sen ham unga muloyim boʼlgin», deganlarini eshitganman, deydi. Muslim rivoyati.

Аbu Mastur Ibn Muhammad

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.