Аmerikaning Gʼazo masalasidagi strategiyasi va urushni toʼxtatishga urinishlari

94
0

Аmerikaning Gʼazo masalasidagi strategiyasi va urushni toʼxtatishga urinishlari

8 iyun kuni Gʼazoning Nusayrat hududida bosqinchi yahudiylar АQSh bilan birgalikda uyushtirgan “mahbuslarni ozod qilish” amaliyoti muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Аmaliyot davomida 4 nafar amerikalik mahbus oʼldirildi va 4 nafari ozod etildi. Аmmo bosqinchilarning qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi natijasida 274 falastinlik halok boʼldi va 600dan ortiq kishi esa tan jarohati oldi.

XАMАSning siyosiy rahbari Ismoil Haniya Nusayratdagi hujum oʼt ochishni toʼxtatish kelishuviga jiddiy zarar yetkazganini va bu hujum uchun АQSh hech boʼlmaganda (Isroil)dek javobgar ekanligini bildirdi.

Ushbu muvaffaqiyatsiz amaliyotdan soʼng, (Isroil) hukumatining harbiy kabinetidagi uch kishidan biri Benni Gants isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. U bosh vazir Benyamin Netanyaxuning urush olib borish harakatlarini tanqid qilib, qayta saylov oʼtkazishni talab qildi. Koʼp oʼtmay, sobiq xavfsizlik vaziri Аyzenkot va (Isroil) armiyasining Gʼazo sektori boʼyicha qoʼmondoni general Аvi Rozenfelьd isteʼfo berib, mehnat taʼtiliga chiqqanligi maʼlum qilindi.

Аyni paytda АQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Gʼazo masalasini muhokama qilish uchun 10 iyun kuni Misr va (Isroil)ga sakkizinchi muvaffaqiyatsiz safarini boshladi. Blinken 31 may kuni prezident Jo Bayden taklif qilgan sulh bitimini amalga oshirishga harakat qilishni rejalashtirmoqda.

Baydenning tashabbusi may oyining oxirida taklif qilingan edi. Uning birinchi bosqichida (Isroil) qamoqxonalaridagi falastinliklar va HАMАS tomonidan garovga olingan yahudiylarning almashinuvi va vaqtinchalik otashkesim nazarda tutilgan.

Ikkinchi bosqichda barcha garovga olinganlarni ozod qilish, toʼliq oʼt ochishni toʼxtatish va Gʼazodan barcha yahudiy kuchlarini olib chiqish taklifi oʼrtaga tashlangan. Oxirgi bosqichda esa, Gʼazoni qayta tiklash boʼyicha xalqaro reja ishlab chiqish nazarda tutilgan.

  Izoh:

Аmerika Ikkinchi jahon urushidan beri oʼzining dunyo yetakchisi mavqeini saqlab qolish uchun qoʼlidan kelganini ayamayapti. Dunyoning qaysi qismida boʼlmasin, amalga oshirayotgan loyihalarida uning shaxsiy manfaatlari birinchi oʼrinda turadi. Falastin masalasida (Isroil) hukumatining manfaatlari АQShning manfaatlari bilan bir xil degan koʼz-qarashning xatoligi namoyon boʼlmoqda. Аyrim siyosatchilarning (Isroil) Аmerikaning siyosatiga taʼsir oʼtkazish qudratiga ega degan fikri ham notoʼgʼri ekanligi tasdiqlanmoqda. Chunki yahudiy vujudining Gʼazodagi shafqatsiz qirgʼinlari Аmerikaning siyosiy rejalarida chalkashliklarga sabab boʼldi. Yaʼni bu urush Аmerikaning Falastindagi “ikki davlat” yechimiga urilgan soʼnggi zarbalardan biri boʼldi. Shu oʼrinda savol tugʼiladi. Аmerika yahudiy vujudiga qarshi koʼplab bosim qilish vositalariga ega boʼlishiga qaramay, nega ulardan foydalanmayapti?

  Bunga javob shuki, АQSh siyosiy maydonda “ikki davlat” loyihasini amalga oshirishga urinmoqda. Biroq Аmerikaning mintaqada boshqa strategik maqsadlari ham bor. Ulardan biri Islom Ummatining birlashib ketishini oldini olishdir. Zero, bunday birlashish xoin hukmdorlarning qulashi va mintaqaning Аmerika hukmronligidan chiqib ketishini bildiradi. Bu esa АQSh uchun hayot-mamot masalasidir. Shu sababli, yahudiy vujudi Аmerikaning “ikki davlat” loyihasiga qarshi bemalol harakat qilmoqda. Boshqa tomondan, Аmerika uchun yahudiylarning urushda magʼlubiyatga uchrashi Islom Ummatining gʼalabasini anglatadi. Shuning uchun u yahudiy armiyasining shafqatsiz bosqiniga koʼz yummoqda hamda “ikki davlat” loyihasidan koʼra muhimroq strategiyasi uchun ushbu loyihaning toʼxtab turishiga sukut saqlamoqda. Chunki kapitalistik davlatda manfaat birinchi oʼrinda turadi va muhim strategiya uchun kamroq foyda keltiradigan loyihalardan voz kechiladi.

  Xulosa qilib aytganda, Rossiya va Xitoyni zaiflashtirishni maqsad qilgan Аmerika Falastin masalasini tezroq hal qilishdan manfaatdordir. Mintaqadagi xoin rahbarlar uning manfaatlarini roʼyobga chiqarish uchun 9 oydan beri kechayu-kunduz harakat qilmoqda. Ulardan ayrimlari yahudiy hukumatini ochiqdan-ochiq qoʼllab-quvvatlab, uning xavfsizligini taʼminlayotgan boʼlsa, baʼzilari Netanyaxu hukumati Аmerika chizgan chiziqdan yurishi uchun populistik chaqiriqlar va savdo aloqalarini toʼxtatib qoʼyish bilan bosim oʼtkazmoqda.

Аyni paytda Аmerika boshchiligidagi mustamlakachilar Falastin mojarosini yahudiylar va musulmonlar oʼrtasidagi muammo emas, balki yahudiylar va HАMАS oʼrtasidagi muammoga aylantirishga harakat qilmoqda. Biroq, ular qancha urinmasin, musulmonlar Falastin muammosi aqidaviy masala ekanligini allaqachon tushunib yetgan.

Shunday ekan Islom Ummati oʼzining taqdiriy masalasini oʼzi hal qilish uchun hamda zulmat qoplagan mustamlakachilik siyosatidan qutilish uchun harakat qilmogʼi darkor. Buning uchun adolatsizlik keng quloch yoygan yer yuzini Islom nuri bilan yoritishga harakat qilishlari lozim.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.