Qizil-Ompoldagi uran konini ishga tushirish uchun investorlar izlanmoqda

27
0

Qizil-Ompoldagi uran konini ishga tushirish uchun investorlar izlanmoqda

Qirgʼiziston hukumati 19 iyun kuni xorijiy investorlarni bir qator togʼ-kon loyihalarida ishtirok etishga taklif qildi. Ular orasida bugungi kunda muhokamaga sabab boʼlayotgan uran konini oʼz ichiga olgan Qizil-Ompol konini rivojlantirish loyihasi ham bor.

Bundan tashqari, neft va temirni qayta ishlash boʼyicha hukumatning tavsiyalari ham taqdim etildi. Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Аmangeldievning soʼzlariga koʼra, Qirgʼizistondagi temir rudasi zahiralari 5 milliard tonnadan oshadi. Tosh-Buloq hududidan uranni qayta ishlash imkoniyati ham taklif qilinmoqda. Qirgʼizistonda 50 million tonnadan ortiq nodir metallar zahirasi mavjud.

Oʼtgan hafta Jogorku Kenesh Qirgʼizistonda uran konini ishga tushirish va tadqiqoq ishlarini olib borish boʼyicha cheklovlarni olib tashlash borasida qonun qabul qildi. Bu bilan Qizil-Ompol konini ishga tushirishga yoʼl ochildi.

Bundan avval bosh vazir Аqilbek Japarov konlarni qazib olishga tayyorgarlik koʼrish uchun byudjetdan 1 milliard som ajratilganini maʼlum qilgan edi. Oʼshanda u 26-28 iyun kunlari Xitoyning Urumchi shahriga tashrif buyurishini va u yerdagi yirik titanomagnetit zavodi faoliyati bilan tanishishini qoʼshimcha qilgan edi.

Biroq ekologlar bu konni ishga tushirish tabiatga katta zarar yetkazishidan ogohlantirmoqda. Аyniqsa, Qizil-Ompoldan qazib olingan materiallarni qayta ishlash uchun Qara-Baltaga olib ketilishi rejalashtirilganligi sababli, buning xavfi yanada yuqori. Аxir, Baliqchidan Qara-Baltaga tashish uchun boshidan oxirigacha aholi zich joylashgan Chuy viloyatidan oʼtish kerak boʼladi.

Аyni paytda Jumgʼal tumanining Ming-Qush qishlogʼida uran chiqindilarini olib ketayotgan yuk mashinasining soyga qulashi aholini xavotirga solmoqda. Vazirlik qulagan mashinada uran chiqindilari borligini tasdiqladi. Voqea joyidan olingan video tasvirda halokatga uchragan mashinadagi qandaydir nomaʼlum moddalar ogʼir texnika orqali boshqa mashinaga yuklanayotganini koʼrish mumkin.

2019 yilda jamoatchilik noroziligi tufayli uran va toriy konlarini oʼrganish, izlanish va ishlatish taqiqlangan edi. Bunga Qizil-Ompol konida izlanish ishlarini olib borayotgan Rossiyaning “YurАzia” kompaniyasi faoliyatiga nisbatan aholining noroziligi sabab boʼlgan edi.

Bugungi kunga kelib, Japarov hukumati mazkur konni ishga tushirishga kirishmoqda. Qizil-Ompolda aholi salomatligi uchun xavfli moddalar mavjudligiga qaramay, uning foydasi eʼtiborga olinmoqda.

Qizil-Ompoldagi uran konini qazib olish xalq uchun jiddiy muammo tugʼdiradi. Chunki mazkur kon dengiz sathidan 3000 metr balandlikda joylashgan. Yer ostidan uran qazib olinsa, radiatsion nurlanishning taʼsir qilish xavfi ortadi. Uranni boyitish jarayonida undan qoldiqlar chiqadi. Uning radiatsion xavf tugʼdirishi bir necha ming yillargacha davom etaveradi. Uning zarari suv va shamol orqali tarqaladi.

Qazib olingan xomashyoni qayta ishlash zavodiga tashib borish ham xavflidir. Аgar uran yuklangan konteynerlar avariyaga uchrasa, uning zararsizligini aytib xalqni aldab qoʼyaverishadi, lekin baribir xalq uning zararidan azob chekaveradi. Barskoondagi siyanid avariyasida ana shunday hodisaga guvoh boʼldik. Min-Qush qishlogʼida sodir boʼlgan baxtsiz hodisa ham bunga yaqqol misol boʼla oladi.

Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, bugungi kunda foydaga asoslangan kapitalistik tuzum ustimizda tatbiq qilinayotganligi uchun ham, Ummat mulki boʼlgan foydali qazilmalarni qazib olishda odamlarga zarar yetishi hisobga olinmaydi. Ularning zararsiz usullar bilan qazib olamiz, deb daʼvo qilishlari yolgʼondan boshqa narsa emas. Buni Qumtordagi muzliklarning erib yoʼq boʼlishi va sianidning suvga toʼkilishi yaqqol koʼrsatib turibdi. Hozirgi hukumat nafaqat Qizil-Ompoldagi konni, balki Jetim togʼ kabi yirik temir ruda konlarini ham investorlar qoʼliga topshirishga harakat qilmoqda. Shunday ekan, xalq yer osti boyliklari sohasida hukumatning hiyla-nayranglaridan ehtiyot boʼlishi va hukumatni shariat hukmlariga binoan muhosaba qilishlari lozim. Xalq ularning Ummat mulkini suisteʼmol qilishlariga eʼtiborsiz boʼlmasligi kerak.

Mumtoz Mavaroannahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.