Qurbon bayramingiz muborak boʼlsin!

125
0
Eid Al Adha Mubarak Social Media Post Illustration Design Template

Qurbon bayramingiz muborak boʼlsin!

اللَّهُ أَكْبَرُ اللَّهُ أَكْبَرُ لَا إلَهَ إلَّا اللَّهُ وَاَللَّهُ أَكْبَرُ اللَّهُ أَكْبَرُ وَلِلَّهِ الْحَمْدُ

Аllohu akbar, Аllohu akbar, la ilaha illalloh, vallohu akbar, Аllohu akbar, va lillahil hamd…

Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni yer yuzida xalifa qilishni vaʼda qilgan Аllohga hamdu sanolar boʼlsin. Konstantinopol va Rimning fath qilinishini bashorat qilgan Rasululloh ega, u kishining oilalari, ashoblari va u zotga yaxshilik bilan ergashgan zotlarga salotu salomlar boʼlsin! Butun dunyo musulmonlarini, jumladan, Qirgʼiziston musulmonlarini ham ushbu ulugʼ bayram bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Аllohdan duo va ibodatlarimizni qabul qilishini soʼraymiz.

Аlloh taolo aytadi:

كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنْ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ

“– (Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi boʼldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Аllohga iymon keltirasiz”.

Bu yilgi Qurbon hayit bayrami kofir Gʼarb dunyosi va uning yugurdaklariga aylangan malay hokimlarning Islomga qarshi kurashi kuchaygan davrga toʼgʼri keldi. Musulmonlar oʼtgan yillardan farqli oʼlaroq, yanada jasorat va qatʼiyat bilan Falastinni himoya qilishlarini butun dunyoga isbotladilar. Falastin xalqi togʼlar koʼtarolmaydigan yukni koʼtarishda sabr qilmoqda. Zero, Islom nuridan nur olish va Islomni qalbdan qabul qilish pozitsiyasi mana shunday boʼladi.

Boshqa tomondan, kufr jamiyati oʼzining munofiqligini va gʼoyalaridan voz kechganini ochiq-oydin koʼrsatmoqda. Xususan, Islom va musulmonlarga qarshi harakatlarida oʼzlari shior sifatida koʼtargan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish qadriyatlari yer bilan yakson boʼldi. Buni yahudiy vudjudining bosqinchilik harakatlariga va uni qoʼllab-quvvatlayotgan kapitalistlarga qarshi Gʼarb va Sharq xalqlarining harakatlari yaqqol koʼrsatib turibdi.

Ushbu muborak bayramda ishgʼolchi yahudiylarning bombalari ostida qolayotgan Gʼazodagi birodarlarimizni va dunyoning boshqa joylarida kufr hujumlariga duchor boʼlayotgan birodarlarimizni aslo unutmaymiz.

Shuningdek, bu yilgi Qurbon hayit bayrami Qirgʼiziston hukumati oʼz taxtini mustahkamlash va himoya qilish yoʼlida Islom va musulmonlarga nisbatan zulmlarini kuchaytirayotgan davrga toʼgʼri keldi. Zero, Qirgʼiziston musulmonlari avvalgidan koʼra koʼproq oʼz diniga talpinib, Islomni mahkam tutmoqdalar. Buning uchun Аllohga cheksiz hamdlar aytamiz.

Qodir Аllohdan yaqin kunlarda barcha musulmonlarni Oʼz nusrati bilan xursand qilishini, bizni Islom bilan, Islomni biz bilan aziz qilishini soʼraymiz. Keyingi hayit bayrami tabriklarini Xalifamizning oʼzidan eshitishimizni Ulugʼ Robbimizdan soʼrab qolamiz.

Hizb ut-Tahrirning Qirgʼizistondagi matbuot boʼlimi

10 Zulhijja 1445h

15 iyun 2024m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.