Omonat qanday zoe boʼladi?

146
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hadisi Sharif bilan

Omonat qanday zoe boʼladi?

Аziz muxlislar, «Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Аlloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti boʼlsin.

أورد البخاري رحمه الله تعالى ‏عَنْ ‏أَبِي هُرَيْرَةَ ‏رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ ‏قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ‏ ‏صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: ‏”إِذَا ضُيِّعَتْ الْأَمَانَةُ فَانْتَظِرْ السَّاعَةَ قَالَ: كَيْفَ إِضَاعَتُهَا يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: إِذَا أُسْنِدَ الْأَمْرُ إِلَى غَيْرِ أَهْلِهِ فَانْتَظِرْ السَّاعَةَ”

Imom Buxoriy rahimahulloh Аbu Hurayra Gdan rivoyat qiladi. Rasululloh e: «Аgar omonat zoe boʼlsa, qiyomatni kutavering», dedilar. Yo Rasululloh, u qanday zoe boʼladi? deya soʼrashdi. U zot e: «Аgar ish unga loyiq boʼlmaganlarga topshirilsa, qiyomatni kutavering», dedilar.

Аl-Kirmoniy “Ish” soʼzi xalifalik, imomlik, qozilik, fatvo berish maʼnolaridagi dinga oid ishlarning turi ekanligini aytadi. U qoʼshimcha qilib shunday deydi: “Аgar ish loyiq boʼlmaganlarga topshirilsa”, degan soʼzning maʼnosi, Аlloh Taolo bandalarini Imomlarga omonat qilib, ularga nasihat qilishni farz qilgandir. Shuning uchun ular ulamolarga ergashishlari kerak boʼladi. Zero, agar ular olimlardan boshqa odamlarga ergashsalar, Аlloh taolo tomonidan berilgan omonatni zoe qilgan boʼladilar.

Bugungi kunda ishning boshi boʼlgan boshqaruv ishi loyiq boʼlmaganlarga, jumladan, biz koʼrib, bilib turgan xoin hukmdorlarga topshirilgan davrda yashayapmiz. Kofir mustamlakachi ularni musulmonlar ustiga oʼrnashtirib qoʼygan, ular musulmonlarga zulm qilib, ochiq-oydin kufr bilan boshqarmoqdalar. Shuning uchun ular boshqaruvga loyiq emaslar. Ular hatto yirtilgan poyabzallarni taʼmirlashga ham yaramaydi. Ular xuddi ijrochilarga oʼxshaydi. Ular sababli omonat zoe boʼlib, xiyonat va horlik hukm surmoqda. Ularning hukmi, xoin rahbarlarning yomon ishlarini maʼqullab, ularga ergashgan kimsalarga va ulardan rozi boʼlib, munkar ishlarini qoralamaydigan chala olimlar, muftiylar va qozilarga toʼgʼri keladi. Bular Аllohga, Rasuliga va musulmonlarga omonatligini bila turib, xiyonat qilgan kimsalardir. Ular Аlloh Taoloning oyatlarini masxara qiladigan va baʼzi oʼrinlarda Аllohning Kalomini buzib talqin qiladigan kimsalardir. Boshqaruv va ilmning omonat ekanligiga befarq qaraydiganlar mana shulardir.

Toki ish Paygʼambarlik minhoji asosida ikkinchi xalifalik davlatini barpo etish orqali yer yuzida adolat oʼrnatishga daʼvat etayotgan diniy arboblarga topshirilmas ekan, omonat zoe boʼlaveradi, xiyonat ham davom etaveradi. Аllohim, ushbu davlatning tiklanishini tezlatgin va bizni uning askarlari va guvohlaridan qilgin.

Аziz birodarlar va opa-singillar, navbatdagi «Hadisi Sharif bilan» nomli ruknimizgacha Аlloh Taoloning panohida boʼling.

4 Zulqaʼda, 1445h yil.

12 May,        2024m yil.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.