Qirgʼizistonda qimmatchilik bilan birga oʼrtacha oylik maosh ham koʼtarildi

142
0

Qirgʼizistonda qimmatchilik bilan birga oʼrtacha oylik maosh ham koʼtarildi

Qirgʼizistonda joriy yilning yanvar-mart oylarida oʼrtacha oylik maosh 34 046 somni tashkil qildi. Bu oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 11 foizga koʼpdir. Bu haqda Milliy statistika qoʼmitasi maʼlum qildi.

Qoʼmitaning dastlabki hisob-kitoblariga koʼra, yilning ilk toʼrt oyida yalpi ichki mahsulot hajmi 341,7 mlrd. somni tashkil etgan. Oʼtgan yili oʼrtacha ish haqi 32 ming 78 somni tashkil qilgan edi. Hozirda mamlakatda eng kam oylik maosh 7756 som qilib belgilangan.

Qirgʼizistonda 383 dollarga teng keladigan oʼrtacha oylik maosh, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari orasida eng past oylik maosh hisoblanadi. Masalan, Belarusda oʼrtacha oylik maosh 638 dollar, Аrmanistonda 676 dollar, Qozogʼistonda 774 dollar, Rossiyada esa 857 dollarni tashkil qiladi.

Biroq aholiga oylik maoshning oshishi hech tatimayapti. Chunki mamlakatda inflyatsiya va qimmatchilik darajasi maoshning koʼtarilishini ortda qoldirmoqda. Qirgʼizistonda oʼtgan yili inflyatsiya rasman 10 foizdan oshgan boʼlsa, oziq-ovqat narxi 40-50 foizga oshdi. Masalan, guruch narxi deyarli 40 foizga oshdi. Shu bilan birga ijara haqi ham kundan-kunga oshib bormoqda. Bu, oʼz navbatida, maoshga qarab yashaydigan fuqarolarning xarid imkoniyatini cheklaydi. Bu ham yetmagandek, hozirgi hukumat elektr energiyasi uchun toʼlovni 11 foizga oshirdi. Shuningdek, soliqning bir qancha turini oʼylab topib, xalqning boʼyniga ilib qoʼydi.

         Qimmatchilikni keltirib chiqaruvchi omillardan biri monopoliyadir, yaʼni oziq-ovqat mahsulotlarini bozor narxiga taʼsir qiladigan miqdorda toʼplash orqali narxni oshirish soʼngra uni qimmatroq narxda sotishdir.

Islomda monopoliya qilish harom qilingan. Paygʼambarimiz e: “Faqat gunohkor odamgina monopoliya qiladi”, dedilar. Shunungdek, Islom hukmlari oltin pul tizimidan foydalanishni buyuradi. Bunday holatda, narxlar deyarli oʼzgarmaganligi sababli, monopoliya sifatida tovarlarni saqlab qoʼyishga hojat qolmaydi. Zero, xalq oʼziga kerakli narsalarni qiynalmasdan, istagan paytda sotib olishi mumkin boʼladi, bunday holatda ularni jamgʼarishga ehtiyoj boʼlmaydi.

    Binobarin, qimmatchilikdan qutulishning yagona yoʼli sudxoʼrlikka asoslangan kapitalistik tuzumning oʼrniga Islomiy tuzumni tatbiq qilishdir. Chunki hozirgi jahon moliya tizimi shunchaki qogʼozdan iborat dollar tizimiga asoslanganligi sababli narxlarning yillik oʼsishi tabiiy holga aylanib qolgan.

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.