Gʼarbning buzuq gʼoyalari – demografik inqiroz

51
0

Gʼarbning buzuq gʼoyalari – demografik inqiroz

Bugungi kunda Gʼarb jamiyati halokat yoqasiga kelib qoldi. Chunki Gʼarbda, ayniqsa Yevropa davlatlarida tugʼilish nisbati kamayib, keksalar koʼpayib bormoqda. Masalan, baʼzi Gʼarb shaharlarida odamlarning oʼrtacha yoshi 60 yoshni tashkil qiladi. Bu Gʼarb jamiyati qarib qolganiga eng yorqin dalildir. Bunday holat iqtisodiyotga katta salbiy taʼsir etibgina qolmay, naslning ham yoʼq boʼlib ketish xavfini orttiradi.

Olimlarning fikricha, Gʼarbda gomoseksualizm va feminizm kabi buzuq gʼoyalarning tarqalishi ushbu demografik falokatning asosiy sababchisidir. Oʼz navbatida, bu buzuq gʼoyalar jamiyatning anʼanaviy asoslarini buzib, “oila”, “ota-onalik”, “nikoh”, hatto “ayollik” va “erkaklik” tushunchalariga qarshi kurashadi.  Аlbatta, bu yomon oqibatlarga olib kelishi tabiiy.

Gʼarb mazkur buzuq gʼoyalarni butun dunyoga yoyishga harakat qilmoqda. Binobarin, u butun dunyo boʼylab oʼz taʼsirini va hukmronligini BMT yordamida tarqatayotgani hech kimga sir emas. Boshqacha aytganda, Gʼarbning qoʼlidagi vositaga aylanib qolgan BMT bu sohada katta ishlarni amalga oshirmoqda va Gʼarbning buzuq gʼoyalarini odamlarga qabul qildirish va tarqatish uchun kuchli tashviqot olib bormoqda.

BMT rezolyutsiyalari va Gʼarb qonunlari “uchinchi jins” mavjudligini tan oladi va jinsini oʼzgartirmoqchi boʼlgan har bir kishini ragʼbatlantirib, qoʼllab-quvvatlaydi. BMT gender tengligi, ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish niqobi ostida gomoseksualizm va feminizm gʼoyalarini ilgari suradi. Buning uchun tegishli qonun va dasturlarni qabul qildirish maqsadida tashkilotga aʼzo davlatlarga bosim oʼtkazadi. Qolaversa, BMT 17 may kunini Xalqaro gomofobiya, transfobiya va bifobiyaga qarshi kurash kuni deb eʼlon qildi.

BMT, shuningdek, gomoseksualizm va feminizmni qonuniylashtiradigan xalqaro konventsiyalarni qabul qildi. Masalan: Аyollarni diskriminatsiya qilishning barcha shakllariga barham berish toʼgʼrisidagi konventsiya, Аyollarga nisbatan zoʼravonlikni tugatish toʼgʼrisidagi deklaratsiya, Yevropa Kengashining ayollarga nisbatan zoʼravonlikka qarshi kurash va uning oldini olish toʼgʼrisidagi konventsiyasi (Istanbul konventsiyasi) shular jumlasidan. Аyollar maqomi boʼyicha BMT komissiyasining 2004 yilgi bayonnomasida gomoseksualizm rasman qabul qilinib, gomoseksuallarning huquqlarini himoya qilish va ularni jamiyatga qabul qilishga chaqirilgan. Gomoseksuallikni qonuniylashtirish maqsadida BMTning Inson huquqlari boʼyicha boshqarmasi 2012 yilda “geylar huquqlari boʼyicha qoʼllanma” chiqardi. Bunday harakatlar, qonunlar, konventsiyalar va qarorlar natijasida gomoseksualizm va feminizm gʼoyalari keng tarqalmoqda. Hatto bogʼcha, maktab va taʼlim muassasalarida ham targʼibot ishlari olib borilmoqda.

Oʼz navbatida, bu buzuq gʼoyalarning tarqalishi yomon oqibatlarga olib keldi. Аniqrogʼi, Yevropa jamiyatida oilalar buzilib, tugʼilishlar kamaymoqda va oʼz joniga qasd qilish holatlari koʼpayib bormoqda. Le Figaro nashri chop etgan tadqiqotga koʼra, Yevropa davlatlarini “demografik halokat” kutmoqda. Tadqiqot shuni tasdiqlaydiki, Yevropada tugʼilish darajasi oʼta pasayib ketganligi tufayli yangi avlod paydo boʼlishiga kafolat yoʼq. Tadqiqotda aytilishicha, Italiyada 1964 yilda bir million bola tugʼilgan boʼlsa, 2022 yilda atigi 393 ming bola tugʼilgan. Yevrostat hisobotiga koʼra, soʼnggi oʼn yillikda Yevropa Ittifoqi aholisining oʼsish surʼati sekinlashmoqda. Soʼnggi oʼn yilliklarda oʼlim soni tugʼilishdan koʼp boʼlib, Yevropa aholisining asosiy qismi qariyalardan iborat boʼlib qolgan.

Gomoseksualizm va feminizmning buzuq gʼoyalari natijasida oila instituti ham izdan chiqdi. Frantsiya Milliy Statistika Instituti maʼlumotlariga koʼra, 1991 yilda nikohsiz tugʼilgan bolalar soni 37 foizni tashkil etgan boʼlsa, 2022 yilda bu koʼrsatkich 65 foizga yetgan. Britaniyada esa 2008 yilda er-xotinlik ozchilikni tashkil qilib, aksariyat odamlar nikohsiz munosabatlarni tanlagan va bolalarning deyarli yarmi nikohsiz tugʼilgan. Shuningdek, yolgʼiz erkaklar va ayollar darajasi 50% dan oshib ketgan. Har uch juftlikdan ikkitasi ajrashgan.

Gʼarb targʼib qilayotgan gomoseksualizm va feminizm gʼoyalari Gʼarb jamiyatining hayotiga tahdid solmoqda. Chunki bu buzuq gʼoyalar jamiyat poydevorini buzib, xalqning yoʼq boʼlib ketishiga olib keladi. Biroq, xuddi shu tadqiqotlarning tasdiqlashicha, musulmonlar jamiyati koʼpayib boryapti. XXI asr oʼrtalariga kelib musulmonlar soni uch milliardga yetishi aytilmoqda. Musulmonlarning bunday muvaffaqiyatining siri nimada? Аlbatta, buning siri Islomda. Islom demokratiyaning buzuq gʼoyalari va tushunchalarini rad etadi. Musulmonlar oʼz dinlarining qadriyatlarini bu buzuq gʼoyalardan ustun qoʼyadilar. Shuning uchun ham, yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan Gʼarb turli rezolyutsiya va konventsiyalar tayyorlab, boshqa davlatlar, xususan musulmon davlatlarga buzuq gʼoyalarini qabul qildirish uchun BMTni ishga solmoqda. Demak, biz BMTning halokatga olib keladigan turli rezolyutsiyalari va konventsiyalarini rad etishimiz lozim. Аyni paytda dinimizni mustahkam ushlab, Islomni oliy qilishga harakat qilishimiz kerak. Islom nafaqat musulmonlarni, balki butun insoniyatni halokatdan qutqaradigan mafkuradir!

Horun Аbdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.