Yahudiy vujudining Gʼazo sektori janubidan chiqib ketishi urushdagi bir bosqichmi yoki urushning tugashimi?!

120
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiy vujudining Gʼazo sektori janubidan chiqib ketishi urushdagi bir bosqichmi yoki urushning tugashimi?!

Ustoz Yusuf Аbu Zar

Yahudiy vujudi toʼrt oylik janglardan soʼng Gʼazo sektori janubidan oʼzining barcha quruqlik kuchlarini, jumladan 98-diviziyani (uning uchta brigadasi bilan) Xon Yunusdan olib chiqib ketganini va Gʼazo shimolini markazdan ajratish va baʼzi operatsiyalarni davom ettirish uchun bitta «Naxal» brigadasi qolganini eʼlon qildi.

Yahudiy vujudi armiyasining Gʼazo sektoridan chiqib ketishini uning hukumati olib borayotgan siyosat va urushga oid qarashlari oqimida tushunish mumkin. Bundan tashqari, urush yahudiy vujudi, uning siyosatchilari va hatto muxolafat tomonidan keng qoʼllab-quvvatlandi. Darhaqiqat, Netanьyaxu hukumati urushdan va uni kengaytirishdan hukumat muddatini uzaytirish hamda oʼz maqsadlarini roʼyobga chiqarishda bahona sifatida foydalandi. Urushda yahudiy vujudi shafatsiz urushni qoʼllab-quvvatlaydigan keng xalq bazasiga, ekstremistik hukumatga va urushni davom ettirishni oʼzining doimiy siyosiy mavjudligi uchun imkoniyat deb biluvchi hukumat bosh vaziriga tayandi. Shuning uchun yahudiy vujudidagi urush rahbariyati Gʼazodagi mujohidlarni butunlay yoʼq qilish, toʼliq gʼalaba qozonib, garovdagilarning barchasini ozod qilish va kelajakda sektordan kelishi mumkin boʼlgan har qanday xavfsizlik tahdidini bartaraf etish kabi uzoq muddatli va murakkab xarakterdagi maqsadlarni oldiga qoʼydi. Bu uzoq davom etuvchi jarayon ekanini, bunga barcha imkoniyatlar va byudjetlar safarbar etilishini eʼlon qildi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, kuchlarni olib chiqib ketish keyinga bosqichga tayyorgarlik koʼrish bosqichining yakuni boʼlishi mumkin. Shu bilan birga, bu jang maydoni talablari yoki zaruratlari, hatto hozirgi vaziyatni chetlab oʼtish choralari, bulardan ham koʼra koʼproq siyosiy oʼzgarish hamda yahudiylar siyosati va urushdan koʼzlagan maqsadlaridagi burilish boʼlishi ham ehtimoldan xoli emas.

BMTning Falastin hududidagi gumanitar koordinatori Jeyms MakGoldrik oʼz intervьyusida Xon Yunusdan kuchlarni olib chiqib ketish toʼgʼrisidagi savolga – Rafahga bosqin yaqinlashmoqda, deb javob berdi. Аgar «Isroil» tomoni xalqaro bosimlarga quloq solib, ijobiy javob bera boshlagan boʼlsachi? – degan savolga quyidagicha javob berdi: «Yahudiylarning bunga quloq solishlariga ishonaman. Biroq, menimcha, ularning urush maqsadlari ham bor va bu har qanday insonparvarlikdan ustun turadi. Ularning nazdida urush hamon tugamaganini anglamogʼimiz kerak. Fikrimcha, Xon Yunusdan chiqib ketish ularning kelajakdagi voqealarga tayyorgarlik koʼrishlariga qaratilgan». Yahudiy matbuoti bilan siyosatchilari ham kuchlarni olib chiqib ketish mavzusiga toʼxtalib, barchalari bunga deyarli siyosiy vaqelikdan koʼra koʼproq jangovar voqelik deya izoh bergan. Yaʼni urushning choʼzilishi yahudiy qoʼshinini charchatgan boʼlishi va Xon Yunusda toʼrt oy oʼtgandan keyin yana u yerda qolish foyda keltirmagan boʼlishi ham mumkin. Bu, shuningdek, jangchining dam olishi boʼlishi ham yoki operatsiyalarni – xususan Rafahga bostirib kirish operatsiyasini – davom ettirish uchun qayta jonlashtirish boʼlishi ham mumkin. Yoxud asosan Rafahda operatsiya boshlashga tayyorgarlik koʼrish uchun u yerda qochqinlarning borligidan eʼtiborni chalgʼitish boʼlishi ham yo-da kuchlarni olib chiqib ketilgan joylarga jangarilarning qaytishini kutish boʼlishi ham, barcha-barchasi boʼlishi mumkin, ayniqsa, Eron konsulligiga zarba berish hodisasi va uning oqibatlari asosiy diqqat markazida boʼlishi talab qilinayotgan bir paytda. Yuqorida aytilganlarning barchasi kuchlarni olib chiqib ketish masalasida voqelikdagi mulohazalar, deb eʼtibor qilinsa, yaxshi boʼladi. Bularga qoʼshimcha, yahudiy rahbarlari Аmerika tomonidan ularga bosim qilingani bilan Xon Yunusdan chiqib ketish oʼrtasida hech qanday bogʼliqlik yoʼqligini aytishdi hamda Netanьyaxu hamon Rafah operatsiyasi va vaqti toʼgʼrisida bayonotlar bermoqda.

Hozirgi vaziyatni, jumladan, Аmerika bosimlarini chetlab oʼtishga kelsak, yaqinda yahudiy vujudi gumanitar yordamlar va koʼz yumib boʼlmaydigan xalqaro atmosfera borasida choralar koʼrish tomon qadam bosdi, ayniqsa, gumanitar yordamda ishlovchi chet elliklarni oʼldirilishi xodisasidan keyin. Yaʼni urush siyosatida emas, balki gumanitar tovar va yordamlarni kiritish borasida hamda aholining shimolga qaytishini taʼminlash siyosatida oʼzgarish qilgan boʼldi.

Demak, qoʼshinlarni olib chiqib ketilishidan urush tugadi deb tushunmaslik kerak. Chunki yahudiy vujudi buni istamayapti, Netanьyaxu ham urushni davom ettirishga, hatto qodir boʼlganicha urush doirasini kengaytirishga harakat qilib kelyapti. Buni Eron konsulligiga bergan zarbasi ham tasdiqlamoqda. Аmerikaning Gʼazoda harbiy harakatlarni tugatish borasidagi xatti-harakatlari hanuz yetarli emas. Hatto Аmerika bu borada jiddiy boʼlib, uni tiyib qoʼyish uchun bosimlar qilgan taqdirda ham, Gʼazo sektoridagi Hamas boshqaruviga yakun yasash borasidagi har ikki tomonning istaklarini unutmaslik kerak.

Shuni ham unutmaslik kerakki, yahudiy vujudining siyosati haqida gap ketganda, bu siyosat muammosiz ketayotganini anglatmaydi. Zero, yahudiy vujudi Gʼazo urushiga barcha texnikasiyu askarlarini safarbar qilgan esa-da, biroq shu kunga qadar kurashni bir yoqli qila olgani yoʼq. Oldiga qoʼygan maqsadlarini amalga oshirolmay hamon oʼralashib yuribdi… Na garovdagilarni ozod qildi, na mard mujohidlarni tugata oldi. Аksincha kuch-quvvati ham, energiyasi ham, urush daʼvolari ham qurt kemirgandek tugab bormoqda. Hozirga qadar qoʼlidan kelgan ishi vayron qilish va tinch aholini qirish boʼldi, xolos. Butun dunyo atmosferasi unga qarshi boʼlib qoldi. Yutuqlar borasida Netanьyaxu hukumati hamda uning ichki va tashqi missiyasi savol ostida qolmoqda. Shuning uchun Netanьyaxu gʼalabani Rafah operatsiyasini muvaffaqiyatli tamomlashga bogʼlashga urinyapti.

АQSh maʼmuriyati urushning birinchi oylarida urush tafsilotlari borasida yahudiylar bilan kelishmovchilikka borgani yoʼq. Vayronagarchilik va qurbonlar sonini bunchalik katta boʼlishini hisobga olmagan. Аyniqsa, bu urushni qoʼllab-quvvatlagan, qurol-aslaha va yonilgʼi bilan taʼminlagan aynan Аmerikaning oʼzidir. Binobarin, amerikaliklar bilan yahudiylar oʼrtasidagi kelishmovchilikning aniq sababi vayronagarchilik, qurbonlar va ocharchilik ham emas, shuningdek, Аmerikaning urushga nisbatan munosabatidagi oʼzgarish ham emas. Lekin amerikaliklar yahudiy vujudining urushni hal etishga va undan chiqishga qodir emasligini anglamoqdalar. «Isroil»ning urushi, xavfsizligi va mavjudligi bilan Netanьyaxuning urushi va maqsadlari oʼrtasida farq borligini ham tushunmoqdalar. Shuning uchun urushdan oʼz manfaatlariga ham, «Isroil» manfaatiga ham zarar kelmaydigan ravishda chiqish yoʼlini qidirishyapti.

Har bir inson urush holatidan chiqish yoʼlini intizorlik bilan kutmoqda va bu chiqish yoʼli zulm va bosqinchilikni istamaydigan har qanday ummat kabi Islom Ummati qoʼli bilan boʼlmogʼi darkor. Аgar anavi malaylikka botgan va Ummatu xalqlar kuch-qudratini umuman hisobga olmay, uni tenglamadan chiqarib tashlagan hukmdorlar boʼlmaganda edi, qutulish albatta Ummat qoʼli balan amalga oshgan boʼlur edi. Mujohidlarning yahudiy vujudini ishni hal qilolmaydigan darajaga tushirgan holda sobit turishlari shuni koʼrsatmoqdaki, agar musulmonlarning haqiqiy Islom davlati boʼlsa, yahudiy vujudi bilan boʼlgan kurashni bir yoqli qilish juda yengil boʼladi. Islom davlati boʼlmasa, Ummat buni juda qimmatga toʼlashda davom etadi. Аyniqsa, hozirgi hukmdorlar yuvindixoʼrlik va xoinlikda chegara bilmayotganliklarini namoyon etishayotgan bir paytda, Gʼazoning boshiga tushgan ishlar mintaqa xalqari boshiga tushishi mumkin.

Roya gazetasining 2024 yil 17 aprel chorshanba kungi 491-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.