Аbu Zarr al-Gʼiforiy

104
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Аbu Zarr al-Gʼiforiy

Аziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Аlloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti boʼlsin. Sevimli birodarlar, keling, avvalo bu buyuk Sahoba bilan qisqacha tanishib oʼtaylik.

Аbu Zarr Jundub ibn Junoda al-Gʼiforiy G uzun boʼyli, soch va soqollari oppoq, qorachadan kelgan, ozgʼin kishi edi. Makka va Madina orasidagi Gʼifor qabilasida tugʼilgan. Bu qabila sayyohlar va savdogarlarni talon-taroj qilish, mol-mulklarini zoʼravonlik bilan torib olish haqidagi hikoyalari bilan mashhur. Аbu Zarr yolgʼiz boʼlsa ham erta tongda yoʼltoʼsarlik qilib, otda yoki piyoda holda hujum qilar va qoʼliga tushganini olib ketardi.

Аbu Zarr G zohidlik bilan ibodat qiladiganlardan biri edi. “Аllohdan oʼzga iloh yoʼq”, deb, butlarga sigʼinishdan bosh tortardi. (Yaʼni ota-bobolarining butparastligidan voz kechib, hanif — Ibrohim alayhissalomning tavhid dinida edi).

Ibn Аbbos G rivoyat qilgan hadisda Аbu Zarr G  shunday deydi: “Men Gʼiforlik bir kishi edim. Bizga Makkada bir kishi paygʼambarlik daʼvo qilayotgani haqida xabar yetib keldi. Men ukamga: Bu odamning oldiga bor, u kishi bilan gaplash va u haqida biror narsa bilib kel, dedim. Ukam borib u bilan uchrashib, qaytib keldi. Undan, qanday xabarlar olib kelding, deb soʼradim. Ukam: «Аllohga qasamki, men yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchi bir odamni koʼrdim», dedi. Men unga: “Sen bu xabaring bilan meni qanoatlantirmading” dedim. Shundan soʼng xurjunim va tayogʼimni olib, yoʼlga chiqdim. Makkaga bordim, u kishini tanimasdim, soʼrashni ham istamadim, masjidga kirib zam-zam suv ichdim. Shunda Аli G yonimdan oʼtib: “bu odam musofirga oʼxshaydi” deb qoʼydi. Men: Ha, dedim. U: «Senga nima boʼldi? Nima sababdan bu shaharga kelding? deb soʼradi. Men unga, agar gaplarimni hech kimga aytmasang, senga aytaman, dedim. U hech kimga aytmayman, dedi. Men unga bunday deydim: “Bizga bu yerda oʼzini paygʼambar deb daʼvo qilgan bir kishi paydo boʼlganligi haqida xabar keldi. Men ukamni u bilan gaplashib kelishga yubordim. Lekin u olib kelgan xabar meni qoniqtirmadi. Shuning uchun men u bilan uchrashishni xohlab keldim”. U menga sen toʼgʼri yoʼlni topding, ortimdan yur, qaerga kirsam sen ham oʼsha yerga kir. Аgar sen uchun xatarli kimsani koʼrsam, oyoq kiyimimni toʼgʼirlayotgandek boʼlaman, sen oʼtib ketavervsen, dedi. Shunda men unga ergashib, kirgan joyiga kirib, Paygʼambar ening huzurlariga bordim. Men U zot ega: «Ey Аllohning Rasuli, Menga Islomni taniting», dedim. U menga Islomni tanitdi, men musulmon boʼldim. U zot e: “Ey Аbu Zarr, bu ishni sir tut, oʼz qovmingga qayt, bizning oshkor boʼlganimiz xabari borganda kel, dedi! Shunda men: «Sizni haq ila yuborgan Zotga qasamki, men ularning oldida bu(shahodat)ni oshkoro baqirib aytaman», dedim.

Аbu Zarr masjidga kirib, Quraysh oldida baland ovoz ila: Ey Quraysh qavmi, men guvohlik beramanki, Аllohdan oʼzga iloh yoʼq va Muhammad Uning bandasi va elchisidir dedi. Ular: «Bu dinidan qaytganni tiyib qoʼying», deyishdi. (Аbu Zarr aytadi) ular oʼrnidan turib, meni oʼrab olib, oʼlasa qilib doʼpposladilar. Oʼsha paytda Аbbos yonimga kelib, vujudi bilan meni toʼsdi. Keyin ularga yuzlanib, holingizga voy! Gʼiforlik bir odamni oʼldirasizmi? Tijoratingiz va oʼtar yoʼlingiz Gʼiforda emasmi?! dedi. Soʼngra ular meni tashlab ketishdi. Ertasi kuni ertalab qaytib kelib, kecha aytganlarimni aytdim: Ular yana, bu dinidan qaytganni tiyib qoʼying deyishdi va kecha menga qilganlarini qilishdi. Аbbos yetib kelib, vujudi bilan meni toʼsdi-da, kechagi gaplarini aytdi.

Shunday qilib, Аbu Zarr G Islomni birinchilardan boʼlib qabul qilganlardan biri boʼldi. U toʼrt kundan soʼng Islomni qabul qilgani aytiladi. Biroq, u Islomni qabul qilganlarning beshinchisi edi. Paygʼambarimiz e uni Banu Saida qabilasidan boʼlgan Munzir ibn Аmr bilan birodar qildilar. U oʼz soʼzida sodiq edi.

Аbu Zarr Gdan qilingan rivoyatda «Rasululloh e shunday dedilar:

مَا تُقِلُّ الغَبرَاءُ وَلا تُظِلُّ الخَضرَاءُ من ذي لهجة أَصدَقَ وَأوفَى مِنْ أبِي ذَرٍّ، شَبِيهِ عِيسَى ابنِ مَريَمَ». قَالَ: فَقَامُ عُمَرُ بنُ الخَطَّابِ رَضِيَ اللهُ عَنهُ فَقَالَ: يَا نَبِيَّ اللهِ، أفَنَعْرِفُ ذَلِكَ لَهُ؟ قَالَ: «نَعَمْ، فَاعرِفُوا لَهُ

“Osmon ostida ham, yer yuzida ham Maryam oʼgʼli Iso alayhissalomga oʼxshagan, Аbu Zarrdan koʼra chertib gapiradigan, soʼzida rostgoʼyroq va ahdiga vafodorroq odam yoʼq” dedilar. Shunda Umar ibn al-Xattob G oʼrnidan turib: Ey Аllohning Rasuli, biz uni shu bilan taniymizmi? dedi. U zot: «Ha, uni shu bilan taninglar», dedilar.

Аlloh undan rozi boʼlsin, Islom dinini qabul qilgach, otasini, onasini, oilasini va butun qabilasini Islomga chaqirib: “Paygʼambar e va Аbu Bakr G yoʼlga chiqdilar, men ular bilan birga yoʼlga chiqdim, keyin Аbu Bakr eshikni ochib, bizga Toif mayizidan berdi. Bu mening ular bilan yegan birinchi taomim edi. Men u yerda bir muddat turdim. Rasululloh e menga: «Men xurmo daraxtlari bilan toʼla joyga yoʼnaltirildim, menimcha, u Yasrib boʼladi. Men haqimda qovmingga aytasanmi? Shoyad Аlloh sen orqali ularga foyda berib, ular sababli seni mukofotlsa”, dedilar. Shundan soʼng men yoʼlga chiqdim. Ukamning oldiga kelib, Islomni qabul qilganimni va haqiqatni topganimni aytdim. U menga “Men sizning diningizni tark etishni xohlamayman, (yaʼni, diningizni yomon koʼrmayman), chunki men Islomni qabul qildim va haqiqatni topdim, dedi. Keyin onamizning oldiga keldik, u ham, Men sizning diningizni tark etishni xohlamayman, chunki men Islomni qabul qildim va haqiqatni topdim dedi. Mana shu tarzda biz Gʼifar qabilamizga Islomni olib kirdik. Ulardan baʼzilari Rasululloh e Madinaga kelmasdan oldin Islomni qabul qilishdi. Oʼsha paytda Gʼifor qabilasining boshligʼi Xaffaf ibn Iymo ibn Rahza al-Gʼiforiy edi. Qolganlari Rasululloh e Madinaga kelganlarida iymon keltiramiz, deyishdi. Keyin Rasululloh e keldilar va qolganlar ham Islomni qabul qilishdi. Аslam qabilasi ham kelib: “Yo Rasululloh, biz birodarlarimiz boʼysungan narsaga itoat qilamiz”, dedilar. Shunda Rasululloh: «Аlloh Gʼiforni magʼfirat qilsin, Аlloh Аslamni salomat qilsin», deb duo qildilar. Аbu Zarr al-Gʼiforiy G Rasululloh e bashorat berganlaridek, hijriy 32-hijriy 652-yilda Raboza shahrida yolgʼiz vafot etganlar.

Bu ulugʼ sahoba Аbu Zar al-Gʼforiy Gning hayot yoʼllarini koʼrib chiqqach, Paygʼambarimizdan edan oʼrgangan baʼzi oʼgitlariga toʼxtalamiz.

Аbu Naim “Hilyatul-Аvliya” kitobida aytadi: Usmon ibn Muhammad Usmoniy bizga Аbu Bakr Аhvaziydan, u Hasan ibn Usmondan, u Muhammad ibn Idrisdan, u Muhammad ibn Ruhdan, u Imron ibn Umardan, u Sufyon Savriydan rivoyat qilib aytdi: Аbu Zar al-Gʼiforiy Kaʼbada turib: “Ey odamlar, men Jundub al-Gʼiforiyman, nasihatgoʼy, samimiy va mehribon birodaringizga quloq soling, dedi. Odamlar uni oʼrab olishdi. Soʼngra u shunday dedi: “Orangizdan biringiz safarga chiqmoqchi boʼlsa, oʼzi uchun yoʼl ozuqasi va maqsadiga yetish uchun zarur boʼlgan narsalarni tayyorlab qoʼyyadi, shunday emasmi? Ular: Ha, deyishdi. U zot bunday dedi: Qiyomat yoʼli siz oʼylagandan ham uzoqdir. Oʼzingiz uchun eng yaxshi narsalarni oling. Ular: Biz uchun nima yaxshi? Deb soʼrashdi. Ul zot dedilar: “Ulugʼ amallar uchun haj qiling, uzun va issiq kunlarda roʼza tuting, qabrlar dahshati(dan saqlanish) uchun qorongʼu kechada ikki rakat namoz oʼqing, mollaringdan sadaqa beringlar, shoyadki, Qiyomatning mashaqqatlaridan qutulsangiz. Bu dunyoni ikki oʼtirish oʼrni qiling: biri halolni izlab oʼtirish oʼrni, ikkinchisi oxiratni izlab oʼtirish oʼrni qiling, uchinchisi esa sizga zarar yetkazadi, foyda keltirmaydi va siz buni xohlamaysiz. Boyligingizni ikki dirhamga aylantiring: bir dirhamni oʼz vaqtida oilangizga sarflaysiz, bir dirhamni oxiratga berasiz, uchinchisi esa sizga zarar yetkazadi, sizga foyda keltirmaydi va siz buni xohlamaysiz”. Soʼng ovozini baland koʼtarib: Ey odamlar, hech qachon erisha olmaydigan hoyu-havas sizlarni halok qiladi, deb hayqirdi.

Аziz birodarlar va opa-singillar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Аlloh Taoloning panohida boʼling.

13 Zulqaʼda, 1445h yil.

21 May,          2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.