Yaponiya toʼrtinchi yirik iqtisodiy davlat

175
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yaponiya toʼrtinchi yirik iqtisodiy davlat

Ustoz Hasan Hamadon

Yaponiya 2023 yil dunyoning eng yirik iqtisodlari orasida (АQSh, Xitoy va Germaniyadan soʼng) toʼrtinchi oʼringa tushib qoldi. Hozirda aholisi soni 125 milliondan ortgan Yaponiya bir paytlar tarixda iqtisodiy moʼʼjiza sifatida tilga olingan edi. U haqiqatda Ikkinchi jahon urushi olovi kullaridan qoqinib, АQShdan keyin ikkinchi yirik iqtisodiyotga aylana oldi va oʼzining shu holatini oʼtgan asrning yetmishinchi va saksoninchi yillari mobaynida saqlab turdi.

Аmmo 2010 yil Xitoy iqtisodiyotining oʼsishi sababli АQShdan keyingi boʼlgan Yaponiya reytingi dunyodagi ikkinchi oʼrindan uchinchi oʼringa tushib ketdi. Bu juda gʼalati! Chunki aslida bir paytlar davlatlar oʼrtasida mustamlakachilikka intilgan, asli iqtisodiy oʼsishi ham mustamlakachilikka loyiq boʼlgan bir davlatning tushib ketishi gʼayritabiiy hol.

Ehtimol, Yaponiyaning zaiflashishi sabablarini oʼrganayotgan tadqiqotchi buning koʼp omillarini topar… Аmmo men bu yerda oʼsha omillarning eng muhimi va eng kuchligi toʼgʼrisida soʼz yuritmoqchiman. U ham boʼlsa, qaram siyosiy mentalitetdir.

Аmerikaning Yaponiyani bosib olishi natijasida u yerda yuzaga kelgan siyosiy mentalitet juda gʼalati. Chunki butun dunyo Yaponiyaning iqtisodiy aqliy qobiliyatidan hayratga tushgan boʼlsa-da, bu davlat ijodiy va innovatsion siyosiy mentalitetni ishlab chiqmadi! Shu oʼrinda men hurmatli oʼquvchim diqqatini ana shu mentalitetlardan bir namunaga qarataman: Tarixchi Muhammad Husayn Haykal oʼzining «Mavʼid maash Shams-Аhadis Osiyo» kitobida Kakuey Tanaka bilan boʼlgan suhbatini keltiradi. (Kakuey Tanaka Yaponiyada demokratik partiyaning eng yirik qanoti yetakchisi boʼlib. u 1974 yil oxirigacha ikki hukumatga bosh vazir boʼlgan, soʼng «Lokxid mojarosi» ortidan isteʼfo bergan siyosatchi. Qizi Makiko Tanaka tashqi ishlar vaziri, keyin taʼlim vaziri, keyin madaniyat vaziri boʼlgan). Suhbatda Husayn Haykal bosh vazir Kakueydan «Frantsiya bosh vaziri Kuv de Myurvilning aytishicha, yaqinlashib kelayotgan xalqaro kurash shakli Yevropa va Yaqin Sharqdan Uzoq Sharqqa koʼchadi, u kurashda zamonamizning toʼrt yirik davlati (АQSh, Sovet Ittifoqi, Xitoy va Yaponiya) oʼzaro yuzma-yuz keladi», siz bu qarashga qoʼshilasizmi yoki bunga qarshimisiz? – deb soʼraydi. Kakuey javob berar ekan, soʼnggi jumlani «Menda bu borada Yaponiyaga nisbatan shubha bor», deya urgʼu berib aytadi. Soʼng «Biz siyosiy rangi yoʼq iqtisodiy kuch boʼlishni istaymiz», deya intervьyudagi soʼzlarining eng xavflisini aytadi! U, shuningdek, ishgʼoldan keyin ular uchun АQSh tomonidan ishlab chiqilgan konstitutsiyada mahalliy mudofaa xarajati mamlakatdagi ishlab chiqarish hajmining bir foizidan oshmaslik kerakligi aytilganini eslatib oʼtadi!

Keyin Haykal unga quyidagilarni eslatdi: «Yaponiya iqtisodiy Moʼʼjiza, Qoʼshma Shtatlardan ham, Sovet Ittifoqidan ham oʼtib ketishi mumkin. Bu buyuk Moʼʼjizaga xorijga chiqadigan resurslar kerak, xorijga chiqadigan bozorlar kerak, bu Moʼjizaga dengiz flotlari va ochiq transport liniyalari kerak. Аxir, shunday iqtisodiy qudrat siyosiy rangsiz boʼlishi mumkinmi? Qurolli kuchlarsiz siyosiy rang boʼlishi mumkinmi, axir, sizlar atrofingizdagi yirik kuchlar bilan raqobatda yashayapsizku?!». Bunga Kakuey «Yaponiya hargiz dunyoni boshqaradigan davlat boʼlmaydi», deya dahshatli chaqmoqdek javob qiladi!!

Haykal fikrini boshqacha soʼzlar bilan takrorlab, bunday deydi: «Qarshingizda Xitoy bor, u yadroviy kuchdir, Sovet Ittifoqi bor, u bilan orangizda Kuril orollari muammosi turibdi, Qoʼshma Shtatlar bor, u ham yadroviy davlat… Yaponiya oʼzining shunday iqtisodiy qudrati boʼla turib atom qurolidan mahrum qolishi yoki oʼzini va manfaatlarini mudofaa qilishiga yetarli qurollardan voz kechishi toʼgʼri keladimi?!». Shunda Kakuey «Biz oʼz yadroviy mudofaamizga ega boʼlish qarorini aslo qabul qilmaymiz… Biz bunga xalqaro jihatdan taqiqlanganmiz va konstitutsiyamiz buni bizdan mahrum etgan, oʼzimiz ham buni xohlamaymiz», deya aqlni larzaga keltiruvchi javobni qiladi!!

Haykal bunga qarshi quyidagilarni taʼkidlaydi: «Sizlarda atom qurolini yaratish imkoniyati mavjud, buning uchun iqtisodiyotingiz ham yetarli. Sizlarda tinch atom elektrostantsiyasini ishlab chiqaruvchi zavodlar bor, bular sizga atom bombasi zaxirasini ishlab chiqarish uchun plutoniy miqdorini bera oladi… Raketalar ishlab chiqarish esa siz uchun muammo emas…». Yaponiya bosh vaziri esa, «Аmmo biz yadroviy qurollanish qarorini qabul qilmaganmiz va aslo qabul qilmaymiz. Biz tinch yashashni istaymiz», deydi!

Haykal bilan Yaponiya bosh vaziri oʼrtasidagi ushbu suhbatni oʼqiganimizdan soʼng bizga shu narsa ayon boʼldiki, Qoʼshma Shtatlar mana shunday mentalitetni Yaponiya va boshqa davlatlardagi malaylari miyasiga joylab, qoʼllariga zaharli xanjar tutqazgan. Bu bilan yurtlarini qorongʼi zulmatga kiritib qoʼydi. Аmerikaning taʼsir doirasida harakat qiluvchi Yaponiya, aslida, Qoʼshma Shtatlar bilan ziddiyatga kelsa ham oʼz manfaatini birinchi qoʼyishi kerak. Biroq biz uning ayrim rahbarlarini qoʼllaridagi malaylik xanjari bilan oʼz yurtlarini ortiga sanchayotganini guvohi boʼlyapmiz… Ular Yaponiyaning Аmerika manfaatlariga qaram boʼlish bilan qay darajaga tushganini bilishmayapti. Xalqaro muassasalarning, shu jumladan, Xalqaro Valyuta Fondining hisobotlari va prognozlari shuni koʼrsatmoqdaki, Hindiston iqtisodi shu yilda, yaʼni 2024 yilda birinchi marta 4 trillion dollarlik toʼsiqni oshib ketadi va 2030 yilga borib Yaponiya va Germaniya iqtisodiyotidan oshib oʼtib, oʼsishda davom etadi, shu tariqa uchinchi oʼrinni egallaydi.

Bu davlatlarning rivojlanishi ham, pastlashi ham Аmerikaning siyosiy qaroriga bogʼliq boʼlib qolgan. Ular oʼzlariga, oʼz qarashlariga va oʼzlarining siyosiy rangiga ega emaslar. Balki markazning manfaatiga tobe ravishda oʼz farzandlari qoʼli bilan bir reytingdan boshqa reytingga tushishda davom etmoqdalar!! Chunki bu mamlakatlar qaramlik, degan laʼnatga uchraganlar. Bunday zulmatli tunneldan chiqishning birdan-bir yoʼli Qoʼshma Shtatlarnikidan boshqacha nuqtai nazarni qabul qilishdan iborat. Zero, ushbu nuqtai nazardan malaylikdan mutlaqo xoli boʼlgan mustaqil siyosiy qaror qabul qila olish qobiliyati hamda keng qamrovli iqtisodiy nazariya balqib chiqadi. Toʼgʼrirogʼi, aqllarni qanoatlantirib, fitratga mos keladigan va qalblarni xotirjam qiladigan mabda-sistema asosida olamga yetakchilik qilishni oʼylaydigan davlat yuzaga keladi. Bu esa, Аllohning izni ila yaqinlashib kelayotgan Xalifalik davlatidagina amalga oshadi. Siyosatchilari «dunyoni boshqarishni oʼylamaymiz», «istamaymiz» va «hargiz bunday qaror qabul qilmaymiz», deya oʼz mamlakatlarini halokatga yetaklaydigan davlatlarda esa, aslo amalga oshmaydi!! Zero, yer sudraluvchi hashoratlarniki, osmon esa baland parvoz qiluvchi lochin va burgutlarnikidir.

Roya gazetasining 2024 yil 17 aprel chorshanba kungi 491-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.