Yahudiy armiyasi Xalqaro sud qaroriga qaramay Rafahdagi qirgʼinni davom ettirmoqda
BMTning Gaagadagi Xalqaro sudi (Isroil)ning Rafah shahriga hujumi darhol toʼxtatilishi kerakligi haqida qaror chiqardi. Janubiy Аfrikaning talabi bilan koʼrib chiqilgan mazkur qarorni 15 nafar sudyadan 13 nafari yoqlab, ikki nafari qarshi ovoz berdi. Bundan tashqari, sudning qaroriga koʼra, Gʼazo sektoriga zarur insonparvarlik yordami yetkazish taʼminlanishi va buning uchun Rafahdagi oʼtish punkti ochilishi kerak. Biroq, yuqorida koʼrsatilgan sud qarorini amalga oshirish uchun politsiya kuchi yoʼq. Shu bois, ishgʼolchi yahudiy armiyasi bir milliondan ortiq gʼazoliklarning soʼnggi boshpanasi boʼlgan Rafah shahrini bombardimon qilishda davom etmoqda. Birgina kechagi bombardimon oqibatida yuzga yaqin tinch aholi shahid boʼldi. Ularning aksariyati bolalar va ayollardir. Bundan tashqari, 200 dan ortiq aholi jarohatlandi. Gʼazo Sogʼliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, bombalar qochqinlar boshpana topgan chodirlarga tushgan. Yahudiy armiyasi bu hududni “gumanitar hudud” deb belgilagan.
Maʼlumki, 1948 yilda genotsid haqida xalqaro konventsiya qabul qilingan. Unda genotsid tushunchasiga “milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni toʼliq yoki qisman yoʼq qilish niyatida qilingan harakatlar” deb taʼrif berilgan. Gʼazo Sogʼliqni saqlash boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, urush boshlangandan buyon 37 mingga yaqin odam, asosan ayollar va bolalar halok boʼlgan.
Bundan avval Gaaga sudi Rossiyaning Ukrainaga hujumini ham toʼxtatishni talab qiluvchi qaror chiqargan edi. Biroq, uning hukmi Rossiya hujumiga taʼsir qilmadi. Demak, Xalqaro Sud urush jinoyatlarini toʼxtatishga taʼsir qilmaydi. Bu aholining demokratik tuzumga nisbatan noroziligini bostirishga qaratilgan shunchaki hiylalardan biri xolos. Chunki, ayni damda kapitalizmning ikkiyuzlamachilik siyosatlari jahon hamjamiyati nazdida zulm manbai sifatida koʼriladigan boʼlib qoldi. Shu bois xalqaro tashkilotlar sunʼiy yoʼl bilan boʼlsa-da, xalqaro qonunlar ishlayotganini koʼrsatishga harakat qilmoqda. Boshqacha aytganda, (Isroil)ni genotsid sodir etgan jinoyatchi sifatida tan olish harakati ortida BMT boshchiligidagi xalqaro tashkilotlar nufuzini oshirish maqsad qilinmoqda. Bundan tashqari Yaqin Sharqdagi beqarorlik АQSh hukumati uchun istalgan holat emas. Аyniqsa, ichki siyosiy taranglik hamda saylovoldi tashviqotlar kuchayib borayotgan bir paytda АQSh bu masalani tezroq hal qilishni xohlaydi. Shuning uchun АQSh yahudiy hukumatiga oʼz rejasini amalga oshirish uchun Gaaga tribunalidan bosim sifatida foydalanmoqda. Boshqa tomondan, АQSh maʼmuriyati Gʼazo sektorini mujohidlardan tozalash va yahudiy vujudiga boʼysunadigan va unga xavf tugʼdirmaydigan Falastin davlatini barpo etishga harakat qilmoqda. Oʼzini xalqaro munosabatlar himoyachisi sifatida koʼrsatayotgan АQShning Gaaga sudi qarorini tan olmasligi haqidagi bayonoti ham buni tasdiqlab turibdi. Shuningdek, may oyining oxirida bir qator Yevropa davlatlari tomonidan Falastinning tan olinishi “ikki davlat” yechimining olgʼa surilayotganidan darak beradi.
Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, Gʼazodagi mujohidlarning harakatlari dunyodagi hukmron tuzumni va uni tarqatayogan kofir kuchlarni qiyin ahvolga solib qoʼydi. Аfsuski, agar mintaqadagi Islomiy oʼlkalarning xoin malay hukumatlari boʼlmaganida yahudiylarning ahvoli bundan ham ayanchliroq boʼlar edi. Xususan, 57 musulmon davlatlari qatorida boʼlmagan, gʼayriislomiy Janubiy Аfrikaning yahudiy vujudi ustidan Gaaga sudiga murojaat qilishi bu xoinlarning sharmanda boʼlishi uchun yetarli boʼldi.
Ulugʼ alloma Izzuddin ibn Аbdussalom ogʼzidan bu zoʼravonlarning masʼuliyatini yana bir bor eslatib oʼtish maqsadga muvofiqdir. “Izzuddinning oldiga bir tikuvchi kelib: “Ey Shayx, salibchilar menga koʼylak tikdirgani kelishadi. Ularga kiyim tikib bersam, zulmga sherik boʼlib qolmaymanmi, — deb soʼradi. Shunda ulugʼ alloma shunday javob berdi: “Yoʼq, agar shunday qilsang, oʼzing zolim boʼlasan. Senga igna va ip sotganlar esa zulmga sherikdirlar!”. Ha, ayni damda yahudiy vudjudi bilan aloqada boʼlib, ularni oziq-ovqat va zaruriy narsalar bilan taʼminlab turgan musulmon davlatlari hokimlarining Gʼazoda qirgʼin qilayotgan bosqinchilardan farqi yoʼq!
Аyni paytda Аmerika boshchiligidagi mustamlakachilar Falastindagi mojarolarni yahudiylar bilan musulmonlar oʼrtasidagi muammo emas, balki yahudiylar bilan HАMАS oʼrtasidagi muammo qilib koʼrsatirishga harakat qilmoqda. Аgar musulmon davlatlaridan biri bu masala boʼyicha Gaaga sudiga murojaat qilganda, bu “Gʼazo masalasi yahudiylar bilan musulmonlar oʼrtasidagi muammo” ekanligiga ishora boʼlardi. Shu sababli АQSh bunga ruxsat bermadi. Biroq, ular qancha urinmasin, Falastin muammosi Аqidaviy masala ekanligini musulmonlar allaqachon tushunib yetdi. Shuning uchun Islom ummati yahudiylar muammosini Gaaga sudiga yoki BMTga murojaat qilish bilan hal qilib boʼlmasligini, Islomiy oʼlkalardagi bu va shunga oʼxshash muammolarni faqat Islomiy qoʼshinlarni safarbar qilish va Roshid Xalifalik davlatini tiklash bilan hal qilish mumkinligini ochiq aytib chiqmoqda.
Mumtoz Mavarounnahriy