بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Baydenning Gʼazoga qilinayotgan urushni toʼxtatishga oid yoʼnalishlari – maqsadlar va qiyinchiliklar!!
Ustoz Hamd Tobib
Soʼnggi paytlarda Gʼazoga qarshi urushni davom ettirish masalasida prezident Bayden boshchiligidagi АQSh hukumatining yoʼnalishlari bilan bosh vazir Netanьyaxu hukumatining yoʼnalishlari oʼrtasida aniq farqlar yuzaga keldi. Jumladan, munosabat usuli, shahidlar soni, halokat koʼlami va insoniyat fojiasi, ayniqsa uysizlik, ocharchilik, oziq-ovqat yordami taqsimoti masalasida, shuningdek, urushga qanday yakun yasash, urushdan keyin Gʼazoda kim hukm yuritishi, Rafahga kirish masalasi, ikki davlat yechimiga muqaddima sifatida Falastin maʼmuriyati bilan Hamas harakatini birlashtirish kabi siyosiy mavzular bilan bir qatorda harbiy masalalarda ham ziddiyatlar yuzaga keldi. Bu ziddiyat Netanьyaxuni yahudiy vujudini siyosiy tubsizlikka yetaklaganlik va yahudiy vujudi ichida halokat va ichki nizolar olib kelganlikda ayblash darajasigacha yetib bordi.
2024 yil 9 aprelda АQSh prezidenti Bayden Аmerikada ispan tilida faoliyat qiluvchi «Univision» telekompaniyasiga bergan intervьyusida Netanьyaxuning urushga boʼlgan yondashuvi toʼgʼrisidagi savolga «Menimcha, uning qilayotgan ishi notoʼgʼri, men uning yondashuviga qoʼshilmayman», deb javob berdi. Bayden quyidagilarni taʼkidladi: «Oʼtgan hafta qarorgohi АQShda joylashgan xayriya tashkilotida ishlovchi yetti nafar yordam xodimining Isroil havo hujumlarida oʼldirilishi dahshatli boʼldi. Shuning uchun men oʼt ochishni toʼxtatishni va kelasi olti-etti oy ichida Gʼazoga yuborilgan oziq-ovqat va dori-darmon tovarlarining toʼliq kirishiga ruxsat berilishini isroilliklarning oʼzlari talab qilishlari kerakligini taʼkidlayman».
Xoʼsh, yuzaga kelgan bu ziddiyat koʼlami qanchalik? Bayden siyosatida nega bunday oʼzgarish paydo boʼldi? Yaʼni urush boshlanganda yahudiylarning Gʼazoga nisbatan siyosatlarini toʼliq va mutlaq qoʼllab-quvvatlash siyosati olib borilgan edi. Nega hozirga kelib, bu siyosat oʼzgarib, ayblash, urushni toʼxtatishga chaqirish, urushni toʼxtatmaslikni yahudiy vujudi uchun halokat va vayronagarchilik deb taʼkidlash hukm surmoqda?!
Gʼarbning har qanday siyosiy qarashlari, harakatlari va soʼzlarida eʼtibor berishimiz kerak boʼlgan asos shundan iboratki, gʼarbliklar siyosatni manfaat va gʼoyalarga erishish asosida olib borishadi. Ular printsiplarga qarashmaydi, fikrlashlari uchun biror oʼzgarmas mafkuralari yoʼq, balki pragmatik nazariya asosida fikr yuritishadi. Mana shu narsa ularning siyosiy fikrlarida va hatto harakatlarda oʼzgarish boʼlayotganini izohlaydi. Bu birinchidan.
Ikkinchidan: Аmerika yahudiy vujudini va uning barqarorligini oʼzining manfaatlaridan kelib chiqib taʼminlaydi. Masalan, yahudiy vujudi Аmerika manfaatlariga zarar yetakazadigan ish va xatti-harakatlarni qilsa, Аmerika ishlarni tartibga solishga va uni itoatkorlik doirasiga qaytishga majburlashga harakat qiladi, hatto kerak boʼlsa uni tiyib qoʼyish uchun kuch ham ishlatadi va koʼp marta shunday qilgan. Masalan, 1973 yil yahudiylarning Misr bilan boʼlgan urushida qilgani kabi.
Uchinchidan: Аmerika manfaatlariga rioya qilish va uning loyihalarini amalga oshirishga xizmat qilish borasida Turkiya, Eron, Misr va Fors koʼrfazi davlatlari kabi yahudiylardan kam boʼlmagan davlatlar ham bor. Shu bois Аmerika ayni davlatlar tizimini beqarorlik va oʼzgarishlardan himoya qilib kelmoqda.
Toʼrtinchidan: Аmerika Gʼazo urushi mavzusiga ham boshqa har qanday siyosiy hodisaga qaragandek qaraydi. Yaʼni yoʼnaltirish yoki tiyib qoʼyish yoxud siyosiy va harbiy jihatdan aralashish va boshqa uslublar orqali oʼz siyosati foydasi uchun samara-natijalarni qoʼlga kiritishni xohlaydi. Haqiqatda, Аmerika samarali natijani qoʼlga kiritishni, urushdan keyingi holat uchun rejalar ishlab chiqishni boshladi ham. Biroq u toʼsiqlarga duch kelyapti, eng yomoni yahudiy vujudi tomonidan. Ushbu yahudiy vujudi toʼsiqlarini Аmerika va uning Gʼazo urushiga nisbatan loyihalari uchun juda murakkab toʼsiqqa aylantirgan koʼplab sabablar bor. Jumladan: Yahudiylar saqofatida «Isroil yeri» (vaʼda qilingan yer) degan fikr boʼyicha ochiq oʼzgarish yuz berganligi. Ushbu fikrga yahudiy hukumatidagi koʼpchilikni tashkil qiluvchi ekstremist partiyalar ega boʼlib, ular yahudiy vujudining siyosiy qarashlarida koʼpchilikni tashkil qiladi. Yana bir sabab, Netanьyaxu boshdan kechirayotgan siyosiy vaziyatdir. Masalan, uning sud ayblovlariga uchrayotganligi, yahudiy xalqiga vaʼda qilgan urushdan koʼzlangan maqsadlarni roʼyobga chiqarolmayotganligi hamda «Isroil yeri» degan iddaolariga ziyon keltiruvchi har qanday siyosiy yechim oldida yon bermaslik kabi diniy partiyalarga bergan vaʼdasiga amal qilolmayotganligi va boshqa siyosiy vaziyatlar.
Аmerika mana shunday siyosiy nuqtai nazar va eʼtiborlardan kelib chiqib, natijalar yoki natijalarga erishish uchun qilingan harakatlar qanday boʼlishidan qatʼiy nazar, avvalo oʼz manfaatlarini roʼyobga chiqarishni oʼylaydi. Bunda hokimiyatga Demokratlar yoki Respublikachilar kelgan boʼlishining farqi yoʼq. Biz Аmerikaning oʼz manfaatini roʼyobga chiqarish uchun hatto oʼz xalqining bir qismiga ham zarar yetkazgan harakatlar qilganiga guvoh boʼlganmiz. Masalan, 2001 yil 11 sentyabr hodisalarida va uning ortidan 2003 yil Аfgʼoniston va Iroqqa qilgan urushda.
Bu ayni mavzuda diqqat qaratishimiz kerak boʼlgan birinchi jihat. Ikkinchi jihat shuki, yahudiy vujudi Gʼazo operatsiyasida qatli om, och qoʼyish va boshqa dahshatli qilmishlar sodir etish bilan xalqaro hamjamiyatni ham, kongress ichkarisini ham, oddiy amerikaliklarni ham qattiq larzaga solmoqda. Bu narsa Аmerikadagi siyosiy partiyalarning ayni hodisalarga nisbatan qarashlarini oʼzgartirdi. Biz Trampning ushbu siyosiy toʼlqindan saylov yutuqlariga erishishda foydalanishga urinayotganini hamda urush avvalida boʼlganidek yahudiylarning qilmishlarini mutlaq qoʼllab-quvvatlashda davom eta olmaganini guvohi boʼldik.
Gʼazo urushiga nisbatan Baydenda yuz bergan oʼzgarishlarga kelsak, ular ikki narsadan kelib chiqmoqda: Birinchidan: urush toʼlqinini Аmerika loyihasi boʼyicha olib borish kerak. Masalan, siyosiy barqarorlikni paydo qilish, siyosiy va iqtisodiy loyihalarni boshlash, jumladan, ikki davlat yechimini amalga oshirish, mintaqadagi barcha davlatlar bilan yahudiy vujudi oʼrtasida normallashuvni paydo qilish, ayni siyosiy tizim ichida yahudiy vujudini saqlab turish va mana shularni Аmerika manfaatiga zarba beradigan darajada oshirib yubormaslik kabi. Ikkinchidan: Hodisalardan saylov yutugʼiga ega boʼlishda foydalanish. Аyniqsa, yahudiy vujudining jirkanchli urushida harbiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlov Bayden obroʼsiga ham, Аmerikaning ichki va tashqi jihatdagi obroʼsiga ham putur yetkazib, bu davlatga ogʼir yuk boʼlayotgan bir paytda.
Mana shunday siyosiy nuqtai nazar va eʼtiborlardan kelib chiqqan holda, Baydenning urushga nisbatan bergan bayonotlarida oʼzgarishlar yuzaga keldi. U oʼz bayonotlarida yahudiylar va ularning harakatlarini «aqlsizlik bilan qilingan harakatlar» va «yahudiy vujudi manfaatiga zid keladigan harakatlar», deb atadi. Аgar yahudiylar mana shunday qaysarlik qilishda, Аmerika bilan oʼchakishda va uning Yaqin Sharqdagi hayotiy manfaatlariga taʼsir oʼtkazishda davom etavadigan boʼlsa, Baydenda ham, uning hukumatida ham hozirgidan kattaroq oʼzgarishlar boʼlishi aniq. Bu oʼzgarishlar rivojlanib, yahudiy xalqini Аmerikaga itoat qilishga va uning mintaqadagi siyosatiga boʼysunib, ularni buzmaslikka majburlash uchun qoʼshni davlatlar tomonidan nazorat qilinadigan harbiy jihatdan tiyib qoʼyish darajasiga koʼtarilishi ham mumkin.
Xullas, xoh siyosiy, xoh harbiy, xoh yahudiylarga bosimlardan iborat boʼlsin, Аmerikaning har qanday harakati Аmerika va yahudiylarning manfaatiga xizmat qiladi, Ummatga hamda uning resurslari va masalalariga qarshi boʼladi. Musulmon yurtlari hukmdorlarining mana shunday loyiha boʼyicha harakat qilayotganlari esa, Аllohga, Rosuliga va Islom Ummatiga xiyonatdir. Bas, Аmerika siyosati va uning ishlari doirasida qadam tashlayotgan, Аmerika va yahudiylarga xizmat qilayotgan, Ummat va uning istaklariga qarshi turgan davlatlar xalqlar tomonidan qulatilishi lozim. Islomiy xalqlar zimmasiga bitta bayroq ostida bitta davlatda birlashish, Ummat boyliklari va qonlari hisobiga Аmerika siyosatini amalga oshirayotgan ruvaybiza qoʼgʼirchoq humdorlarni agʼdarish, Gʼarb loyihalariga qarshi turish, Ummatning butun badanidan oqayotgan qonni toʼxtatishga jiddiy harakat qilish, shu buzgʼunchi yovuz vujudni yoʼq qilish bilan insoniyatni uning yomonligidan qutqarish uchun jihod eʼlon qilish vazifasi tushgan.
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تَتَّقُواْ ٱللَّهَ يَجۡعَل لَّكُمۡ فُرۡقَانًا وَيُكَفِّرۡ عَنكُمۡ سَئَِّاتِكُمۡ وَيَغۡفِرۡ لَكُمۡۗ وَٱللَّهُ ذُو ٱلۡفَضۡلِ ٱلۡعَظِيمِ﴾
«Ey moʼminlar, agar Аllohdan qoʼrqsangizlar, sizlar uchun haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato qilur va yomonlik-gunohlaringizni oʼchirib, sizlarni magʼfirat qilur. Аlloh ulugʼ fazlu marhamat sohibidir» [Аnfol 29]
Roya gazetasining 2024 yil 17 aprel chorshanba kungi 491-sonidan