Xitoyning Qirgʼizistondagi taʼsiri kuchayib bormoqda

84
0

Xitoyning Qirgʼizistondagi taʼsiri kuchayib bormoqda

Soʼnggi oʼn yillikda Qirgʼiziston va Xitoy oʼrtasidagi hamkorlik juda faol rivojlandi. Qirgʼiziston Xitoyning gʼarbiy qismi bilan chegaradosh boʼlgani sababli Xitoy uchun strategik ahamiyatga egadir. Chunki “Bir kamar, bir yoʼl” loyihasi doirasida Markaziy Osiyo orqali Gʼarbga savdo yoʼllarini ochishdan va mamlakatimizdagi xomashyolardan Xitoy manfaatdor. Xitoy Qirgʼizistonning asosiy savdo sherigiga aylangani ochiq-oydin koʼrinib turibdi. Statistik maʼlumotlarga koʼra, 2023 yilda Qirgʼiziston tashqi savdo aylanmasi 15,7 milliard dollarni tashkil etgan. Bundan 12,4 milliard dollari importga toʼgʼri kelsa, 3,3 milliard dollari eksportga toʼgʼri keladi. Qirgʼiziston va Xitoy oʼrtasidagi umumiy savdo hajmi esa 5,4 milliard dollardan iborat boʼlib, tashqi savdo aylanmasining 34,4 foizini tashkil etdi. Qirgʼiziston Xitoyga 80,4 million dollar miqdorida mol eksport qilgan va bir vaqtning oʼzida 5,3 milliard dollar miqdorida import qilgan. Bu hajm Xitoy bilan umumiy savdo hajmiga deyarli teng. Koʼrib turganingizdek, eksport va import oʼrtasidagi juda katta farq mavjud.
Bugungi kunda Qirgʼizistonning tashqi qarzi 6 milliard dollardan oshdi. Tashqi qarzning katta qismi Xitoy bankiga tegishlidir. Аniqrogʼi, Qirgʼiziston Xitoydan 1,7 milliard dollar qarzdor. Xitoyga toʼlanadigan qarz yildan-yilga ortib bormoqda. Masalan, 2007 yilda Qirgʼiziston Xitoydan bor-yoʼgʼi 8,5 million dollar qarz boʼlgan boʼlsa, hozir bu miqdor 1,7 milliard dollarga yetdi.
Mamlakatimizda Xitoyning 300 dan ortiq korxonasi, shuningdek, 200 ga yaqin Qirgʼiziston-Xitoy qoʼshma korxonalari faoliyat yuritmoqda. Togʼ-kon sanoati korxonalarining 80 foizi xitoyliklarga tegishli.

Koʼrib turganingizdek, bir tomondan Xitoydan qarzimiz ortib borayotgan boʼlsa, ikkinchi tomondan yer osti boyliklarimizni talon-taroj qilayotgan korxonalarning aksariyati Xitoyga qarashli. Mamlakatimizga kredit sifatida kelgan qarzlarning aksariyati Xitoyga qaytib ketadi. Buning misolini mamlakatimizdagi ikkita yirik loyihada koʼrishimiz mumkin. Bishkek issiqlik elektr stantsiyasini modernizatsiya qilish uchun Xitoy bankidan 386 million dollar, “Datka-Kemin” liniyasini qurish uchun esa, 389 million dollar kredit olindi. Ushbu ikkita yirik loyiha Xitoyning TVEА kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Boshqacha aytganda, Xitoydan kredit olib, oʼziga qaytarib berdik, ammo qarz yelkamizda qoldi. Mana shunday loyihalar bilan Xitoy bir tosh bilan ikki qushni urib, bizni qarzga botirmoqda.
Konchilik sohasida ham ahvol yaxshi emas. Yuqorida aytib oʼtilganidek, togʼ-kon sanoati korxonalarining 80 foizi xitoyliklarga tegishli. Xitoy kompaniyalari oʼz faoliyati toʼgʼrisida hech qanday hisobot bermaydi. Shuning uchun ular qancha kon qazayotgani, mamlakatdan qanchasini olib chiqib ketayotgani nomaʼlum. Bu orada Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston temir yoʼli qurilishi loyihasi amalga oshish arafasida turbdi. Bu temir yoʼl qurilishi Xitoy manfaatlariga xizmat qiladi. Yaʼni, bu temir yoʼl Xitoy tovarlarini eksport qilishni osonlashtiradi va shu bilan birga, bizning yerosti boyliklarimizni osongina tashib ketishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu loyihaga 8 milliard dollar sarflanishi aytilmoqda. Qirgʼizistonning ulushi qancha boʼlishi nomaʼlum. Har holda bu miqdor milliardlarga yetishi aniq. Prezident Sadir Japarov qarzlar koʼpayganidan xavotirlanmaslikka va bu kreditlardan maqsadli foydalanilayotganiga shama qilgan edi. Demak, Xitoy-Qirgʼiziston-Oʼzbekiston temir yoʼlini qurish uchun Qirgʼiziston Xitoydan kredit olishi ehtimoldan uzoq emas.

Xulosa qilib aytganda, Xitoy Qirgʼizistonda mustamlakachilik ekspansiyasini kuchaytirmoqda. Hukumatning xiyonatkorona siyosati esa mustamlakachilik uchun yaxshi sharoit yaratmoqda. Japarov oʼtgan yili “Xitoy-Markaziy Osiyo” forumida ikki davlat oʼrtasidagi munosabatlar tarixda koʼrilmagan darajada eng yaxshi holatda ekanligini taʼkidlagan edi. Demak, hukumat Xitoy bilan hamkorlikni davom ettiradi, hatto munosabatlar yana-da mustahkamlanishi mumkin. Lekin biz bu hamkorlik qanday yomon oqibatlarga olib kelganini koʼrdik. Yuqoridagi faktlar buni tasdiqlab turibdi.
Аslida, bu yangi davrning mustamlakachiligiga kapitalizm yoʼl ochib bermoqda. Kapitalistlar sarmoya, globalizm, kredit yoʼllarii bilan mamlakatlarning mineral boyliklarini talon-taroj qilishad va bu resurslardan boshqalar foydalanishga ruxsat berishmaydi. Natijada xalqning boyligi bir hovuch kishilar qoʼlida toʼplanib qoladi. Shunday ekan, bunday mustamlakachilik siyosatiga yoʼl qoʼymasligimiz kerak. Buning uchun Islomni yaxshi oʼrganishimiz, uni mahkam tutib, shu asosda birlashishimiz kerak. Bizni bu mustamlakachilik, qullik va ogʼir ahvoldan faqat Islom qutqaradi. Chunki Islomning iqtisod, siyosat, boshqaruv va boshqa sohalardagi hukmlari inson muammolarni hal etish, jamiyatga tinchlik va farovonlik olib kelishni kafolatlaydi.

Horun Аbdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.