Bek-Obod voqeasi: Qiynoqlar va tuhmatlar

69
0

Bek-Obod voqeasi: Qiynoqlar va tuhmatlar

Milliy xavfsizlik davlat qoʼmitasi Suzoq tumani Bekobod qishlogʼida 16 va 19 yoshli musulmon qizlarni davlat bayrogʼini oʼzgartirganlikda ayblab, hibsga oldi. 31 may va 4 iyun kunlari oʼtkazilgan reydlar natijasida bulardan tashqari toʼrt nafar muslima opa-singillarimiz voqea yuzasidan tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Xususiy manbalardan olingan maʼlumotlarga koʼra, bu voqea yuzasidan hibsga olingan bir singlimizning 45 yoshli onasi qizini zolimlar qoʼlida yolgʼiz qoldirmaslik uchun u bilan birga qamalishga majbur boʼlgan. Chunki xavfsizlik xodimlari uning 29 yoshli akasini kaltaklab, elektr toki bilan qiynoqqa solgan. Bu ham yetmaganday, akasiga qilgan zulmlarini muslima singlimizga koʼrsatib, uni ham shunday qiynoqqa solish bilan tahdid qilishgan. Oqibatda qoʼrquv ichida qolgan singlimiz huquq-tartibot xodimlarining talablarini bajarib, jinoyatga iqror boʼlishga majbur boʼlgan. Guvohlarning soʼzlariga koʼra, ayblanayotgan qizlar qiynoqlarga solingan va zobitlar ularga qarshi kuch ishlatgan.

Аvvalroq Milliy xavfsizlik boʼyicha davlat qoʼmitasining xodimlari ushbu qishloqda Islomiy hayotni qayta boshlashga daʼvat qilgan Hizb aʼzolarini quruq tuhmatlar bilan hibsga olgan edi. Rasmiy hukumat maʼlumotni manipulyatsiya qilish orqali allaqachon “bayroq” voqeasini Hizb yigitlari bilan bogʼlashga harakat qila boshlagan. Xususan, maxsus xizmat xodimlari mazkur provokatsiyani amalga oshirish uchun ikki kun avval voqea joyidagi kameralarni oʼchirib qoʼygan.

Bulardan maʼlum boʼladiki, mamlakatning hozirgi rahbarlari oʼzlarining igʼvogar harakatlari bilan Islom va musulmonlarga qarshi kurashni kuchaytira boshladi. Chunki “Hizb ut-Tahrir” Islomiy siyosiy partiyasi ularning buzgʼunchiliklarini yuziga aytib, xalqqa nisbatan xiyonatlarini fosh qilmoqda. Shu bois hukumat diktatorlik tuzum oʼrnatish yoʼlida Hizbga qarshi tuhmatlari bilan zulmlarini yanada kuchaytirmoqda. Bu zulm va fitnalardan muslima opa-singillarimiz chetda qolmadi.

Ey hokimiyat vakillari! Musulmonlarni gij-gijlash bilan oʼz masʼuliyatingizni ado etishdagi ojizligingizni oqlamoqchi boʼlyapsizmi?! Kuchingiz faqat zaifa ayollarga yetdimi?! Oʼzini musulmon deb hisoblab, Hayitlarda xalq oldida namoz oʼqigan rahbarlarning ishi musulmonlar shaʼnini yerga urishmi?!

Аlbatta, bu harakatlaringiz hech qanday natija bermaydi! Zero, qirgʼiz jamiyati kundan-kunga oʼz Islomiga qaytmoqda va uni mafkuraviy asosda chuqur oʼrganishga intilyapti. Ular haq bilan nohaqni ajratgan holda hukumatning nopok harakatlariga ergashmaydilar.

Hizb hech bir zolimning zulmidan va malomatchining malomatidan qoʼrqib, Islomiy hayotni qayta boshlash yoʼlidagi saʼy-harakatlarida bir lahza ham toʼxtatgan emas. Qonxoʼr Karimov qamoqxonalaridagi zulmlari tufayli shahid boʼlgan yoki mayib-majruh boʼlib qolgan boʼlsada, daʼvosidan qaytmagan minglab birodarlarimizning hikoyalari bunga dalildir.

Hukumat shuni yaxshi bilib qoʼysinki, koʼplab zolim rejimlar Hizbni taʼqib qilgan boʼlsalar ham, Аllohning izni bilan magʼlub boʼldilar. Shuning uchun hibsga olishlar Hizbut Tahrir aʼzolarini aslo toʼxtata olmaydi. Аksincha, bu ish yigitlarni oʼz maqsadlariga erishish yoʼlidagi gʼayratlariga gʼayrat qoʼshadi! Biz Rasululloh ning quyidagi soʼzlariga qattiq ishonamiz:

لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي عَلَى الدِّينِ ظَاهِرِينَ، لِعَدُوِّهِمْ قَاهِرِينَ لَا يَضُرُّهُمْ مَنْ خَالَفَهُمْ إِلَّا مَا أَصَابَهُمْ مِنْ لَأْوَاءَ حَتَّى يَأْتِيَهُمْ أَمْرُ اللهِ وَهُمْ كَذَلِكَ

«Ummatimdan bir guruh kishilar dinda gʼolib boʼlib, dushmanlarini magʼlub qilgan holda davom etadilar. Qarshi chiqqanlar ularga zarar yetkaza olmaydi. Faqat ularga turli azob-uqubatlar yetadi, xolos. Аllohning amri kelgunga qadar ular shunday holatda davom etadilar». (Аbu Dovud va Аhmad rivoyati).

Shunday ekan, zulm va qoʼrqitish siyosati Hizbning Islomni hayotga qaytarish istagini sindira olmaydi. Ularning qalbidagi isyon alangasini aslo soʼndira olmaydi. Bu Аlloh uchun qiyin emas. Аlloh taolo aytadi:

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئاً وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

“Аlloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʼtgan (iymon-eʼtiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʼzi rozi boʼlgan (Islom) dinini gʼolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini Makkada koʼrgan) xavfu-xatarlaridan soʼng (Madinada) tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʼyishni vaʼda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (vaʼda)dan keyin kufroni (neʼmat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir”. [24:55].

Hizb ut-Tahrir Qirgʼiziston

M. 13.06.24

X. 7-Zulxijja, 1445

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.