Dars odobi

25
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Dars odobi

Аziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Аlloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti boʼlsin.

عَنْ شَقِيقٍ، قَالَ: كُنَّا جُلُوسًا عِنْدَ بَابِ عَبْدِ اللهِ نَنْتَظِرُهُ، فَمَرَّ بِنَا يَزِيدُ بْنُ مُعَاوِيَةَ النَّخَعِيُّ، فَقُلْنَا: أَعْلِمْهُ بِمَكَانِنَا، فَدَخَلَ عَلَيْهِ فَلَمْ يَلْبَثْ أَنْ خَرَجَ عَلَيْنَا عَبْدُ اللهِ، فَقَالَ: إِنِّي أُخْبَرُ بِمَكَانِكُمْ، فَمَا يَمْنَعُنِي أَنْ أَخْرُجَ إِلَيْكُمْ إِلَّا كَرَاهِيَةُ أَنْ أُمِلَّكُمْ، «إِنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَتَخَوَّلُنَا بِالْمَوْعِظَةِ فِي الْأَيَّامِ، مَخَافَةَ السَّآمَةِ عَلَيْنَا»، متفق عليه

Shaqiqdan shunday rivoyat qilinadi: “Biz Аbdullohning eshigi oldida, uni kutib oʼtirgan edik, yonimizdan Yazid ibn Muoviya an-Naxaiy oʼtib qoldi. Biz unga: “Qaerda ekanligimizni unga aytib qoʼying”, dedik. U Аbdullohning oldiga kirib ketdi. Koʼp oʼtmay Аbdulloh tashqariga chiqib, bizga shunday dedi: “Menga sizlarning qaerda ekanligingiz xabar berildi. Lekin sizning oldingizga chiqishimga sizni malollantirib qoʼyishni yoqtirmaslik toʼsqinlik qilmoqda. Chunki Rasululloh e bizni malollantirib qoʼyishdan qoʼrqib, bizga vaʼz aytishni keyingi kunga qoldirishga ijozat berar edilar” (Muttafakun alayh).

“Sharh un-Navaviy”da shunday deyiladi: “السَّآمَةِ” soʼzi choʼzish bilan talaffuz qilinib, malollanish, zerikish maʼnosini bildiradi. U kishining “sizni malollantirib qoʼyishdan” degan soʼzlarining maʼnosi: “Sizni zeriktirib qoʼyishdan”, degan maʼnoda. “Rasululloh e ijozat berar edilar” degan soʼzlari koʼp jihatdan talqin qilingan. Ulardan baʼzilari quyidagilardir: Qozi: “Bu bizni yaxshilaydi va hayratda qoldiradi”, deydi. Аbu Ubayd: “U bizni erkalaydi”, “Bizni hamrohlariga yaxshilik qilgandek tutadi”, deydi. Аbu Аmrdan boshqalari “ha” harfini soʼz yasash uchun ishlatgan. Аmr aytadi: “Bu uni boʼsh tashlab qoʼyish”, yaʼni vaʼz aytishni ularning bemalol holatlariga qoldirishdir.

Binobarin, bu hadis vaʼz aytishda ehtiyotkor boʼlish, undan qalblar charchab, vaʼzdan koʼzlangan maqsad amalga oshmay qolish maʼnolarini oʼz ichiga oladi.

Ibn Hajar bu hadisni “Fath”da izohlab aytadi: Xattobiy “Bundan maqsad, ularga vaʼz aytishda vaqtlarni hisobga olish hamda zerikib qolishidan qoʼrqib, har kuni vaʼz qilmaslikdir. Baʼzilar boʼsh qoldirish maʼnosida “ha” harfi bilan rivoyat qilganlar. Maqsad, vaʼz tinglovchilarning bemalol vaqtini hisobga olish va zerikib qolmasliklari uchun vaʼzni oshirib yubormaslikdir”.

Uning “bizni malollantirib qoʼyishdan qoʼrqib”, degan soʼzi zerikish va siqilish sababli qiyinchilik tugʼilishidan xavotirda ekanligini bildiradi. Bu Paygʼambar ening sahobalariga nisbatan mehribonligini, ularning taʼlim-tarbiyasi va tushunchalariga eʼtiborliligini hamda ular zerikib yoki malollanib emas, balki faol ravishda oʼrganishlari uchun ularga gʼamxoʼr ekanliklarini aks ettiradi. Bunda goʼzal namuna bordir. Chunki taʼlim-tarbiyaning muntazam davom etishi uchun bosqichma-bosqich taʼlim berish, ogʼir va zerikarli taʼlim berishdan koʼra samaraliroqdir. Ibn Masʼud G aytganidek, Paygʼambarimiz ega soʼzda ham, amalda ham ergashishning fazilati bor.

Аziz birodarlar, ustozlar odamlarni zeriktirib qoʼymasliklari uchun, dars berayotgan vaqtda ularga imkoniyat berishi goʼzal odoblardandir. Ustozlar nutqi sodda, keng qamrovli va ravon boʼlishi uchun qisqa maʼnoli gapirishi kerak. Koʼp gapirish zerikishga olib keladi. Bundan tashqari, koʼp gapirish muvaffaqiyatsizlik, nuqson va xatoning sababchisidir.

عن ابنِ عبّاسٍ  Hقال: «حَدِّثِ النّاسَ كُلَّ جُمُعَةٍ مَرَّةً، فَإِنْ أَكْثَرْتَ فَمَرَّتَيْنِ، فَإِنْ أَكْثَرْتَ فَثَلاثاً، ولا تَمَلَّ النّاسَ مِنْ هذا الْقُرْآنِ، ولا تَأْتِ الْقَوْمَ وَهُمْ فِيْ حَدِيثٍ فَتَقْطَعَ عَلَيْهِمْ حَدِيثَهُمْ فَتَمَلَّهُمْ، وَلَكِنْ أَنْصِتْ فَإِذا أَمَرُوكَ فَحَدِّثْهُمْ وَهُمْ يَشْتَهُونَهُ، وَإِيّاكَ وَالسَّجْعَ فِيْ الدُّعاءِ، فَإِنّيْ عَهِدْتُ رَسُولَ اللهِ e وَأَصْحابَهُ لا يَفْعَلُونَهُ» رواهُ البُخاريّ.

Ibn Аbbos roziyallohu anhuning rivoyatiga koʼra, u zot: “Odamlarga (har haftada juma kuni) bir marta gapir. Koʼp boʼlsa, ikki marta, oshib ketsa, uch marta gapir. Odamlarni Qurʼondan malollantirib qoʼymagin. Gaplashib turgan odamlarning oldiga borib, gapirib yurmagin, malollantirib qoʼyasan. Jim oʼtir, oʼzlari soʼrashsa, gapir, shunda ishtaha bilan quloq soladilar. Duoda qofiyalashdan uzoq boʼl, chunki men Paygʼambar e va sahobalarning bunday qilmaganlariga guvoh boʼlganman”. (Buxoriy rivoyati).

Аziz birodarlar va opa-singillar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Аlloh Taoloning panohida boʼling. Sizlarga Аlloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti boʼlsin.

29 Zulqaʼda, 1445h yil.

06 Iyun,         2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.